5.2-jadval
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb qilingan va
to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmining yillar
bo’yicha o’zgarish sur’ati
Yillar
Xorijiy investitsiyalar
(million AQSh dollari)
To’g’ridan-to’g’ri
kiritilgan xorijiy
investitsiyalar
(million AQSh dollari)
2001
823.9
96.5
2002
516.5
80.1
2003
602.1
166.7
2004
754.6
333.8
2005
746.6
545.5
2006
895.7
683.8
2007
1009,3
768,4
2008
1700
1258
2009
2856
2264
2010
3635,2
3107,9
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, 2010 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi
3,6 milliard AQSh dollaridan ko’proqni tashkil etgan va 2009 yilga
nisbatan qariyb 800 million AQSh dollariga ko’paygan.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun o’z
kapitalini qo’shishga tayyor bo’lgan TMKlar investorlarini kirib kelishi
shu davlatlarning investitsion muhitiga bog’liqdir. Investitsion muhit deb
102
kapital qo’yilmani va uni samarali foydalanish imkoniyatini vujudga
keltiruvchi umumiy siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa
omillarni ta’minlab berilishiga aytiladi.
Hozirgi kunda O’zbekiston hududiga TMK investorlarini kirib
kelishi uchun qulay investitsion muhit yaratilgan. Buni biz respublikani
siyosiy tinchligida, barqaror iqtisodiy rivojlanishida, xorijiy investorlar
uchun yaratilgan qator imtiyozlarda va boshqa holatlarida ko’rishimiz
mumkin.
2005-2007
yillarda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi 31 ta me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul
qilindi, ulardan 4 tasi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, 5 ta Prezident
farmonlari, 7 ta Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari. 2007 yil
fevralda Respublika Prezidentining tashabbusi bilan «Uzinfoinvest» -
Xorijiy investitsiyalarga axborot ta’minoti va ko’magi bo’yicha agentlik
tashkil etildi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar (savdo,
vositachilik, xomashyo yetkazib beruvchilardan tashqari) ro’yxatdan
o’tgan kundan boshlab:
- daromad (foyda) solig’idan birinchi yili 25 foizlik qismidan,
ikkinchi yil 50 foizlik qismidan, uchinchi yil 100 foiz ozod qilinadi,
qishloq hududida esa birinchi yildan boshlab bunday soliqdan 100 foiz
ozod qilinadi;
- mulk solig’idan 2 yilga ozod qilinadi;
- ishlab chiqargan mahsulotining 30 foizdan ortig’i eksportga
chiqarilsa, 50 foiz daromad solig’idan (foyda solig’i), 15-30 foizi
eksportga chiqarilsa, 30 foiz daromad (foyda) solig’idan ozod qilinadi;
- ishlab chiqarish bilan band bo’lsa, yer solig’idan 2 yilga ozod
qilinadi.
O’zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ham
ko’zda tutilgan. Unga ko’ra, neft va gaz konlarini ochish va qidirish
ishlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan korxonalar ushbu ishlarni
amalga oshirish davrida barcha soliqlardan, shuningdek, zarur uskunalarni
import qilishda bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.
Mazkur sohadagi korxona chet ellik hamkorlar bilan birgalikda
ochilsa:
- neft va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad
(foyda) solig’idan;
- xorijiy hamkorlar ulushiga mansub kapitaldan olinadigan daromad
va mulk solig’idan ozod qilinadi.
103
Yengil sanoat sohasida:
- tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar qo’shimcha qiymat
solig’idan tashqari barcha soliqlardan ozod qilinadi;
- o’z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, ehtiyot qismlarni
import qilishda korxonalar bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi
“To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi
Farmoni mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash,
xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan
qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, ortiqcha ishchi kuchi mavjud
bo’lgan mintaqalarda yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga
oshirishga to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb
etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va
kafolatlarni ta’minlashga qaratilgan. Unga ko’ra, to’g’ridan-to’g’ri xususiy
xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari
asosiy faoliyati bo’yicha daromad solig’i, mulk solig’i, ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig’i,
mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq
to’lashdan, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy
ajratmalar to’lashdan xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda
ozod qilinadi:
1
- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha - 3 yil
muddatga;
- 3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha -
5 yil muddatga;
- 10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga.
O’zbekiston Respublikasiga TMKlar investorlarini jalb qilishda
quyidagi omillar ham muhim rol o’ynaydi:
- O’zbekiston hududining tabiiy resurslarga – neft, tabiiy gaz,
qurilish materiallari, oltin, mis va boshqa qimmatbaho metallarga boyligi;
- Respublikada ishlab chiqarish va boshqaruv sohasidagi yangi
texnologiyani tezda o’zlashtirib oluvchi malakali mutaxassis kadrlarning
mavjudligi;
- O’zbekiston Respublikasi nisbatan arzon ishchi kuchiga ega
ekanligi;
- O’zbekiston hududida ichki bozorlarning kengligi va ko’pligi.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni
jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni
104
- Respublikada ishlab chiqarish korxonalarini xususiylashtirish
jarayonlari jadal sur’atlar bilan olib borilayotganligi va ularda TMKlar
investorlarining to’liq qatnashish imkoniyatining borligi va boshqalar.
Respublikada
rivojlangan
davlatlarning
TMKlari
tomonidan
kiritilayotgan kapital mablag’lar tizimining o’sishi sanoat uchun zarur
bo’lgan zamonaviy texnik uskunalarni, texnologiyalarni sotib olish
imkoniyatini bermoqda.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda jahondagi yetakchi rivojlangan
mamlakatlarning yuqori mavqega ega kompaniyalari bilan teng huquqli va
o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatishga, jahon standartlari darajasida
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni maqsad qilib, sifat jihatidan
mukammal yangi korxonalarning yaratilishiga asoslangan ilgari borish
strategiyasi o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususan, 1996 yilda
Janubiy Koreyaning “DEU» korporatsiyasi bilan hamkorlikda
“O’zDEUavto” qo’shma korxonasining tashkil etilishi natijasida
O’zbekiston ishlab chiqarishning murakkab, eng ilg’or texnologiyalar talab
qiladigan, yuksak darajadagi qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot
turini o’zlashtirib, dunyodagi sanoqli avtomobilsoz davlatlar qatoridan
o’rin oldi.
Bugungi kunda Asaka zavodi «Djeneral Motors» korporatsiyasining
Koreya bo’limi bilan hamkorlikda boshqarilayotgan qo’shma korxonadir.
Inqiroz davom etayotganiga qaramay, O’zbekiston avtomobilsozlik
sanoatining yetakchisi bo’lgan GM Uzbekistan qo’shma korxonasi 2010
yilda avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 2009 yilga nisbatan 6,2 %
foizga oshirdi va 217733 ta avtomobil ishlab chiqardi (5.3-jadval).
|