Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

Moslashuvchanlik. Firmalar uchun ekspatriantlar tanlab olishda 
faqat texnik bilimdonlik mezoniga e’tibor bermasdan, yangi madaniyatga 
moslashuvchanlik qobiliyatining uch tomonini ham hisobga olish zarur: 
1. 
O’zini saqlash qobiliyati, masalan, asabiy vaziyatni 
yengillashtirish qobiliyati, o’ziga ishonch bo’lishi zarur:. 
2. Mahalliy kadrlar bilan qoniqarli munosabatlarni tashkil qilish 
qobiliyati; 
3. Ekspatriantlarning barcha narsani to’g’ri qabul qilishiga yordam 
beruvchi bilim olish qobiliyati.
Agar menejerda ushbu qobiliyatlardan biri bo’lmasa, u vazifasini 
yaxshi bajara olmasligi mumkin.
Xorijga yuborilgan oilalar atrof-muhitga moslasha olmaganligi 


158 
tufayli uyga qaytishga majburligi yoki yomon turmush kechirayotganligi 
haqida turli fikrlar mavjud. Firmaning baynalmilallashuvi xizmat safari 
bo’yicha bevosita sarflar va natijalarga erishish maqsadidagi harajatlarning 
yuqori bo’lishini nazarda tutadi. Xorijiy xizmat safarlari xodim yoki uning 
oilasining moslasha olmasligi sababli oilaviy hayot tarzini buzadi. Ayniqsa 
rivojlanayotgan mamlakatlarda menejerlarga katta ehtiyoj mavjudligi 
sharoitida oilaning yangi shart-sharoitlarga moslasha olmasligi ko’p 
uchraydi. Xizmat safari tufayli oila o’z turmush tarzini, odatlarini 
o’zgartirishi, yangi ijtimoiy tizimga, ish yuritishning notanish usullariga 
ko’nikishi lozim. Bundan tashqari insonni qo’llab-quvvatlaydigan yaqin 
do’st va qarindoshlari vatanida qoladi. Lekin boshqa davlatdagi hayotga 
oson moslashuvchi insonlar ham bor. Shu sababli xizmat safariga yuborish 
zaruriyati tug’ilganda xuddi shunday insonlarni tanlash maqsadga 
muvofiqdir. Ba’zi firmalarda xorijda ishlash tajribasiga ega maxsus 
guruhlar mavjud va faqat ularni xorijga yuboradilar. 
Aniq muddatli va muddati ko’rsatilmagan xizmat safari insonlarga 
turlicha ta’sir ko’rsatadi. Xodimlar xizmat safarining tugash muddatini 
bilsa, ular ishni tezroq uddalay oladilar. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish