• 1. Mehnat bozorining xilma-xilligi.
  •  - BOB. XALQARO MENEJMENT TIZIMIDA INSON




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/101
    Sana18.01.2024
    Hajmi1,44 Mb.
    #140301
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101
    Bog'liq
    Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

    9 - BOB. XALQARO MENEJMENT TIZIMIDA INSON 
    RESURSLARINI BOSHQARISH 
     
    9.1. Xalqaro firmada inson resurslarini boshqarish xususiyatlari 
     
    Xorijiy filiallarga ega ko’pgina firmalar kadrlar siyosati bilan bog’liq 
    bo’lgan bir qator muammolarga duch keladilar. Xalqaro korporatsiyalarda 
    inson resurslarini boshqarish bo’yicha turli xil yondashuvlarning mavjud 
    bo’lishiga qaramay, ularning aksariyat qismi belgilangan maqsadlarga 
    erishish hamda chet elda korxonaning iqtisodiy rivojlanishi uchun yuqori 
    malakali xodimlar muhim ahamiyatga egaligini e’tirof etadi. “Sanoat 
    konferensiyasi kengashi” nomli tadqiqot tashkiloti korporatsiyalar 
    prezidentlari o’rtasida dunyodagi o’zgarishlar jarayoni va ularni 
    boshqarish muammolariga bag’ishlangan o’zaro muloqot o’tkazdi. 
    “Yunilever” korporatsiyasining raisi bu to’g’risida shunday dedi: “Biz 
    uchun yagona va eng asosiy masala - bu tashkilot va insonlardir”. 
    Tashkilot shtatini to’ldirish jarayonida malakali mutaxassislarga 
    bo’lgan ehtiyojni hisobga olmaslik aslo mumkin emas. Har bir firma o’z 
    ishini yuqori darajada yuajarish hamda malakasini oshirish layoqatiga ega 
    bo’lgan kadrlar va yollanma xodimlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan 
    boshlashi zarur. Quyida xalqaro operatsiyalar miqyosida inson resurslarini 
    boshqarishning mamlakat ichkarisida ushbu resurslarni boshqarishdan 
    farqlarini ko’rsatib beruvchi omillar keltirib o’tilgan. 
    1. Mehnat bozorining xilma-xilligi. Har bir mamlakatda ishchi 
    kuchi tarkibi va unga qilinadigan harajatlar o’ziga xos xususiyatlarga ega 
    bo’lib, transmilliy kompaniyalar turli mamlakatlar ishchi kuchi bozoriga 
    bemalol kira olishlari tufayli bundan foyda ko’rishlari mumkin. Masalan, 
    AQShning “General motors” korporatsiyasining Meksikada joylashgan 
    yordamchi korxonasida asosan past malakali ishchilar ishlaydi, “IBM” 
    korporatsiyasining Shveysariyadagi ilmiy-tadqiqot bo’limida aksincha
    yuqori malakali fizik mutaxassislar ishlaydi. Kompaniyalar xorijiy resurs 
    va bozorlarga kirganlarida, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayni bir 
    turdagi mahsulot mehnat bozorlaridagi mavjud tafovutlar ta’sirida turlicha 
    bo’lishi mumkin. 

    Download 1,44 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     - BOB. XALQARO MENEJMENT TIZIMIDA INSON

    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish