144
Geotsentrik yo’nalish shunday korporatsiyalarda qo’llaniladiki, ular
bir mamlakat manfaatlarini boshqalardan yuqori qo’ymaydilar va
muammolarga baynalmilal yondashadilar. Xususan, xorijiy filial yuqori
rahbariyati tarkibiga o’z mamlakatidan tashqari
ish tajribasiga ega turli
millat vakillarini kiritadilar. Korporatsiya xorijiy filiali rahbariga ularning
asosiy talabi – optimal kasbiy yaroqlilik va boshqarish kompetentligi
ko’rsatkichi sifatida umumiy menejmentning yuqori darajasi hisoblanadi.
Bu uchta yo’nalishning hammasi rahbar lavozimlarga tayinlash
strategiyasida ierarxiya aspektida qo’shib ishlatilishi mumkin. Masalan,
xalqaro korporatsiya xorijiy filialini bosh kompaniyadan yuborilgan
menejer boshqaradi, quyi darajalarda esa
qabul qiluvchi mamlakatning
milliy mutaxassislari ishlaydi. Bunday keng tarqalgan kombinatsiya xorijiy
filialni bosh kompaniya bilan mustahkam aloqasini ta’minlaydi va shu
bilan birga xorijiy filialning faoliyatida qabul qiluvchi mamlakatning
sharoitlari xususiyatini hisobga olish imkoniyatini beradi.
Ko’p xalqaro kompaniyalarda chet elda ishlash uchun xodimlarni
tanlashga katta e’tibor beriladi. Chet elda ishlash uchun nomzodlar va
ularning oila a’zolari stresslar, muloqot qilish bo’yicha
psixologik
testlardan o’tadi, kasbiy bilimlarni baholash o’tkaziladi. Chet elda ishlash
uchun barcha oila a’zolarining hohishi va xorijiy madaniyatni oson qabul
qila olishi zarur hisoblanadi. TMKlarning ko’pchiligi xalqaro menejerlarni
chet elda ishlashga yo’naltirishga katta mablag’lar sarflaydi. Ya’ni ular
uchun qabul qiluvchi mamlakatning tarixini, ana’analarni, ishbilarmon
sheriklarni baholash, xorijiy korxonalar
faoliyatini va ularning
tuzilmalarini tashkil qilish masalalarini chuqur o’rganishni tashkil qiladi.
Xalqaro kompaniya xorijiy filial menejeri chet elda korxona tashkil qilish
loyihasini o’rganishga iloji boricha tezroq kirishishi zarur bo’lib, bu
loyihaning vazifalari, marketing xususiyatlarini yaxshi o’zlashtirish va
qabul qiluvchi mamlakatda investitsion iqlim haqida tuplangan axborotni
baholashga imkon beradi.
Global menejerning qabul qiluvchi mamlakatda sheriklar bilan
yaxshi shaxsiy munosabatlar rivojlanishi uchun doimiylik zarur,
yaxshi
munosabatlar esa o’z navbatida mustahkam ishga doir aloqalarga olib
keladi. Xalqaro kompaniyaning xorijiy filialida xodimlarni, ayniqsa
mahalliy sheriklar bilan bevosita bog’langan xodimlarni almashtirishdan
yiroq bo’lish zarur. Bu prinsipning ahamiyatini
geografik uzoqlik va
madaniyatlar farqlanishi kuchaytiradi.
Xorijiy filial menejerini tayinlashda uning qabul qiluvchi
mamlakatda sheriklar bilan uzoq muddatli hamkorligini hisobga olish
145
tavsiya qilinadi. bunday yo’nalishga harajatlar o’zini oklaydi, chunki chet
elda ishlashga xodimlarni tanlashda xato qilish korporatsiyaga qimmatga
tushadi.
Xorijiy filial menejeri lavozimiga nomzodlarni tanlashda xalqaro
tashkilotlar kadrlar departamentlari ba’zan bu lavozimga da’vogarlarning
kasbiy malakasini baholash, raqobat
kartalarini tuzish usulidan
foydalanadi. Raqobat kartasining har bir punkti ballarda baholanadi; bunda
eng ko’p ball to’plagan nomzod g’olib hisoblanadi.
Xalqaro menejer lavozimiga nomzodlar kasbiy malakasini baholash
raqobat kartasi quyidagi ko’rinishga ega (8.1-jadval):