94
xalqaro shartnomalar xorijiy investitsiyalar statusini aniqlaydi va bir-
birining sarmoyalari uchun qabul qiluvchi mamlakatning milliy rejimini
o’zaro taqdim qiladi. Bu shartnomalar
investitsiyalarni siyosiy
tavakkalchiliklardan himoyalash to’g’risidagi nizomlar va baxslarni hal
qilish tartibini o’z ichiga oladi. Ko’pgina kapital eksport qiluvchi davlatlar
xalqaro ikkitomonlama kelishuvlarga qo’shimcha ravishda kapital
chiqarishni rag’batlantirish uchun o’z fuqarolari va huquqiy shaxslar
xorijiy investitsiyalarini sug’urtalashning davlat tizimlarini tashkil etishdi.
Ko’p tomonlama xalqaro-huquqiy tartibga solish ko’ptomonlama
universal shartnoma-kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Unda BMT
tizimi muassasalari va integratsion birlashmalar (YeI, NAFTA, ASEAN va
b.) ishtirok etadi. Xorijiy tadbirkorlik masalalari bo’yicha eng mashhur
ko’ptomonlama universal konvensiyalarga 1965 yil “Qabul qiluvchi
mamlakatlar va xorijiy xususiy sarmoyadorlar o’rtasida investitsion
baxslarni hal qilish haqida”gi Vashington konvensiyasi kiradi.
Bu konvensiyaga binoan unga qo’shilgan
davlatlar va investorlar
bahslarni hal qilish uchun Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki (XTTB)
qoshida investitsion bahslarni muvofiqlashtirish bo’yicha Xalqaro
markazga murojaat qilishi mumkin. Ko’rsatilgan muassasaga murojaat
etishning shart-sharoiti bo’lib, ularning bahsni kelishtiruvchi tadbir yoki
arbitraj sudi yordamida hal qilishga yozma roziligi hisoblanadi.
1985 yil Seul konvensiyasi asosida XTTB
qoshida xorijiy xususiy
investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha Xalqaro agentlik (XXISXA) tashkil
etilgan. Bu tizim bo’yicha sug’urtachi (XXISXA) sug’urtalanuvchi (xorijiy
investor) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq siyosiy havflar vujudga
kelgan taqdirda sug’urtalanuvchining sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan
miqdorni to’lash majburiyatini oladi. Sug’urtalanuvchi o’z navbatida
sug’urtachiga har yili sug’urta to’lovini to’lash majburiyatini oladi.
90-yillar oxirida Butunjahon savdo tashkiloti (BST) doirasida savdo
bilan bog’liq xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi tizim – TRIMS
(Trade Related Investment Matters) shaklida
xorijiy investitsiyalarni
ko’ptomonlama xalqaro-huquqiy tartibga solish keng tarqaldi. TRIMS
doirasida milliy hukumatlar faoliyatining muhim jihatlari qatorida
quyidagilarni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi:
-
xorijiy
investorlar
bilan
qo’shma
korxonalarda
ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarda milliy korxonalar mahsuloti ulushi (bu
ushbu mahsulotlarni bojxona to’lovlaridan ozod qilish sharti sifatida
qaraladi);
95
- xorijiy investor korxonasining u bilan qo’shma milliy korxona uchun
mahsulotida
import
komponentlar
ulushi
ko’rsatilgan
korxona
mahsulotining eksport hajmiga teng bo’lishi haqidagi talab;
- xorijiy investor tashkil qilgan korxonalarda eksport hajmini
cheklash.
BST doirasida xalqaro kompaniyalar va milliy hukumatlar sarmoyaviy
faoliyatini tartibga solishning yana bir yo’nalishi bo’lib Xizmatlar
bo’yicha bosh kelishuv (GATS) hisoblanadi. Bunday maxsus kelishuvni
qo’llash zaruriyati tez o’sib boruvchi xizmatlar
sohasi va ishlab chiqarish
eksporti ko’pincha telekommunikatsiya va aloqa sohasida buxgalterlik va
auditorlik faoliyat turlarida, axborot ma’lumotlarini qayta ishlash va dastur
ta’minoti sohalarida xalqaro kompaniyalarning xorijda maxsus ishlab
chiqarish filiallarini tashkil qilishini ko’zda tutishi sababli vujudga keldi.