162
olmaydi. U holda bir xil turdagi ishga turlicha ish xaqi oladigan ikkita
xodim to’g’ri kelib qolishi mumkin, bu esa tengsizlikka olib keladi.
Xizmat safariga yuborishning kelishilgan shakli ishlab chiqilmas ekan,
ba’zi xodimlarga ularni chet elga jo’natishga ko’ndirish uchun ko’proq haq
to’lanaveradi.
Yashash harajatlari. Chet elga ketadigan
odamlar uchun yashash
harajatlari ko’payib ketadi. Bu asosan ularning ma’lum bir hayot tarziga
o’rganganligidan kelib chiqadi, ya’ni yangicha sharoitda bunday hayot
tarzi qimmatga tushib ketadi va uni o’zgartirish oson bo’lmaydi. Boshqa
sabablar esa sport bilan shug’ullanmaslik, ma’lum
oziq-ovqatlarni xarid
qilishni to’xtatish, ba’zi bayramlarni nishonlamaslik, o’z ona tilidagi
teledasturlardan mahrum bo’lish yoki farzandlarining chet elda o’qishga
majbur bo’lishidan iborat. Yangi madaniyatga ko’nikish kabi ruhiy
muammolar ham mavjud. Bu kabi o’zgarishlarga ko’nikish zarurligini
hisobga olgan holda kompaniyalar ko’pgina
xodimlarning ish xaqiga
ustamalar to’lashadi.
Ba’zi joylarda yashash sharoitlari og’ir bo’lib, masalan, iqlimning
yomonligi yoki atrof-muhitning sog’liqqa zararligi, siyosiy ahvolning
beqarorligi xodim va uning oilasiga havf tug’diradi. Oxirgi vaqtlarda ba’zi
guruhlar turli davlatlarda xizmat safaridagi xodimlarning bolalarini
o’g’irlashi va pul talab qilishi ko’p uchramoqda.
Pul talab qilish
maqsadida bolalarni o’g’irlash va terrorizm kabi illatlar kompaniyalarni
nafaqat noqulay yashash sharoitlari uchun ustama haq to’lashga, balki
xodimlar bolalarining o’g’irlanishidan sug’urtalashga ham majbur qilib
qo’ydi. Bundan tashqari kompaniyalar xodimlar va ularning oila a’zolarini
bu tarzdagi havf-xatarlarga tayyor turishini ma’lum qilishdi. Jabrlangan
oilalar
kompaniyalarning
pul
to’lab
qutqarib olish paytidagi
muzokaralarda noto’g’ri yo’l tutganlaridan arz qilishdi, aksiyadorlar esa
pulni to’lamaslikni talab qilishdi.
Valutani tanlash. Odatda ekspatriantlarga ish xaqi mahalliy va
ma’lum miqdorda o’z davlati valutasida to’lanadi. Bu unga o’z milliy
valutasida jamg’arishga
imkon beradi, hamda ish xaqining shu qismidan
soliq to’lashdan ozod bo’ladi.
Uzoq hududlar. Ko’pchilik yirik xalqaro loyihalar shunchalik uzoq
hududlarda amalga oshiriladiki, TMK u yerda qulay sharoitlarni
yaratmasdan yoki boshqa rag’batlantirishlarsiz ishlashga tayyor xodimlarni
topishi qiyin. Masalan “Lokxid Eyrkroft” kompaniyasi o’zining amerikalik
ishchilari uchun Saudiya Arabistonida shaxsiy teleradiostantsiya yaratgan.
“INKO” firmasi esa o’zining AQShlik mutaxassislari uchun Indoneziyada
163
maktablar,
kasalxonalar, cherkovlar, supermarketlar, golf o’yini uchun
maydonlar, yaxt-klub, motellar va restoranlar qurib bergan.
TMKning boshqa joylarga qaraganda uzoq hududlardagi ekspatriant-
xodimlarga nisbatan munosabati birmuncha boshqacharoq bo’ladi.
Qurilishga va ob’yektlarni ishga tushirishga ko’proq ishchilarni jalb qilish
uchun TMK odatda qisqa muddatli shartnomalarni yuqori haq evaziga
taklif etadi va zarur bo’lgan ishchi kuchining ko’p
qismini chetdan jalb
qiladi. Ko’pchilik odamlar bu takliflarga ular uchun noqulay sharoitlar
mavjud bo’lsa ham rozi bo’ladilar, chunki bu taklif ular uchun qisqa
muddatda pul jamg’arishga imkoniyat yaratadi.