Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

Kelib 
chiqish 
va 
uchinchi 
mamlakatlarning 
kadrlari. 
Texnologiya, 
mahsulot 
va 
jarayonlarni 
amalga 
oshirishdagi 
yangiliklarning ko’pchiligi bosh firmada vujudga keladi va keyinchalik 
xorijdagi filialga yuboriladi. Ekspatriantlarni xorijiy filiallarda ishlatish 
ko’pincha ularning yangi uslublarni joriy etish hohishi bilan xarakterlanar 
ekan, bosh firmada ishlash tajribasiga ega xodimlar (odatda bosh firma 
joylashgan mamlakat fuqarolari) shu talablarga javob beradi. Biroq, 
uchinchi mamlakat kadrlari ekspatriantlarga qaraganda ba’zan yuqoriroq 
texnik va shaxsiy ko’nikmalarga ega. Masalan, AQSh kompaniyalaridan 
biri Perudagi zavodni boshqarish va loyihalashtirish uchun mahalliy 


157 
boshqaruvchilar 
tayyor 
bo’lguncha 
amerika 
mutaxassislaridan 
foydalangan. Bir necha yildan keyin kompaniya Meksikada o’lchami, 
mahsulot ko’rsatkichlari va boshqaruv bazasi bo’yicha Perudagi zavodga
o’xshash zavodni qurishga qaror qildi va ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish 
hamda rejalashtirish uchun Meksikaga moslashuvchan va ispan tilida 
so’zlashadigan perulik mutaxassislarni jo’natdi. 
 
9.3. Xorijga ishga yuboriladigan xodimlarning ba’zi shaxsiy 
tavsiflari 
 
Texnik bidimdonlik. Mahalliy kadrlar xorijliklarga nisbatan 
ko’pincha salbiy munosabatda bo’ladi. Ularning fikricha xorijliklar ularga 
qaraganda past malakali hamda baland ish xaqi oladilar. Boshqaruvchilar, 
ekspatriant-menejerlar va mahalliy menejerlarning fikricha xorijiy filialga 
xizmat safariga yuborilganda yaxshi mehnat qilish qobiliyati asosiy 
muvaffaqiyat omili hisoblanadi. Ammo xorijda muvaffaqiyatli ishlash 
uchun boshqa qobiliyatlar ham muhim. Ekspatriant eng avvalo bosh firma 
tomonidan beriladigan texnik talablarni yaxshi bilishi lozim. Bundan 
tashqari u xorijiy xususiyatlarga, masalan, eskirgan uskuna va inshootlar, 
mehnat unumdorligining boshqa me’yorlari, firma ichida resurslarni 
samarali taqsimlanmasligi, kreditlar olishdagi qiyinchilik va ommaviy 
aloqa vositalaridan foydalanishning cheklanganligi kabilarga moslasha 
olishi 
zarur. 
Ekspatriant 
filialda 
qabul 
qilinadigan 
qarorlarni 
korporatsiyaning global me’yorlariga mos kelishi uchun korporatsiyaning 
global siyosatini yaxshi bilishi lozim. Shu sabablar tufayli boshqaruvchilar 
filialni boshqarishga yuborilishdan oldin bosh firmada bir necha yillik ish 
tajribasiga ega bo’lishi kerak. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish