141
5) Nazorat - qabul qiluvchi mamlakat hududiy yiroqligi va sharoitlar
xususiyatlari bosh kompaniyaning xorijiy filial personalini nazorat qilishni
qiyinlashtiradi.
6) Kasaba uyushmalar bilan munosabatlar. Barcha davlatlarda
standartlarni unifikatsiyalash tendensiyasi tobora yaqqol namoyon bo’lib
borayotganligiga qaramay turli mamlakatlarda mehnat havfsizligi
me’yorlari bir-biridan farq qiladi. TMK xorijiy filiallari bilan jamoaviy
shartnomalar muhokamasida kasaba soyuzlar o’rni zaiflashgan, negaki
TMK
bo’ysunish
mexanizmlarining
murakkab
tizimini,
ishlab
chiqarishning xalqaro diversifikatsiyasi va korxonalarni ish joylari bilan
birga chet elga olib chiqish havfini qo’llaydi. Shu bilan bir vaqtda TMK
korxonalarida mehnat sharoitlari mahalliy kasaba soyuzlar qoidalari
nazarda tutgan darajadan ko’pincha yuqori bo’ladi. Turli mamlakatlarda
inson resurslarini boshqarishning barcha tafovutlarida asosiy prinsipga -
ishchi va xizmatchilar ongida kompaniyaning samarali faoliyatidan
manfaatdorlikni tarbiyalashga rioya qilish zarur.