Xorijiy filial shtatida mahalliy fuqarolar va muxojirlar




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

 
8.4. Xorijiy filial shtatida mahalliy fuqarolar va muxojirlar 
(ekspatriantlar) 
 
Bosh kompaniya u yoki bu konsepsiyaga xayrihoxligiga bog’liq 
holda o’z xorijiy filiallari shtatini faqat qabul qiluvchi mamlakat mahalliy 
fuqarolari yoki ko’p miqdordagi muxojirlar-bosh kompnaiya joylashgan 
davlat millati yoki uchinchi davlatlar millatiga mansub kishilarni hisobga 
olgan holda shakllantiradi. 90-yillarda xalqaro korporatsiyalar xorijiy filial 
shtatiga va hatto rahbariyatiga asosan qabul qiluvchi mamlakat 
fuqarolarini jalb qilish tendensiyasi namoyon bo’ldi. 
Xalqaro korporatsiyalar xorijiy filiallari rahbariyatini qabul qiluvchi 
mamlakatlarning mahalliy fuqarolaridan shakllantirish afzalliklar bilan 
birga kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, mahalliy fuqarolar xizmati 
xalqaro korporatsiyalarga muxojirlar xizmatidan ko’ra arzonroq va ularni 
komandirovka qilish bilan bog’liq byurokratik tadbirlar va harajatlarni 
cheklab o’tishga imkon beradi. Bundan tashqari ko’pgina qabul qiluvchi 
mamlakatlarda chet elda kasbiy tayyorgarlikdan o’tgan buxgalterlar va 
huquqshunoslar xizmatidan foydalanishga imkon bermaydigan huquqiy 
talablar mavjud. 
Xalqaro korporatsiyaga mahalliy imidjni tashkil qilish uchun (xorijiy 
kompaniyalarga yomon munosabatlar o’rnatilganda yoki “mahalliy 
mahsulotlarni xarid qiling” fikrini tarqatish va shu kabi) foydali bo’lgan 


149 
vaziyatlar mavjud. Bundan tashqari mahalliy rahbarlar uzoq muddatli 
loyihalarga yo’nalgan bo’ladi, muxojirlar esa ko’pincha korporatsiyaning 
uzoq muddatli loyihalariga zid ravishda qisqa muddatli maqsadlarni 
ko’zlaydi. 
Mahalliy kadrlar mintaqaviy ishlab chiqarish sharoitlari, milliy 
iste’molchilar talabi xususiyatlarini yaxshiroq biladi va ba’zan hukumat 
doiralari bevosita aloqalarga ega bo’ladilar. Mahalliy mutaxassislardan 
foydalanish qabul qiluvchi mamlakat fuqarolariga ularning davlat 
manfaatlariga xizmat qiluvchi xorijiy korporatsiyalar bilan hamkorlik 
qilish imkoniyati mavjudligini ko’rsatadi. Bundan tashqari mahalliy 
fuqarolarni yollash qabul qiluvchi mamlakat hukumati tomonidan qo’llab-
quvvatlanadi va rag’batlantiriladi. 
Muxojirlarning xizmatidan foydalanish ularning texnik bilimi, 
boshqaruv tajribasini mahalliy xodimlarga o’rgatish qobiliyati va bosh 
kompaniya tomonidan xorijiy filial faoliyatini qat’iy nazorat qilishga 
asoslanadi. Shu bilan bir vaqtda ulardan foydalanish kompaniyaga 
qimmatga tushadi. 
Kolumbiya universiteti olimlari o’tkazgan tadqiqot natijalari ham 
shuni ko’rsatdi, chunki mahalliy mutaxassislarning ish xaqi, ularning uy-
joy harajatlari, ular ma’muriy xonalar va transport harajatlari bosh 
kompaniya mutaxassislariga nisbatan kamroq. Masalan, Malayziyada 
xorijiy filialni AQShdan yuborilgan boshqaruvchisini ta’minlash qiymati 
amerika TMKsi uchun yiliga 200 ming dollarga teng, mahalliy 
boshqaruvchi yollanganda esa 20 ming dollarga teng bo’ladi.

Download 1,44 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorijiy filial shtatida mahalliy fuqarolar va muxojirlar

Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish