Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

 
5.1-jadval 
 Xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakliga bog’liq qabul qiluvchi 
mamlakat siyosatidagi yo’nalishlar 
 
Tashqi savdo 
Texnologiyalar 
ayirboshlash 
Bevosita 
xorijiy 
investitsiyalar (BXI) 
1. Mamlakatdan olib chiqish 
a) tayyor 
mahsulotlar eksporti 
Tovar va xizmatlar 
eksportini 
kengaytirishga 
yordam beruvchi 
texnologiyalar 
eksporti 
Milliy tovarlar va 
xizmatlar sotish 
bozorlarini kengaytiruvchi 
BXI 
b) butlovchi qismlar 
va yarimfabrikatlar 
eksporti 
Texnologiyalar 
eksporti 
Milliy korxonalarni 
xomashyo bilan 
ta’minlovchi 
v) mashina va 
uskunalar eksporti 
___ 
Ishlab chiqarish 
samaradorligini 
oshiruvchi
2. Mamlakatga olib kirish 
a) tayyor 
mahsulotlar importi 
Xorijiy investor 
bozorini 
kengaytiruvchi 
texnologiyalar 
importi 
Xorijiy investor bozorini 
kengaytiruvchi 
b) komponentlar va 
yarimfabrikatlar 
Milliy ishlab 
chiqaruvchilar uchun 
texnologiyalar 
importi
Tabiiy resurslarni qayta 
ishlash va foydalanish 
bilan bog’liq 
v) mashina va 
uskunalar importi
____ 
Ishlab chiqarish 
samaradorligini 
oshiruvchi 
1. Mamlakatdan olib chiqish holatida: 
a) tovarlar va xizmatlar olib chiqish hajmini kengaytirishga yordam 
beruvchi va davlat uchun muhim bo’lgan texnologik sirlar ochilish havfini 


99 
tug’dirmaydigan tayyor mahsulotlar, texnologiyalar eksporti, shuningdek 
milliy kompaniyalar sotish bozorlarini kengaytiruvchi kapital olib 
chiqilishi odatda davlat tomonidan rag’batlantiriladi.
b) 
mashina 
va 
uskunalar, 
komplektlovchi 
mahsulotlar 
va 
yarimfabrikatlar eksporti mamlakat iqtisodiyotiga foyda yoki zarar 
keltirishiga qarab davlat tomonidan rag’batlantiriladi yoki cheklanadi. Bu 
yerda barcha narsa bu mahsulotlar va yarimfabrikatlar milliy korxonalarga 
yetarliligiga 
va 
ularning 
xorijga 
chiqarilishi 
milliy 
korxonalar 
raqobatchilarini jahon bozorida mustahkamlanishiga olib kelmasligiga 
bog’liq. 
Jahon bozorida milliy korxonalar ahvolini yomonlashtiruvchi 
texnologiyalar eksporti davlat tomonidan cheklanadi. Shu bilan birga 
milliy korxonalarni yoqilg’i-xomashyo resurslari bilan ta’minlovchi 
kapital chiqarilishini davlat rag’batlantiradi. 
v) qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishga va ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishga ko’maklashuvchi 
kapital chiqarilishi investor davlati iqtisodiyotiga ma’lum foyda keltirsa 
ushbu davlat tomonidan rag’batlantiriladi. Agar kapital chiqarilishi milliy 
korxonalar raqobatchilarini jahon bozoridagi ahvolini yaxshilasa, investor 
mamlakatida ishchi joylari sonini qisqartirsa davlat kapital chiqarilishini 
cheklaydi. 
2. Mamlakatga olib kirish holatida: 
a) murakkab bo’lmagan standart tayyor mahsulotlar, ularni tayyorlash 
uchun texnologiyalar hamda ularni xorijiy kompaniyalar firma belgisi 
bilan ishlab chiqarish va sotish huquqi importi investor sotish bozorini 
kengaytirishga mo’ljallangan kapital olib kirish kabi davlat tomonidan 
rag’batlantirilmaydi; 
b) mahalliy xomashyo resurslarini ishlab chiqish va ulardan 
foydalanish bilan bog’liq mashina va uskunalar, butlovchi mahsulotlar, 
yarimfabrikatlar, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari, kapital importi 
davlat tomonidan rag’batlantiriladi; 
v) xorijiy firma filiallarida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi 
va uning harajatlarini kamaytiruvchi bevosita xorijiy investitsiyalar bu 
firmalar mahsuloti milliy korxonalar raqobatbardoshligi darajasini 
pasaytirmagan holda davlat tomonidan rag’batlantiriladi. Aks holda davlat 
bunday yo’nalishdagi BXIlarni cheklaydi.

Download 1,44 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish