6.6. O’zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

 


120 
6.6. O’zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi 
ishtiroki va TMKlarning imkoniyatlari 
Hozirgi vaqtda O’zbekiston MDH, ShHT kabi yirik mintaqaviy 
integratsiya birlashmalariga a’zo hisoblanadi. Dunyo tajribasiga asoslanib 
shuni ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston iqtisodiyotiga transmilliy 
korporatsiyalarni jalb qilish O’zbekistonning mintaqaviy integratsiya 
tuzilmalarida samarali va chuqur ishtirok etishining muhim omili bo’lib 
xizmat qilishi mumkin. 
Markaziy Osiyo mintaqasi, MDH doirasidagi integratsiyalashuv 
jarayonlarida o’ziga xos xalqaro qo’shma kontsernlarni tashkil etish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kompaniyalarning tashkil topishi, 
hamkor mamlakatlarning sanoat ishlab chiqarish sohasidagi xo’jalik 
sub’yektlari orasida tarixiy shakllangan murakkab kooperatsiya 
aloqalarining qo’llab-quvvatlanishiga, Markaziy Osiyo integratsiyasi va 
MDH mamlakatlari o’rtasidagi integratsiya jarayonlarining tezlashishi va 
rivojlanishiga olib keladi. 
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, transmilliy korporatsiyalar 
o’zining tashkil topishi va faoliyat yuritish mexanizmi jixatidan xalqaro 
xarakter kasb etadi. TMKning xalqaro doirada faoliyat ko’rsatishi uchun 
esa ma’lum bir shart-sharoitlar va imkoniyatlar bo’lishi talab etiladi. 
Transmilliy korporatsiyalar uchun yaratilishi kerak bo’lgan bunday 
imkoniyatlarni biz, bevosita O’zbekiston a’zo bo’lgan integratsiya 
uyushmalaridan izlamog’imiz darkor. O’zbekiston miqyosida tashkil 
etilishi lozim bo’lgan transmilliy korporatsiyalarning xalqaro doirada 
faoliyat ko’rsatishi, bizning nazarimizda O’zbekiston a’zo bo’lgan 
integratsiya uyushmalarining taraqqiyot yo’nalishlari bilan uzviy 
bog’liqdir. 
Bizning fikrimizcha, mazkur integratsiya uyushmalarida qatnashchi 
mamlakatlar o’rtasidagi har taraflama xo’jalik aloqalarining chuqurlashuvi 
ma’lum bir mintaqaviy bozorlarni shakllantirish kerak ekanligini talab 
etadi. Chunki, tashqi bozorlarsiz mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro savdo 
aloqalarini rivojlantirish imkoniyati chegaralangan bo’ladi. 
Shu sababli TMKning, shuningdek, chet el investorlarining 
rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga kirib kelishi ob’ektiv zarurat 
bo’lib, buni biz mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotida qatnashuvida 
va ishbilarmon tadbirkorlarning va ko’plab xorijiy mamlakatlar 
kapitallarining erkin ishlab chiqarish sanoat tarmoqlariga kirib kelishi 
jarayonlarida ham ko’rishimiz mumkin. 


121 
Hozirgi vaqtda O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va 
erkinlashtirish jarayonlarini amalga oshirishda, jahon bozorlarida 
raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalarini va 
boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarini investitsiyalash jarayonlarining 
borishida ko’zga ko’ringan TMKlar bilan hamkorlik qilish nihoyatda katta 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Jahon mamlakatlari kabi O’zbekistonda ham 
TMKlar investitsiyalarining kirib kelishi quyidagi omillarda namoyon 
bo’lishi mumkin: 
- respublikada iqtisodiy va texnik taraqqiyot darajasining o’sib va 
tezlashib borishida; 
- O’zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarini yangilash va 
modernizatsiyalashda; 
- respublikada ishlab chiqarish sanoat korxonalarini ilg’or uslubiy 
boshqaruv imkoniyatlariga ega bo’lishligida; 
- bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi mutaxassis-kadrlarni 
respublikada tayyorlash imkoniyatining mavjudligi va hokazolarda. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) mamlakatlarida ko’plab 
xo’jalik ahamiyatga ega bo’lgan islohotlarni o’tkazishda va bu 
mamlakatlarni iqtisodiy inqirozdan olib chiqishda TMKlar investorlarini 
jalb qilish katta ahamiyatga egadir. Chunki tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, bir xo’jalik tizimidan ikkinchi 
bir siyosiy xo’jalik tizimiga o’tish jarayonida u yoki bu mamlakatlar 
iqtisodiyotini ko’tarish uchun juda katta investitsiya va boshqa moliyaviy 
yordamlar talab qilinadi. O’zbekiston Respublikasi ham boshqa MDH 
mamlakatlari kabi bu sohada o’ziga xos muammolarga ega bo’lib, ular 
quyidagilardan iboratdir: 
- birinchidan, O’zbekiston Respublikasini hududiy kattaligi (447,4 
ming kv.km) va respublikada xalqaro transport kommunikatsiya tizimining 
yetarli darajada rivojlanmaganligi; 
- ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalarining (dastgoh va asbob-
uskunalar) eskirib qolganligi va hozirgi davr jahon standartlari, xo’jalik 
rivojlanishi talablariga javob bermasligi; 
- uchinchidan, respublikada qishloq xo’jaligida yetarli resurslar 
mavjudligiga qaramay (tabiiy va inson resurslari, iqlim sharoitlari va 
hokazolar) past unumdorlik va hosildorlik darajasining saqlanib qolganligi 
va boshqalar. 
Hozirgi kunda O’zbekiston hududiga TMK investorlarini kirib 
kelishi uchun qulay investitsion iqlim mavjuddir. Buni biz respublikani 
barqaror siyosiy va iqtisodiy rivojlanishida ko’rishimiz mumkin.


122 
AQSh, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Shveytsariya, Janubiy 
Koreya va Turkiya kabi qudratli davlatlarning TMKlari va shuningdek, 
nufuzli xalqaro moliyaviy muassasalar (ETTB, OTB, ITB va boshqalar) 
bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida milliy sanoat korxonalariga, 
xizmat ko’rsatish sohalariga yangi mashina-uskunalarni, texnika va 
texnologiyalarni yetkazib berish, qishloq xo’jaligini texnika bilan 
ta’minlash borasida bir qator muhim xujjatlar imzolangan. Bundan 
tashqari, xo’jalikni moliyalashtirish, Qashqadaryo va boshqa viloyatlardagi 
gaz-neft konlarini qidirish, o’zlashtirish loyihalarini kreditlash bo’yicha 
qator bitimlar imzolangan. Ayniqsa, neft-gaz konlarini o’zlashtirish 
bo’yicha Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Yaponiya TMKlari 
bilan bo’lgan munosabatlarning faol rivojlanib borishi respublika 
iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim rol o’ynaydi. O’zbekistonning paxta 
xom-ashyosini tayyor mahsulot sifatida xalqaro bozorlar talabiga javob 
beradigan darajada qayta ishlaydigan to’qimachilik sanoat korxonalarini 
tashkil qilishda Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Shveytsariya va 
boshqa mamlakatlarning kompaniyalari bilan birga milliy kompaniyalar va 
banklar ham ishtirok etmoqda. Respublikada tadbirkorlikni, kichik va o’rta 
biznesni rivojlantirish maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, 
Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki bilan yaqindan hamkorlik 
qilish, yangi kredit liniyalarini ochish respublika rivojida muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. 
O’zbekiston Respublikasiga TMKlar investorlarini jalb qilinishi 
uchun quyidagi omillar muhim rol o’ynaydi: 
- O’zbekiston hududi tabiiy resurslarga-neft, tabiiy gaz, qurilish 
materiallari, oltin, mis va boshqa qimmatbaho metallarga ega ekanligi; 
- Respublikada ishlab chiqarish va boshqaruv sohasidagi yangi 
texnologiyani tezda o’zlashtirib oluvchi malakali mutaxassis kadrlarning 
mavjudligi; 
- O’zbekiston Respublikasida nisbatan arzon ishchi kuchining 
mavjudligi; 
- O’zbekiston hududida ichki bozorlarning kengligi va ko’pligi; 
- Respublikada 
iqtisodiyotni 
modernizatsiya 
qilish 
va 
erkinlashtirish, sanoat korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarining jadal 
sur’atlar bilan olib borilayotganligi va ularda TMKlar investorlarining 
to’liq qatnashish imkoniyatining mavjudligi va boshqalar. 
Respublikada 
rivojlangan 
davlatlarning 
TMKlari 
tomonidan 
ko’rsatilayotgan kapital mablag’lar tizimining o’sishi sanoat uchun zarur 


123 
bo’lgan zamonaviy texnik uskunalarni, texnologiyani sotib olish 
imkoniyatini bermoqda.

Download 1,44 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  6.6. O’zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi

Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish