174
Xorijiy shartnomalar taqdirini hal qiluvchi rasmiy shaxslarni
sotib olish amaliyotiga barham berish uchun tarkibiga 29 ta eng
rivojlangan mamlakat, shuningdek, Argentina, Braziliya, Bolgariya,
Chili va Slovakiya kiruvchi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti (IHTT) ga a’zo mamlakatlar 1997 yilda xalqaro biznes
sohasida xorijiy mansabdorlarni sotib olish bilan kurashish haqidagi
Konvensiyani imzoladilar. Konvensiya pora beruvchilarga qarshi
kurashishga qaratilgan bo’lib, a’zo mamlakatlar ularni jinoiy tartibda
jazolashlari, shuningdek, bunday holatlarni aniqlash bo’yicha
hamkorlik qilishlari zarur.
Hatto poraxo’rlik avj olgan Lotin Amerikasi ham o’zining
bunday noma’qul obro’siga chek qo’yishga qaror qildi. Amerika
davlatlari tashkilotiga (ADT) a’zo 21 ta mamlakat yetakchilari bitim
imzolash uchungina amalga oshirilayotgan va jinoyat deb hisoblangan
poraxo’rlikni tugatish bo’yicha hamkorlik qilish haqida shartnoma
imzoladilar. Ushbu xalqaro qonun bo’yicha ayblanayotgan shaxslar
jinoyat sodir etgan mamlakatga qaytarilishi mumkin. Shuningdek,
lotin amerikaliklar xalqaro tergovchilar uchun zaruriy axborot
xususida bank sirlari haqidagi qonunga rioya etmaslikka rozilik
berdilar.
Bitim to’g’risidagi ADT shartnomasida “o’z rasmiy vazifalarini
bajarish chog’idagi qonuniy daromadlaridan kelib chiqib to’g’ri
tushuntirib bera bo’lmaydigan” tarzda vujudga kelgan mablag’lar
egasiga aylangan rasmiy shaxsni jinoyatchi deb hisoblash to’g’risidagi
band mavjud. Bu xujjat juda dolzarb bo’lib qoldi. 90-yillar oxirida
Meksika va Kolumbiyada yuqori mansabdor shaxslarni poraxo’rlikda
ayblash bo’yicha sud jarayonlari o’tdi. Argentinada shu davrda
“IBM” korporatsiyasining Argentina filialining sobiq rahbariga qarshi
ayblovlar qo’yildi. U 250 mln. dollarlik kontrakt imzolash uchun
yirik pora bergan.
ADT kongressida AQSh delegatsiyasi “shubhalanuvchi o’z
aybsizligini isbotlashga majbur emas”, degan AQSh konstitutsiyaviy
prinsipiga zid bandga ega bo’lgan ADT shartnomasini imzolash
vakolatiga ega emasligini ma’lum qildi. Shunga qaramay, AQSh
1977 yildayok xorijiy korrupsiya amaliyoti haqidagi qonunni qabul
kilgan. Ushbu qonunga binoan AQSh fuqarolari har qanday chet el
shaxslariga ishbilarmonlik bitimini amalga oshirish uchun pora berish
jinoyat hisoblanadi.