154
(8%), xitoy tili (6%), nemis tili (5%) va rus tili (1%) o’rin oldi.
Kompaniyaning xorijdagi filialining rahbari
mustaqil ishlay olish
qobiliyatiga ega bo’lishi kerak, chunki chet eldagi ko’pgina vazifalar
harajatlarni qisqartirish maqsadida bekor qilingan. Firmaning shtab-
kvartirasida menejer mutaxassislardan zarur
maslahatni olish uchun
bemalol boshqa xonaga o’tishi yoki telefonda qo’ng’iroq qilishi mumkin,
lekin filialning rahbari esa ko’proq faqat o’z fikri va shijoatiga suyanishi
lozim.
Bosh firma xodimlari xorijiy xizmat safarlarida filial rahbarlari kabi,
o’z oilalaridan vaqtincha uzoqda bo’lishlari bilan bir qatorda har xil
muammolarga duch kelishlari mumkin. Garchan bosh firmaning ko’pgina
lavozimlari vazifalarida
xizmat safarlariga, shu jumladan, chet el xizmat
safarlariga chiqish ko’zda tutilgan bo’lsada,
mahalliy xizmat safarlari,
shanba va yakshanba kunlari o’z oilasiga kelib ketish imkoniyati mavjud
bo’lganligi tufayli, unchalik uzoq tuyulmaydi. Xalqaro biznes bilan
shug’ullanadigan bir tadbirkor ushbu vaziyatni
hazil bilan shunday
tasvirlab bergan: “Qachon xizmat safariga borishni va qachon qaytishni
oldindan rejalashtira olmaysan. Tug’ilgan kunlarda ishtirok etish,
tomoshalar, yubiley marosimlari yoki
oilaviy bayramlar va boshqa
tadbirlarga borish sening hayotingda qoida emas, balki kamdan-kam sodir
bo’ladigan voqeaga aylanib qoladi. Sen safarda bo’lgan chog’ingda,
qarzlarni qaytarish muddati yaqinlashib qolishi, kredit kartochkasi
bo’yicha
hisoblarni olib kelishlari, uydagi uskunalar ishdan chiqishi,
farzanding kasal bo’lib qolishi, soliq nazoratchisi tekshirish uchun kelishi,
turmush o’rtog’ing esa sen bilan ajrashish to’g’risida ariza berishi
mumkin”.