119
yutuqlaridan dalolat beradi. Blok ichki eksport hajmi 1991-1998 yillarda
to’rt barobar o’sdi, shu davr ichida integratsion guruh a’zo-
mamlakatlarining uchinchi mamlakatlarga umumiy eksporti 30 % dan
ortiqroq o’sdi. Shu davr ichida MERKOSURdan tovarlar olib chiqishning
umumiy hajmida blok ichki eksportining ulushi 9 dan 20 % gacha o’sdi.
MERKOSUR miqyosida o’zaro tashqi iqtisodiy aloqalar kengayishi
uchinchi mamlakatlardan kiritilgan xorijiy investitsiyalarga ham tegishli.
Masalan, Argentinada avtomobil zavodi qurilishiga 100 mln. dollar
kiritgan “Toyota motors” yapon korporatsiyasi bu mamlakatda har yili 20
ming yengil yuk tashuvchi-pikaplar ishlab chiqarishni mo’ljallagan. Bu
avtomobillarning yarmini Braziliyaga braziliya korxonalarida ishlab
chiqilgan butlovchi mahsulotlar evaziga olib chiqish ko’zda tutilgan.
MERKOSURda integratsion jarayonlar a’zo-mamlakatlar o’rtasidagi
qiyinchiliklar va ziddiyatlar bilan birga rivojlanmoqda. Masalan, uchinchi
mamlakatlardan importga yagona tashqi tariflar o’rnatilgan muddatlarda
kelishilmadi. MERKOSUR a’zo-mamlakatlari umumiy YaMMining 90
%iga to’g’ri keladigan Argentina va Braziliya o’zining yaratilayotgan
yuqori
texnologik
sanoat
tarmoqlarini,
ya’ni kompyuterlar va
telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarishni xorijiy raqobatchilardan
himoyalashga alohida e’tibor bermoqda. Xususan, 90-yillar o’rtalarida
Braziliya uchinchi mamlakatlar bilan elektron, neftkimyo sanoati va og’ir
mashinasozlik mahsulotlari bilan savdo qilishda import bojlarini 35 %
darajasida, Argentina 12 % darajasida, Braziliya va Argentinaga
texnologik bog’lanib qolishdan havfsirayotgan Urugvay va Paragvay
minimal boj to’lovlari kiritishni yoqlab chiqdilar.
YeI, NAFTA, ASEAN va MERKOSUR miqyosida integratsion
jarayonlarning rivojlanishi xalqaro iqtisodiy integratsiya xalqaro
kompaniyalarning strategik imkoniyatlarini quyidagi yo’nalishlarda
kengaytirayotganligidan dalolat bermoqda:
1) eksportdan importni qoplovchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini
tashkil qilish bilan bevosita xorijiy investitsiyalarga o’tish;
2) kapitallar va tovarlarning erkin ko’chishi sababli BXI
samaradorligini oshirish;
3) BXI o’sishiga bog’liq ravishda ishlab chiqarish va xizmatlar
ko’rsatish hajmining ko’payishi;
4) kompaniyalar birlashishi uchun imkoniyatlarning kengayishi.