• Investitsiya muhiti
  • Inqirozga qarshi mo’ljallangan choralar dasturi
  • Innovatsion texnologiyalar
  • Inflyatsiya
  • Xalqaro menejment




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/101
    Sana18.01.2024
    Hajmi1,44 Mb.
    #140301
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101
    Bog'liq
    Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

    Investitsion siyosat – savdo menejmenti umumiy strategiyasining 
    bir qismi bo’lib, korxonani rivojlantirish uchun aktivlarni kengaytirishning 
    eng samarali yo’llarini tiklashni nazarda tutadi. 
    Investitsiya – bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki 
    ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, 
    banklarga qo’yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, 
    obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar 
    va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir. 
    Investitsiya muhiti – investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar 
    darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy 
    omillar majmui. 
    Investitsiya faoliyati - investitsiya maqsadlarini amalga oshirish 
    bilan bog’liq faoliyat. Investitsiya kompleksi tashkilotlari orqali amalga 
    oshiriladi. 


    182 
    Inqirozga qarshi mo’ljallangan choralar dasturi – O’zbekiston 
    Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012 yillarga mo’ljallanib 
    inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo’lib, mazkur dasturda 
    talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va 
    barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-tabdirlar majmui 
    o’z aksini topgan. 
    Innovatsion texnologiyalar – iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish 
    bosqichlarida qo’llaniluvchi usul va vositalar majmui bo’lib, o’z ichiga
    joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini 
    oladi. 
    Innovatsiya jarayoni - yangilik g’oyasini rivojlantirishdan uning 
    pirovard iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishigacha bo’lgan mantiqiy 
    izchillikda harakatlanuvchi jarayon.
    Inflyatsiya – pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy 
    valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o’sishi. 
    Infratuzilma – tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab 
    chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo’llar, aloqa, 
    transport, maorif, sog’liqni saqlash. 

    Download 1,44 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish