• Tayanch iboralar
  • Xalqaro menejment




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/101
    Sana18.01.2024
    Hajmi1,44 Mb.
    #140301
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   101
    Bog'liq
    Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

    Xulosalar 
    1. Xalqaro menejer bosh kompaniya joylashgan mamlakatda o’z 
    darajasidagi rahbardan ko’ra odatda kengroq doiradagi majburiyatlarni 
    bajaradi. 
    2. Xalqaro menejer o’z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun 
    xorijiy davlat sharoitlariga tez moslasha olishi, ish manfaati yo’lida 
    xalqaro tafovutlarni yenga olishi, xorijiy sheriklar bilan muloqotda 
    egiluvchanlik va o’z kompaniyasi qiziqishlarini himoya qilishda 
    qat’iyatlikni ko’rsata olishi va shu kabi bir qator boshqa zaruriy 
    qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak. 
    3. Global menejerning qabul qiluvchi mamlakatda inson resurslarini 
    boshqarishi bosh kompaniya joylashgan mamlakatdagiga qaraganda bir 
    qator farqlarga ega. 


    150 
    4. Har bir xalqaro kompaniya qabul qiluvchi mamlakatda mahalliy 
    personalni TMK filiallarida ishlash uchun o’z o’qitish dasturlari va 
    usullariga ega. 
    5. Ko’pgina xalqaro kompaniyalar chet elda ishlash uchun 
    xodimlarni tanlashga katta e’tibor beradilar. Buning uchun nomzodlar va 
    ularning oila a’zolari stresslar, muloqot qilish bo’yicha psixologik 
    testlardan o’tadi, kasbiy bilimlarni baholash o’tkaziladi. 
    6. Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallar rahbariyatini qabul qiluvchi 
    mamlakat fuqarolaridan shakllantirish quyidagi afzalliklarga ega: 
    - mahalliy xodimlarning xizmati xalqaro kompaniyaga arzonroq 
    tushadi; 
    - ayrim qabul qiluvchi mamlakatlarda xizmat qilayotgan mamlakat 
    chegarasidan tashqarida kasbiy ma’lumot olgan buxgalterlar va 
    huquqshunoslar xizmatidan foydalanish imkonini bermaydigan talablar 
    mavjud. 

    mahalliy kadrlar ishlab chiqarish 
    munosabatlari, 
    milliy 
    iste’molchilar talabi xususiyatlarini yaxshiroq biladi va ba’zan hukumat 
    doiralari bilan bevosita aloqalarga ega bo’ladi. 
    Tayanch iboralar: 
    Etnotsentrik yo’nalish, politsentrik yo’nalish, geotsentrik yo’nalish, 
    reintegratsiya, ekspatriantlar, raqobat kartasi. 

    Download 1,44 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   101




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish