« Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona ning 2019-2021
xo‘jalik yillardagi asosiy texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari
tahlili
T/r
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
O‘lchov birl.
|
Yillar
|
2022/
2021, %
|
2022/
2020, %
|
2020
|
2021
|
2022
|
|
|
1
|
Mahsulot ishlab chiqarish xajmi
|
Ming so‘m
|
409211
|
401610
|
515009
|
128,2
|
125,8
|
2
|
Mahsulot sotishdan sof tushum
|
Ming so‘m
|
378899
|
375337
|
495201
|
132
|
130,7
|
3
|
Sotilgan mahsulotlar tannarxi
|
Ming so‘m
|
319635
|
281129
|
396161
|
140,9
|
123,9
|
4
|
Xodimlar soni
|
kishi
|
16
|
16
|
17
|
106
|
106
|
5
|
Bitta xodimning mehnat unumdorligi
|
Ming so‘m
|
25575,7
|
25100,6
|
30294,6
|
120,7
|
118,5
|
6
|
Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
|
Ming so‘m
|
293698
|
260414
|
202479
|
77,7
|
68,9
|
7
|
Fond qaytimi
|
so‘m
|
1,57
|
1,54
|
2,54
|
165
|
161,8
|
8
|
Yalpi foyda
|
Ming so‘m
|
24501
|
61197
|
59413
|
97,1
|
242,5
|
9
|
Sof foyda
|
Ming so‘m
|
18601
|
23183
|
17222
|
74,3
|
92,6
|
10
|
Rentabellik
|
%
|
5,8
|
8,3
|
4,4
|
-3,9
|
-1,4
|
Manba: « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxona ning 2020 - 2022 yillardagi hisobot ma’lumotlari
Jadvaldan ko‘rinib turganidek, korxonada mahsulot ishlab chiqarish xajmi yildan yilga ortib borgan. Xususan, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 515009 ming so‘m bo‘lib, 2021 yil va 2020 yillardagiga nisbatan mos holda 128,2% va 125,8%ni tashkil etgan. 2022 yilda mahsulot ishlab chiqarish tannarhi 396161 ming so‘mni tashkil qilib, 2022 va 2020 yillardagiga nisbatan mos holda 140,9% va 123,9% darajada bo‘lgan. Mahsulot ishlab chiqarish xajmi ortishiga qaramasdan, ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sish sur’ati yuqori bo‘lgani 2022 yilda yalpi foyda va, pirovardida sof foyda miqdorining 2021 yildagiga nisbatan pasayganligida ko‘ringan. Bu holat korxona ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining yakuniy ko‘rsatkichi rentabellik darajasi ham 2022 yilda pasayib, 4,4% ni tashkil etgani, ya’ni 2021 yildagiga nisbatan 3,9 band kamaygani, 2020 yilga nisbatan esa 1,4 % kamayganida ko‘rinadi. Albatta, bunday holat korxonada ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishda ayrim muammolar borligi, xususan, xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifati va turlarini oshirish evaziga ishlab chiqarish va sotish xajmini orttirish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqib amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Mas’uliyati cheklangan mas’uliyati cheklangan jamiyatda xom – ashyosidan o‘rtacha mahsulot chiqishi foizi ko‘payishiga e’tiborni qaratish kerak, mahsulot mahsuloti sifatini pasayishi daromad va foydani pasayishiga olib keladi. Bu holat xom - ashyo xom ashyosini keltirish, saqlash hamda texnologik jarayondagi kamchiliklar natijasida yuz bergan, deb o‘ylaymiz. Agarda korxona xom - ashyoning yuqori navlaridan mahsulot tayyorlab sotishga erishganda, qo‘shimcha daromadga ega bulardi. Demak, bu soxada rahbariyat va ishchi xodimlardan sifatni oshirish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni ishga solish talab qilinadi.
Korxonaning moddiy texnik bazasidan foydalanish darajasi o‘rganilganda, ma’lum bo‘ldiki, asosiy vositalar qiymati yildan yilga kamayib bormoqda. Bu narsa asosiy vositalarning eskirishi hisobiga yuz bermoqda. Fondlardan foydalanish ko‘rsatkichi bo‘lmish fond qaytimi 2022 yilda avvalgi yillardagiga nisbatan ortib 2,54 so‘mni tashkil etgan.
Keyingi yillarda korxona mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash uchun katta ishlar olib borilmoqda. Xususan, xodimlarni malakasini oshirish, yangi mahulot turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ilg’or texnologiyalarni qollash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Har qanday korxonaning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini tahlili orqali moliyaviy ahvoli va ishlab chiqarish unumdorligi darajasini bilib olish mumkin. « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasining iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini tahlil etar ekanmiz, shuni ta’kidlash lozimki, ma’suliyati cheklangan jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishi kattalar va bolalar kiyimlarini ishlab chiqarish bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi ichki bozorida faoliyat yuritishga yo‘naltirilgan va ichki bozor talablariga to‘laligicha mos keladi. Butun dunyoda talabning taqchilligi chuqur sezilayotgan hozirgi davrda « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasi mahsulot mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishni, shu bilan bir qatorda moliyaviy va ishlab chiqarish resurslari xarajatlarini minimum darajada pasaytirishga erishishni maqsad qilib qo‘ygan.
Ilmiy – texnika taraqqiyotining jadal rivojlanishi, innovatsion yutuqlarni ishlab chiqarishga keng jalb etish va shu orqali korxonalarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, faqat yuqori malakali ishchi va xizmatchilar bilan to‘liq ta’minlanishiga bog’liq bo‘ladi. Prezidenimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek : «Bu vazifalarni hal etish uchun esa kuchli, qudratli davlat, yuksak malakali, axloqan barkamol xodimlar kerak». 3
Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomila jarayonlaridan iborat bo‘ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati - yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo‘ladi. Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat - ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomila sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta’minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko‘zga ko‘rinadi.
Ilmiy tadqiqotlarimiz ob’ekti bo‘lgan « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasini ishchi kuchlari bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilishda, tahlilning eng ko‘p tarqalgan usullaridan bo‘lgan: balans, normativ, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo‘yicha, ko‘p variantli hisob-kitob usulidan foydalandik. Tahlillarning asoslanganlik darajasini oshiruvchi , shuningdek, tavakkalchilik va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul eng samarali usul hisoblanadi. Ushbu usullar yordamida biz korxonaning mehnat salohiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlarini o‘rganib chiqdik (2 jadval). Bunda korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlar soni, ularning mehnat unumdorligi, o‘rtacha ish haqi va qqnimsizlik darajalariga e’tibor berildi.
Jadvaldan ko‘rinib turganidek, 2021 yilda 2020 yilgiga nisbatan xodimlar soni 1 taga oshib, 17 kishiga etgan. Ishlovchilarning mehnat unumdorligi ham qsib borgan. Respublikamizda ijtimoiy yqnaltirilgan bozor iqtisodiyoti va aholini ijtimoiy muxofazalash tamoyillariga asoslanib, har yili minimal ish haqi miqdori oshirib boriladi. Shu sababli, jadvaldan ko‘rinib turganidek, o‘rtacha oylik ish haqining miqdori 2021 yilda 2020 va 2019 yillardagiga nisbatan mos holda 119,9 % va 150,9%ni tashkil etgan. Lekin, agar mehnat unumdorligi qsish sur’atlarini ko‘radigan bo‘lsak, xuddi shu davrda bir xodimning o‘rtacha mehnat unumdorligining qsish sur’ati 120,7% va 118,5% darajada bo‘lgan.
2-jadval
|