Bog'liq Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1
Menejment uslubidan qat’iy nazar ishga doir etiket Har
qanday
mamlakatda
global
menejerga
qabul
qiluvchi
mamlakatning turli madaniy va tarixiy xususiyatlariga to’g’ri va mos
keluvchi ishga doir etiket asoslariga rioya qilish tavsiya qilinadi. Bunday
asoslarga:
belgilangan ishbilarmonlik uchrashuvi vaqtiga qat’iy rioya qilish;
muzokaralar boshlashdan avval tashrif kartochkalari bilan almashish
zarur va tashrif kartochkasini uzata turib, o’z nomingizni aniq ayting;
muzokaralarni delegatsiya boshlig’i – kompaniyaning eng yuqori
lavozimli vakili boshlashi kerak. Muzokaralar paytida u tashabbusni
muhokama qilinayotgan muammoni eng yaxshi biladigan menejerga
berishi mumkin;
137
muzokara qatnashchilarini joylashtirish qoidalariga (delegatsiya
boshliqlari odatda bir-biriga qarama-qarshi o’tiradi) amal qilish muhim;
o’z argumentlarini bayon qilishda faqat tarjimon yoki tilni biladigan
shaxsga murojaat etmaslik kerak;
ishbilarmonlik suhbatida sekin sur’atda argumentlarni aniq va
ixcham izohlash bilan gapirish kerak;
muzokaralarni olib borish sur’ati ikkala tomon fikrlarini to’g’ri
qabul qilish va zarur bo’lganda aniqlovchi savollar berish imkoniyatini
berishi kerak;
ishbilarmonlik suxbati imkoniyatidan to’la foydalanish uchun har
bir tomonning tadbirlar rejasini e’tibor bilan muhokama qilish lozim;
muzokaralar yakunida doim sheriklarga sizga ajratgan vaqtlari
uchun minnatdorchilik bildirish kerak;
o’z ofisingizga qaytgandan so’ng uchrashuvda kelishilgan
harakatlarni
sodir
qilishdan
tashqari,
hamkorlikka
qiziqish
so’saymaganligini bildirish uchun minnatdorchilik xatini yuborish lozim;
sheriklar savollari va talablariga darhol javob berish kerak. Bu
sherik xabarini qabul qilganligingizni anglatadi.
Xulosalar 1. Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament,
an’analar ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish hamda
korxonalarning samarali faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni
yaratish usuli sifatidagi menejment uslubiga ta’sir ko’rsatadi.
2. Global menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy
bitimning qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer faoliyatining
dastlabki davrida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin bo’lgan yettita asosiy
elementini ajratadilar: 1) yangi xorijiy sheriklar bilan muzokaralar muhiti;
2) qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari; 3) qabul
qiluvchi mamlakat mafkurasi; 4) byurokratik an’analar; 5) qabul qiluvchi
mamlakat qonunchiligi; 6) pul tizimlaridagi farqlar; 7) qabul qiluvchi
mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik.
3. G’arbiy menejment uslubi xususiyatlariga firma va biznes alohida
yo’nalishlari rahbarlarining yuqori individual ma’suliyati va o’ziga
ishonchi kiradi.
4. Yevropa mamlakatlari orasida menejment uslublarida jiddiy
tafovutlar kuzatiladi.
5. Osiyo boshqaruv uslubiga quyidagilar xarakterli: “yumshoq”
tuzilmalarga urg’u berish, menejerlarning yuqori ta’lim darajasiga,
138
kompaniya strategik rejalari muvaffaqiyatiga ishonish va sheriklarning bir-
biriga ishonchi, firma umumiy maqsadiga hissa qo’shish xissiyoti.