• Mutlaq ustunliklar
  • Nou-xau
  • Operativ (joriy) maqsadlar
  • Portfel investitsiyalar
  • Protektsionizm
  • Xalqaro menejment




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/101
    Sana18.01.2024
    Hajmi1,44 Mb.
    #140301
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
    Bog'liq
    Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

    Modernizatsiya  ob’ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, 
    uni yangi talab va me’yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat 
    ko’rsatkichlariga moslashtirish. 
    Moliyaviy «ko’piklar» – real qiymatga ega bo’lmagan pul va 
    obligatsiyalar hajmining ko’payishi. 
    Madaniyat – kompaniyada xulq-atvor me’yorlari, xarakteri va 
    aloqalarining majmuasi. 
    Mutlaq ustunliklar – boshqa davlatlarga nisbatan mehnat 
    unumdorligi yuqori va ishlab chiqarish harajatlari past bo’lgan 
    mamlakatda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda 
    tutuvchi tamoyil. 
    Nisbiy afzalliklar – mamlakatda bir necha xil tovarlar orasidan eng 
    ko’p foyda keltiruvchi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga 
    ixtisoslashuvni nazarda tutuvchi konsepsiya. 
    Nou-xau - mualliflik guvohnomasi (patent) bilan himoyalanmagan 
    ishlab chiqarish tajribasi va mahorat sirlari.
    Offshor hududlar - milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, bu 
    erda xorijiy huquqiy va jismoniy shaxslar tijoriy operatsiyalarni chet el 
    valyutasida amalga oshirishadi.
    Operativ 
    (joriy) 
    maqsadlar 

    qisqa 
    muddatli 
    (strategik 
    maqsadlardan farqli o’laroq) maqsadlar. 
    PEST–tahlil (PEST analysis) – makroiqtisodiy tahlilning asosiy 
    qismi bo’lib, u siyosiy (r), iqtisodiy (e), ijtimoiy-demografik (s) va 
    texnologik (t) omilni o’z ichiga oladi. 
    Portfel investitsiyalar — xo’jalik ob’ektini ekspluatatsiya qilish 
    tufayli daromad olish xuquqini kafolatlovchi kapital qo’yilmalari.
    Preferentsiya – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va 
    tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish 
    turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar. 
    Protektsionizm – davlatning xorij raqobatidan ichki bozorni himoya 
    qilish siyosati, mamlakatga olib kelinayotgan tovarlarga yuqori bojlar 
    belgilaydi, ayrim tovarlarni olib kelish cheklanadi yoki umuman 
    taqiqlanadi. 
    Pudrat – shartnoma yoki xo’jalik yuritishning bir turi. Bir 
    tomonning ikkinchi tomon talabiga ko’ra belgilangan ishni bajarishi 
    to’g’risidagi shartnoma. 

    Download 1,44 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish