Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

 
 


175 
10.3. Menejerning uch toifadagi shaxs talablarini hisobga
olish zaruriyati 
 
Xaridorlar, ma’muriy organlar, bo’ysunuvchilar talablariga
yuqori e’tibor bilan qarash va to’g’ri, adolatli va qonuniy bo’lganda
imkoniyat boricha ularni bajarish zarur. Bunda qabul qiluvchi
mamlakatlarda global menejer qaror qabul qilishdan oldin quyidagi
savollarga javoblarni tahlil qilib, muammoni aniqlab olishi kerak:
Talab mazmuni nimada? 
Kim so’rayapti? 
Uni bu talabga nima undadi? 
Talab bajarilganda kimga zarar yetishi mumkin? 
Qanday qarorni kutishmoqda?
Ushbu qaror bo’yicha qanday fikrlar va qarshiliklar mavjud? 
Ushbu qaror qanchalik tezkor bo’lishi zarur? 
Uni qanchalik tez bajarish kerak? 
U nima beradi? 
Bunda qo’yilayotgan talablardan qat’iy nazar quyidagilarni 
yashirish odobsizlikdir:

aksiyadorlardan – aksiyadorlik jamiyatini qo’shilishi yoki qo’shib 
olinishining haqiqiy sabablarini; 

bo’shatilayotgan xodimlardan – shtatning qisqartirilishi
sabablarini. 
Oxirgi holatda masalan, firmani qayta tashkil etishning istiqbolli
rejasiga muvofiq, shtatni qisqartirish zaruriyatini ishonchli
tushuntirish ahloqiydir. 
Ko’rsatilgan uch toifa shaxslari talablari bo’yicha qaror qabul
qilinayotgan har qanday vaziyatda xalqaro menejer kompaniyaning
ijtimoiy ma’suliyatidan kelib chiqishi kerak. U esa bir tomondan
xo’jalik samarasiga erishishga, boshqa tomondan esa qabul qiluvchi
mamlakatda kompaniya uchun qulay ijtimoiy fikrni yaratish
zaruriyatiga asoslanadi. Qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy
kompaniya faoliyati bilan bogglik shaxslarning barcha toifalari
uchun menejer tomonidan qabul qilingan biznes samaradorligi
me’yorlariga mos keluvchi qaror tushunarlidir. Biznes
samaradorligining me’yorlari esa quyidagi asosiy omillar bilan
aniqlanadi: 
- mavjud resurslardan maksimal foydalanish; 
- har bir kishining o’z ishi uchun ma’suliyati; 


176 
- bilimdonligi; 
- erkin bozor axborotini o’z vaqtida qo’llash.

Download 1,44 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish