159
- ular og’ir sohalarda ishlay olmaydilar;
-
ular
turmush
o’rtog’ining xizmat martabasini buzishni
hohlashmaydi.
Shularga asoslanib, firmalar juda kam hollarda xorijiy filiallar
boshqaruviga ayollarni tayinlaydi. Lekin o’z mamlakatidan tashqarida
barcha ishni uddalaydigan ayollar ham mavjud. Ammo, ular sanoat ishlab
chiqarishi sohasida emas, balki Yaponiya, Tailand va Hindiston kabi
davlatlarda xizmatlar ko’rsatish sohasida ko’p uchraydi. Chunki bu
davlatlarda ularni eng avvalo xorijiy fuqaro, keyin esa ayol sifatida qabul
qilishadi. Xorijda ayol boshqaruvchilarning mahalliy aholi tomonidan
ijobiy qabul qilinishi uchun ba’zi tavsiyanomalar ishlab chiqilgan. Unga
ko’ra yoshi katta, oliy toifali, xizmat pog’onasida bir necha marta
ko’tarilgan va shular natijasida katta mavqega ega bo’lgan ayollarni
tanlash maslahat beriladi. Mahalliy rahbariyatga ayol nomzodning yuqori
malakasi to’g’risida oldindan axborot berish va boshqaruvda mahalliy
ayollar ishlab turgan joyga tayinlash maqsadga muvofiqdir. Bundan
tashqari uning tashqi muhitga moslashib olishi uchun xizmat safari
uzunroq muddatga ega bo’lishi kerak.