• Ziddiyat
  • Iqtisodiy va ijtimoiy kengash
  • Ishbilarmonlik etikasi
  • Iqtisodiyotning real sektori
  • Jahon ishchi kuchi bozori




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/101
    Sana18.01.2024
    Hajmi1,44 Mb.
    #140301
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101
    Bog'liq
    Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

    Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) — milliy xo’jalik tizimlari va jahon 
    iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, tabiati va 
    joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va 
    hududlar o’rtasidagi jami migratsion aylanmasi.
    Ziddiyat - bu aniq shaxslar yoki guruhlardan iborat bo’lgan ikki va 
    undan ortiq tomonlar o’rtasidagi kelishmovchiliklardir. 
    Integratsiyalashuv – kompaniyalarning qo’shilishlar va qo’shib 
    olishlar hisobiga birlashuvi. 


    181 
    Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS) — BMTning asosiy 
    boshqaruv organlaridan biri bo’lib, uning XIM sohasidagi faoliyatini 
    muvofiqlashtirib turadi.
    Iqtisodiy integratsiya — hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi 
    iqtisodiy muhitni yaratish yo’li orqali milliy xo’jalik komplekslarini o’zaro 
    yaqinlash va bir-biriga kirib borishi jarayoni.
    Ishbilarmonlik etikasi – firmalarning bir-biri va jamiyat bilan 
    o’zaro munosabatlar olib borishning turli ma’naviy jihatlarini o’rganuvchi 
    izlanish sohasi. 
    Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – mamlakat iqtisodiyotining 
    xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o’z o’rni va mavqeini 
    saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan 
    mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati. 
    Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy 
    ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq sohasi 
    bo’lib, u o’z ichiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa 
    tarmoqlarini oladi. 
    Iqtisodiy o’sish – real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki 
    aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real yalpi ichki mahsulotning oldingi 
    yilga nisbatan o’sishi. 
    Import – mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini, 
    kapitalini, texnologiyasini va xizmatlarni olib kelish. Import xalqaro 
    mehnat taqsimoti natijasidir. U vaqtni tejashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini 
    qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko’maklashadi. 

    Download 1,44 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish