164
qimmatliklarni aniqlash tizimi”ni misol sifatida keltirish mumkin. Juda
kam kompaniyalar xizmat safariga ketayotgan xodimlarning turmush
o’rtoqlari bilan testlar va suhbatlar o’tkazadilar. Chunki xizmat safariga
ketayotgan xodimga nisbatan uning oila a’zolari uchun yangi sharoitlarga
va muhitga moslashishi qiyin kechadi. Xodimning boshqa davlatga ishga
yuborilishi lavozim ko’tarilishidir, lekin uning ayoli uchun u yerda mehnat
faoliyatini yangidan boshlashi kerak bo’ladi. O’z dugonalari va oila
a’zolaridan ajralish ayoli uchun yolg’izlikni olib keladi. Ayrim
kompaniyalar chet elda mehnat faoliyatini yuritish uchun xodimlarni
tanlash va tayyorlashning murakkab tartibidan foydalanadilar. Bu
jihatlarning tahlili tanlash tartibining murakkabligi va moslashuvchanlik
o’rtasidagi ijobiy bog’liqlikni ko’rsatadi.