Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

 
Xulosalar 
1. Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o’z munosabatlari 
vakolatga ega davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining xalqaro 
kompaniyalar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan qonunchilik, 
ijroiya va nazorat xarakteridagi tadbirlar tizimi yordamida tashkil qiladi.
2. Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyatini davlat tomonidan 
tartibga solishning eng keng tarqalgan vositalariga milliy firmalar 
hissadorlik kapitalida xorijiy investor ulushini cheklash; ishlab chiqarishni 
boshqarishdagi cheklashlar foydani taqsimlashda maksimal ulushni 
1
http://www.gov.uz 


108 
aniqlash; litsenziyalar patentlar berish shartlari; buxgalterlik hisobotini 
tekshirish kiradi. 
3. Xalqaro kompaniyalarning qabul qiluvchi mamlakatda o’z xorijiy 
filiallarini tashkil etish maqsadlari: 
- sotish bozorlarini kengaytirish; 
- eksport hajmini ko’paytirish; 
- xomashyo materiallari bilan ta’minlash; 
- antiqa texnologiyalarni xarid qilish; 
- faoliyat samaradorligini oshirish. 
4. Qabul qiluvchi mamlakat xalqaro kompaniyalarni quyidagi 
tadbirlar yordamida o’z iqtisodiyotiga jalb qiladi: tartibli tadbirlar, soliq 
imtiyozlari, imtiyozli shartlarda subsidiyalar va qarzlar berish, savdo 
imtiyozlari, xorijiy firmalar tadbirkorlik faoliyatiga ko’maklashish. 
5. Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalar faoliyati ikki 
usulda – milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy yo’llar bilan tartibga solinadi. 
6. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini 
rivojlantirish uchun TMKlarni va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish 
siyosati mavjud mablag’lardan, vaqt va imkoniyatdan samarali 
foydalanishga, amaldagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, boyliklarni 
samarali joylashtirish va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini 
yuksaltirish, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga rag’batlantirish 
yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb 
qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish