• Kadrlar tizimi
  • Kommunikatsiya
  • Kapital qo’yilmalar
  • «Katta yigirmalik»
  • Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/101
    Sana18.01.2024
    Hajmi1,44 Mb.
    #140301
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101
    Bog'liq
    Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

    Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni 
    zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan 
    yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-
    tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon.
    Kadrlar rotatsiyasi (lot. Rotatio - doiraviy harakat) «kerakli 
    ishchiga zarur joyni topish kerak tamoyilliga asosan kadrlarning ish 
    o’rnini doimiy o’zgartirib turish hisoblanadi. 
    Kadrlar tizimi - tashkilotning markaziy va eng murakkab tashkiliy 
    kichik tizimi bo’lib, uning mehnat salohiyatini (uning miqdoriy, sifat va 
    tarkibiy ko’rsatkichlari), uning turli qismlari – kadrlarni, shuningdek, 
    maqsadlar, qoidalar, ularni ishlashi va rivojlanishining mexanizmini 
    qamrab oladi. 
    Kommunikatsiya – bu ikki va undan ortiq shaxslar o’rtasida axborot 
    almashish jarayoni 
    Kapital qurilish - yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, 
    rekonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta 
    jihozlash, asosiy vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan loyiha-
    qidiruv ishlarini bajarish. 
    Kapital qo’yilmalar - quvvatlarni takror ishlab chiqarish, ishlab 
    chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga qaratilgan resurslar 
    va jami ijtimoiy mehnatning qiymatini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya.


    183 
    «Katta yigirmalik» – 20 ta yirik mamlakatlar guruhi bo’lib, unga
    jahondagi eng boy mamlakatlar va yirik rivojlanayotgan davlatlar kiradi 
    va ular xissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 90 foiz ulushi to’g’ri 
    keladi. 
    Korxonani boshqarish (menejment) - bir kishining yoki kishilar 
    guruhining 
    (boshqaruvchilar, 
    menejerlar) 
    boshqa 
    kishilarga 
    (boshqariluvchilar) maqsadga yo’naltirilgan harakatlarini uyg’otish uchun 
    ta’sir ko’rsatish. 

    Download 1,44 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish