|
Xalqaro menejmentBog'liq Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1IZOHLI LUG’AT
«Aniq vaqtda» (Just in time) – tovarlarni yo’qotishsiz va tayyor
mahsulotni omborda saqlash harajatlarini kamaytirishga qaratilgan
operatsion falsafa.
“Aqlli kishilarning ketib qolishi” — mamlakatdan "intellektual elita"
vakillarini chet elda ishga joylashish maqsadida chiqib ketishi.
Baynalmilallashuv (Internationalization) – kompaniyaning milliy
chegaralardan tashqariga o’sishi.
Bevosita xorijiy investitsiyalar – bevosita sarmoyador kompaniya
va qabul qiluvchi firma o’rtasida uzoq muddatli ishga oid munosabatlarga
mo’ljallangan kapital qo’yilmalar.
Boston konsalting guruhi matritsasi (BCG matrix – Boston
Consaltung Group matrix) – marketing ulushi va marketing o’sishi asosida
mahsulotlar va firmalar klassifikatsiyasi.
Bojxona ittifoqi — ikki va undan ortiq davlatlarning bir-biriga va
uchinchi
mamlakatlarga
nisbatan
soddalashtirilgan
tarif
siyosatini
o’tkazishidir.
Bojxona tarifi — tovar oqimlarining chegarani kesib o’tishida davlat
tomonidan olinadigan soliq mikdori ko’rsatilgan tartiblangan tovarlar
ro’yxati.
Butunjahon savdo tashkiloti — xalqaro savdoni institutsional va
xuquqiy asosini tashkil etuvchi mustaqil davlatlararo tashkilot.
Bankrotlik – xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul
majburiyatlari bo’yicha kruditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga
yoki majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir
emasligi.
Biznes – foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatini anglatadi.
Bozor kon’yunkturasi – muayyan vaqt mobaynida tovarlar
bozorining holatini tavsiflovchi vaqtinchalik iqtisodiy vaziyat.
Boshqaruv uslubi - menejer xulqining odatiy ko’rinishi va o’zini
tutish usullari.
|
| |