• Global moliyaviy-iqtisodiy bozor
  • Diversifikatsiya
  • Dividend
  • Jahon bahosi
  • BRIK - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari  Vertikal integratsiya




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/101
    Sana18.01.2024
    Hajmi1,44 Mb.
    #140301
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101
    Bog'liq
    Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

    BRIK - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari 
    Vertikal integratsiya – xalqaro kompaniyaning turli mamlakatlarda 
    ishlab chiqarish jarayonining ayrim bosqichlarini joriy etishi.
    Globallashuv – kompaniyaning eng yuqori rivojlanish bosqichi 
    bo’lib, bunda kompaniya manfaatlari butun dunyo bo’ylab yoyiladi. 
    Gorizontal integratsiya (Horizontal integration) – raqobatchi bilan 
    qo’shilish yoki uni yutib yuborish.


    180 
    GATT - Savdo va tariflar bo’yicha Bosh kelishuv — tashqi savdo 
    operatsiyalarini o’tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi 
    bo’lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo’yicha 
    xalqaro akt. 
    Global moliyaviy-iqtisodiy bozor – jahon mamlakatlari o’rtasidagi 
    moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo’jalik tarzida amal qilishiga 
    asoslangan munosabatlar. 
    Deflyatsiya – inflyatsiya davrida muomaladagi qog’oz pulni 
    kamaytirish. Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga 
    qaratilgan moliya va pul - kredit tadbirlarini qo’llash orqali amalga 
    oshiriladi. 
    Diversifikatsiya – (lotinchadan diversus - har xil va facere - qilmoq, 
    bajarmoq)ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va 
    xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va 
    korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar 
    assortimentlarini ko’paytirish. 
    Dividend – aktsionerlik jamiyati sof foydasidan aktsiya egalariga 
    to’lanadigan qismi bo’lib, u aktsionerlarga naqd pul yoki aktsiyalar bilan 
    to’lanadi. 
    Evro - universal evropa hisob-kitob-to’lov birligi bo’lib, EIga a’zo 
    mamlakatlar hududida EKYu o’rniga joriy etilgan. 
    Jahon bahosi - talab va taklif egri chiziqlari ta’sirini hisobga olgan 
    holda milliy narx ko’rsatkichlari ta’sirida xalqaro savdo markazlarida xosil 
    bo’ladi. 
    Jahon bozori — moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan 
    ko’rinishidagi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash 
    va iste’mol bosqichlarni o’z ichiga oluvchi XIM sub’ektlari (milliy va 
    hududiy iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar)ning o’zaro 
    iqtisodiy ta’sirlashish global muhitidir. 

    Download 1,44 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BRIK - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari  Vertikal integratsiya

    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish