|
Xalqaro menejmentBog'liq Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1Kichik korxonalar – mustaqil xo’jalik faoliyatini olib boruvchi, o’z
balansiga bo’lgan, soliqlar va boshqa to’lovlarni to’lagandan so’ng qolgan
foydasini o’zi taqsimlaydigan korxona.
Kasaba uyushmasi - bir kasb, tarmoq yoki korxona xodimlarining
birlashmasi bo’lib, ish beruvchilar bilan kasaba uyushmaning barcha
a’zolari uchun yagona mehnat sharoitlari va ish haqini kelishishda
ularning manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan.
Kartel - tashqi savdo assotsiatsiyasi (uning a’zolari alohida tovar
guruhlari bo’yicha ishlab chiqarish va narh siyosatini muvofiqlashtirib
olishadi).
Ko’lam samarasi, ya’ni ishlab chiqarish ko’lami o’sishi orqali
iqtisod qilish (Economies of scale) – mahsulot birligicha uzoq muddatli
o’rtacha ishlab chiqarish harajatlari bilan xarakterlanuvchi samara.
Litsenziat – litsenziyani xarid qiluvchi.
Litsenziar – litsenziyani sotuvchi.
Motivatsiya (Motivation, frantsuzcha Motif – undash so’zidan
olingan) – inson xulqining yo’nalganligi, tashkiliyligi, faolligi va
barqarorligini aniqlab bergan holda uni fiziologik va psixologik
boshqarishning dinamik jarayoni.
Mehnat bozori – mamlakat xo’jaligida ishchi kuchi harakatini
tartibga solib turadigan asosiy vazifani bajaruvchi, ish beruvchilar va
ishchilarga ta’sir etuvchi dinamik tizim.
Mehnat shartnomasi - ish beruvchi va yollanma ishchining shaxsiy
muzokaralari natijasida mehnat mazmuni va sharoiti, shuningdek ish haqi
va ularning boshqa majburiyatlari haqidagi kelishuvi.
Mikrofirma – kichik biznes korxonasining bir turi. Mamlakatimizda
sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko’rsatish
sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5
kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma hisoblanadi.
|
| |