127
albatta qaror qabul qilish vakolatiga ega rahbar kiradi. Shuning uchun ular
muzokaralar vaqtida kam tashkilotchi sheriklari munozaralarni to’xtatib,
qaror qabul qilish uchun muzokaralarga kelmagan rahbariyat bilan
kelishishga chiqib ketganlarida o’zlarini ishonchsiz va noqulay his
qiladilar.
Amerika menejmentiga quyidagi xususiyatlar xos:
- firma xodimlari o’z kompaniyasiga sodiklik fazilatiga ega bo’lmay,
undan yaxshiroq va foydaliroq ish topilgan zahoti uni tark etishga tayyor;
- qarorni bir rahbar qabul qiladi, unga bo’ysunuvchilar esa ishlab
chiqarish, sotish harajatlarini va mumkin bo’lgan
foydani tahlil qilish
asosida qaror chiqarishga yordam beradilar;
- ishlab chiqarish munosabatlari hech qachon shaxsiy, norasmiy
munosabatlarga aralashtirilmaydi.
G’arbiy menejment uslubida bir necha ko’rinishlarini ajratish mumkin.
Masalan,Yevropa mamlakatlari vakillari orasida menejment uslubida
jiddiy farqlar mavjud. 90-yillarda Germaniyadan Buyuk Britaniyaga
sarmoyalar oqimining o’sishi u yerda
Germaniyaga nisbatan ishlab
chiqarish va sotish harajatlari pastligidan dalolat beradi va demak, ingliz
menejment uslubi o’z afzalliklariga ega. Agar nemis menejmentining
xususiyatli belgilari sifatida uzoqni ko’zlash va yuqori intizom namoyon
bo’lsa, ingliz menejmenti uchun quyidagilar xarakterli:
- ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishga kuchli e’tibor;
- ITTKIni astoydil o’tkazish va ilmtalab mahsulotlar ishlab chiqarishni
tez o’zlashtirish (masalan, ingliz kompaniyalarining
telekommunikatsiya
va farmatsevtika sohasidagi yutuqlari);
- texnologik jarayonlarning qo’llanilishida egiluvchanlik (agar
Germaniyada qabul qilingan texnologik instruktsiyalar o’zgartirilishidan
avval uzoq kelishuvlar o’tkazilsa, ingliz firmalarida texnologik
jarayonlarni zamonaviylashtirish va takomillashtirish tez amalga
oshiriladi);
- ishlab chiqarish detallari va nozikliklariga e’tibor;
- ishchi kuchiga nisbatan kam haq to’lash (Germaniyada ijtimoiy
ta’minotga yuqori – 25 % gacha daromad solig’i, ish xaqining muntazam
o’sishi va nemis markasining o’sib boruvchi kursi 90-yillar oxirida ish
xaqi o’rtacha darajasining Buyuk Britaniyaga nisbatan salkam 2
marta
yuqori bo’lishiga olib keldi).
Bundan tashqari, Germaniyaga nisbatan inglizlarda ishlab chiqarish
jarayonida menejerlar tomonidan ishchilarni ma’naviy qo’llab-quvvatlash
zaruriyatini nazarda tutadigan konstruktiv ishlab chiqarish munosabatlari
128
o’rnatildi. Bu Buyuk Britaniyada ish kuni va uskuna ekspluatatsiyasining
mashina vaqti uzunroq davom etishi saqlanishiga ko’mak berdi.
Dunyoda yapon menejmentning yuqori reytingiga qaramay,
yapon
firmalari g’arbiy menejment uslubidan, xususan Fransuz mahsulot ishlab
chiqarish va sotishni boshqarishni tashkil qilish uslubidan foydalanish
hollari ma’lum. Xususan, Yaponiyada yengil va yuk avtomobillari ishlab
chiqaruvchi ikkinchi “Nissan” kompaniyasi 90-yillar
oxirida qiyin davrni
boshdan kechirdi. Uning rahbariyati 1999 yilda “Reno” Fransuz
avtomobilsozlik firmasi bilan alyans tuzish qarorini qabul kildi. Alyans
mafkurachilaridan biri bo’lib, oxirgi uch yil ichida “Reno”ni
muvaffaqiyatli restrukturizatsiya qilganligi uchun “Harajatlar qotili”
nomini olgan “Reno” kompaniyasining yetakchi menejeri Karlos Gan
xizmat qildi.
Alyans doirasida yapon kompaniyasi o’z oldiga Fransuz menejmenti
usullaridan foydalanish hisobiga zararlar, qarzlar, ortiqcha ishlab chiqarish
quvvatlari va yetarli bo’lmagan avtomobil sotish hajmi muammolarini hal
qilish va ilmiy ishlanmalarga harajatlarni qisqartirish,
yagona strategiyani
ishlab chiqish, butlovchilarni birga xarid qilish va shu kabilar bo’yicha
kuchlarni birlashtirish vazifalarini qo’ydi. Bundan tashqari, strategik
jihatdan fransuz va yapon kompaniyalari ta’sir doirasini kengaytirish
(“Nissan” kompaniyasining o’rni Osiyo va Amerikada kuchli, “Reno”
kompaniyasi Yevropa bozorida yetakchilardan biri) hisobiga birlashishdan
yutadilar.
Shu bilan bir vaqtda skeptiklar istiqbolda
ishlab chiqarish va sotish
harajatlarini qisqartirishda gayratli franstuz menejmenti prinsiplarining
ishchilarni bushatish va ishlab chiqarish quvvatlarini qisqartirishni
olqishlamaydigan konservativ korporatsion an’analarga ega yapon
menejmenti prinsiplari bilan to’qnashish imkoniyatini ko’rmoqdalar.