• Uzoq muddatli maqsadlar.
  • Ekspatriantlar xizmatidan foydalanishga sabablar.
  • Boshqaruv xodimlari malakasini oshirish.
  • Mahalliy xodimlarni rag’batlantirish




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/101
    Sana18.01.2024
    Hajmi1,44 Mb.
    #140301
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101
    Bog'liq
    Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

    Mahalliy xodimlarni rag’batlantirish. Mahalliy kadrlarni yollash 
    tarafdorlari mahalliy kadrlarning xizmat pog’onalaridan tez ko’tarilish 
    imkoniyatlarini 
    samarali 
    mehnatni 
    rag’batlantiruvchi 
    omil 
    deb 
    hisoblaydilar. Bu kadrlar yetarlicha rag’batlantirilmasa boshqa firmalarga 
    murojaat qilishlari mumkin deb hisoblashadi. Qarshi bo’lganlarning 
    fikricha esa yuqori malakali kadrlarning xizmat lavozimi o’sishini ularning 
    millatidan qat’iy nazar cheklash xizmatchilar motivatsiyasiga salbiy ta’sir 
    qiladi. 
    Uzoq muddatli maqsadlar. Filialga ishga o’tkazilgan xizmatchilar 
    odatda u yerda bir necha yil bo’lishni taxmin qilib, mahalliy rahbarlarga 
    nisbatan xorijiy filialdagi xizmat davri ichida amalga oshira olish uchun 
    qisqa muddatli loyihalarga intilishadi. Shu sababdan, korporatsiyaning 
    filialida uzoqroq muddatda ishlaydigan mahalliy rahbarlar ko’proq uzoq 
    muddatli maqsadlarga erishish ehtiyojiga ega bo’lishi mumkin. 
    Ekspatriantlar xizmatidan foydalanishga sabablar. Ekspatriant-
    rahbarlar xalqaro firmalar rahbarlarining kamchilik qismini tashkil etishiga 


    156 
    qaramasdan, dunyoda ularni yuz minglab uchratsa bo’ladi. Ekspatriantlar 
    xizmatidan foydalanishga asosiy sabab ba’zida texnik tayyorgarlikni talab 
    qiluvchi lavozimlarga mahalliy nomzodlarni topishning qiyinligidan 
    iborat. Odatda bu shu davlatning rivojlanganlik darajasi bilan bog’liq, 
    shuning uchun sanoati rivojlangan davlatlarda ekspatriantlar kamchilikni, 
    rivojlanayotgan davlatlarda esa ko’pchilikni tashkil etadi. Bundan tashqari, 
    bosh firma joylashgan mamlakatda ishlab chiqilgan qandaydir 
    texnologiyani xorijiy filiallarda joriy etishda yuqori malakali kadrlar kerak 
    bo’ladi.
    Boshqaruv 
    xodimlari 
    malakasini 
    oshirish. 
    Ko’p millatli 
    korporatsiyalar barcha xodimlarda korporativ tizim tushunchasini hosil 
    qilish uchun xorijliklarni o’z mamlakatidagi bosh kompaniyaga yoki uning 
    hududiy bo’limlariga jo’natadi, mahalliy kadrlarni esa xorijga yuboradi. 
    Ixtisoslashgan faoliyat mamlakatlar bo’yicha taqsimlangan ba’zi 
    firmalarda, boshqaruvchida birlashgan yondashuvni rivojlantirishning 
    yagona yo’li xorijga uzoq muddatga xizmat safariga jo’natishdir. Xorijga 
    jo’natish boshqaruvchida turli xil ijtimoiy tizimlarda ishlash qobiliyatini 
    rivojlantirishi mumkin va shuning uchun bosh firma yoki uning xorijiy 
    filiallarida yuqori lavozimlarni egallash uchun yaxshi tayyorgarlik bo’ladi. 
    Nazorat. Ko’p millatli kompaniyaning tashkiliy rivojlanishini 
    muvofiqlashtirish va filiallarda ishlab chiqarish faoliyatini nazorat qilish 
    uchun xodimlarni qisqa muddatli xizmat safarilariga jo’natish va bir 
    ishdan boshqa ishga ko’chirish qo’llanadi. Bu maqsadlarga bosh firmadan 
    xizmat safariga yuborilganlarning barcha narsalarni umumfirma holati 
    bilan baholashga odatlanishi, lavozimlarni tez-tez o’zgartirish yaxlit tizim 
    haqida bilim olish imkoniyatini berishi orqali erishiladi. Bosh firma va 
    filiallar o’rtasida tajriba va kadrlar almashishi yo’li bilan yangi korporativ 
    madaniyat vujudga keladi. Bu firma oldiga qo’yilgan vazifalarning 
    bajarilishini nazorat qilish vositasi bo’lishi mumkin.

    Download 1,44 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish