186
Tarkibiy o’zgarishlar – milliy iqtisodiyotning samarali va barqaror
tarkibiy tuzilishini ta’minlash maqsadida uning tarmoq va sohalarini izchil
ravishda o’zgartirib borish.
Tashqi qarz – mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik
korxonalarining boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan
qarzga olgan moliyaviy mablag’larining jami hajmi.
Tashqi savdo – bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.
Tashqi savdo siyosati – bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan
olib borayotgan savdosi (eksporti va importi) borasidagi siyosati.
Telekommunikatsiya
– simli, radio, optik yoki boshqa
elektromagnit tizimlardan foydalanib signal, belgi, matn, tasvir va
tovushlarni yoki boshqa ko’rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va
unga ishlov berish jarayoni.
Transmilliylashuv
jarayoni
–
korporatsiyalarning
milliy
chegaralardan tashqarida faoliyat yuritishi
Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – bosh kompaniya va uning chet
el filillaridan iborat yirik iqtisodiy-tashkiliy tuzilma.