• Milliy-huquqiy tartibga solish
  •  Xalqaro kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/101
    Sana18.01.2024
    Hajmi1,44 Mb.
    #140301
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101
    Bog'liq
    Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

     
    5.2. Xalqaro kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga 
    solinishi 
     
    Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalar faoliyatini huquqiy 
    tartibga solish ikki yo’l bilan: milliy-huquqiy va xalqaro huquqiy usullar 
    bilan amalga oshiriladi.
    Milliy-huquqiy tartibga solish milliy huquq tizimi me’yorlari va 
    institutlarini (ma’muriy, fuqarolik va b.) qo’llashdan iborat. Ko’p 
    davlatlarda xorijiy firmalar faoliyatiga taaluqli investitsion qonunlar va 
    kodekslar ko’rinishida maxsus qonunchilik shakllangan. Ularning asosi – 
    qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy investitsiyalarning qoidalari, shartlari 
    va huquqiy kafolatlaridir. 
    Qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalar faoliyatiga tegishli milliy 
    qonunchilikka ko’p mamlakatlar xorijiy investorga qabul qiluvchi 
    mamlakat milliy rejimini, ya’ni xorijiy investor huquqlarini milliy 
    korxonalar huquqlariga tenglashtiruvchi sharoitlarini taqdim etuvchi 
    nizomni kiritadilar. Bundan tashqari, xorijiy investorning qo’shimcha 
    tavakkalchiligini qoplash uchun qabul qiluvchi mamlakatning milliy 
    qonunchiligi xorijiy investor uchun qo’shimcha imtiyozlar va ustunliklarni 
    ko’zda tutadi.
    Ko’p davlatlar qonunchiligida xorijiy investorlarga notijorat 
    tavakkalchiliklar (chet el xususiy mulkni milliylashtirish, terrorizm, foyda 
    repatriastiyasiga ta’qiq, tashqi to’lovlarga moratoriy) bo’yicha kafolatlar 
    mavjud. Bunda investitsion bahslarni xalqaro arbitraj institutlarida 
    ularning tartib qoidalarini qo’llash bilan hal qilish ko’zda tutiladi.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.05.2003y. 205-
    sonli «To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni 
    kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori bilan 
    "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish 
    choralari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va 


    93 
    respublikaga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun 
    yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni 
    ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, 
    mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash 
    maqsadida 
    O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xorijiy 
    investorlarni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy 
    himoya qilishni ta’minlash vazifasi yuklatilgan va quyidagi huquqlar 
    berilgan: 
    - xorijiy investorlarni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
    korxonalarni javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar, shu 
    jumladan, jinoiy, fuqarolik, xo’jalik va ma’muriy ishlar materiallari bilan 
    tanishish yo’li bilan o’rganib chiqish; 
    - vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek mahalliy 
    hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlariga qonun xujjatlarining 
    aniqlangan buzilishlari, qonun buzilishini va unga olib keluvchi shart-
    sharoitlarning 
    sabablarini 
    bartaraf 
    qilish 
    to’g’risida belgilangan 
    muddatlarda bajarilishi majburiy bo’lgan taqdimnomalar kiritish; 
    - mansabdor shaxslar tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy 
    investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy 
    manfaatlari buzilishi hollari aniqlangan hollarda, shuningdek adliya 
    organlarining 
    qonuniy 
    talablari 
    mansabdor 
    shaxslar 
    tomonidan 
    bajarilmagan taqdirda aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish 
    to’g’risidagi masalalarni tegishli organlar oldiga qo’yish; 
    - xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
    korxonalarning huquqlarini buzayotgan nazorat qiluvchi hamda mahalliy 
    xoqimiyat va boshqaruv organlarining harakati yoki qarorlarini to’xtatib 
    qo’yish; 
    - jinoiy, fuqarolik, xo’jalik va ma’muriy ishlar bo’yicha xorijiy 
    investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari 
    va qonuniy manfaatlarini buzuvchi sud hujjatlarini davlat boji to’lamasdan 
    qayta ko’rib chiqish to’g’risida sud instanstiyalariga takliflar bilan 
    murojaat qilish; 
    - xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
    korxonalarning o’z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi 
    to’g’risidagi murojaatlarini tekshirish uchun tegishli mutaxassislarni jalb 
    etish. 

    Download 1,44 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101




    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Xalqaro kompaniyalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga

    Download 1,44 Mb.
    Pdf ko'rish