« Xo‘jabod Baxt ostonasi » ma’suliyati cheklangan jamiyatining tashkiliy- iqtisodiy tavsifi




Download 92,3 Kb.
bet2/11
Sana10.01.2024
Hajmi92,3 Kb.
#133761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Skorton tekstil mchj (2)

« Xo‘jabod Baxt ostonasi » ma’suliyati cheklangan jamiyatining tashkiliy- iqtisodiy tavsifi

4- kursdagi bitiruv oldi amaliyotimni Xo‘jabod tumanidagi « Xo‘jabod Baxt ostonasi » MCHJga oldim. Bitiruv oldi amaliyotimni bevosita olib bordim. 12.06.2023 yil kundan to 20.08.2023 yil kungacha korxonaning savdo va xizmat ko‘rsatish, mijozlar bilan ishlash, tijorat faoliyati bilan tanishdim va o‘rgandim. Amaliyot davrimda asosan korxonaning chakana savdoga oid faoliyatini o‘rgandim.Amaliyot dasturida ko‘rsatilgan hamda amaliyot davrida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarni barchasini o‘z vaqtida bajardim. Xususan ,



  • korxonaning tarixiy faoliyati, faoliyat yo‘nalishlari, “Nizom”i bilan tanishish;

  • korxonaning asosiy mijozlari, ularning tarkibi, mijozlar xatti-harakatlariga korxonaning ta’sir etish usullarini o‘rganish;

  • korxonaning asosiy raqobatchilari tahlili, raqobat ustunligini tahlil qilish;

  • korxonaning tovar va xizmatlari raqobatbardoshligining tahlili;

  • korxonaning xo‘jalik portfelini tahlil qilish ;

  • korxonaning tovar siyosati, narx siyosati, sotish siyosati va kommunikatsiya siyosatini kabilarni o‘rganish:.

  • korxonaning marketing faoliyatini o‘rganish: tovar siyosati: taklif etilayotgan taomlari, stellar soni, narx belgilash jarayoni, stollarni bir kunlik aylanishi, asosiy mijozlari, vositachilari, reklama, sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish.

  • korxonaning ichki va tashqi muhitini o‘rganish, SWOT tahlilini amalga oshirish.

  • korxonaning ichki va tashqi muhitini o‘rganish, moliyaviy tahlilini amalga oshirish.

  • servis ko‘rsatish sifati, personalni mijozlar bilan ishlash tartibi, servis turlarini tahlil qilish, marketing tadqiqotlar olib borishlarni o‘rgandim.

Korxona “Nizom” iga ko‘ra “ Xo‘jabod baxt ostonasi ” MCHJ quyidagi ishlar bilan shug‘ullanishi mumkin:

  • asosan kiyim va bosha aksessuarlarni Andijon viloyati bo‘yicha ta’minoti chakana savdosi bilan shug‘ullanish;

  • kattalar va bolalar kiyimlarini ulgurji va chakana savdosini tashkil etish ;

  • Yarim tayyor xom-ashyoning ulgurji va chakana savdosini tashkil etish;

Trikotaj sohasining texnologiyalarini takomillashtirish, ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirish, xom-ashyoni tayyor mahsulotgacha yetkazish va ularni dunyo bozorida raqobatdoshligini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotini muxim shartlaridan biridir. Bugungi kunda trikotaj sohasining oldida turgan asosiy masala mamlakatimizda yetishtirilayotgan paxta tolasini qayta ishlash xajmini oshirib, xom ashyo o‘rniga tayyor mahsulot bilan nafaqat ichki bozorni to‘ldirish, balki eksport xajmini ham oshirishdir.
Trikotaj mahsulolarini assortiment turlari keng, mahsulotlarining bejirimliligi, kiyishga qulayligi to‘qimalarining elastikligi, mahsulotlarning shakl saqlash xususiyatlarining yuqoriligi, tashqi ko‘rinishi chiroyligi va havo o‘tkazuvchanlik xususiyatini yaxshiligi bilan tikuvchilik mahsulotligi bilan ajralib turadi.
Trikatoj so‘zining paydo bo‘lishi bilan bog’liq ikki hil taxmin majuddir, birinchisi: “trikot”- frantsuz tilidan olingan bo‘lib to‘qimoq degan ma’noni bildiradi, ikkinchisi: “triko”- o‘tmishda to‘qimachilikda mashxur bo‘lgan usta nomi.
Arxeologik tadqiqotchilar ko‘rsatishicha VI asrdayoq Misrda trikotaj mahsulotlari mavjud bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan respublika yengil sanoati va to‘qimachilik sanoati oldida mahsulot sifatini yaxshilash, mahsulotlar xajmi va xilma-xilligini oshirishdek muxim vazifa turibdi.
To‘qimachilik sanoati-engil sanoat tarmoqlaridan biridir. O‘zbekistonda bu soha xalq xo‘jaligida munosib o‘rin egallaydi. Xom ashyo va mexnat resurslarini mavjudligi va sohani rivojlantirishga turtki bo‘ldi. Sohaning iqtisodiy barqarorlik ko‘rsatkichlari quyidagilar bilan harakterlanadi: mahsulot ishlab chiqarish hamda mahsulot eksport xajmini oshirish, chet el sarmoyalarini jalb etishni oshirish bilan, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar miqdorini oshishi bilan.
Trikotaj sanoati xozirgi kunda to‘qimachilik mahsulotlariga asosiy e’tibor qaratilgan edi. Gazlama to‘qish uchun ishlatiladigan dastgoxlardan trikotaj mahsulotlari 5-10 barobarida ish unimdorliklari yuqori. Gazlamadan tayyorlangan mahsulotlarga nisbatan trikotaj mahsulotlari 30% arzon tayyorlanadi. Trikotaj sanoatida juda ko‘p turdagi mahsulotlar tayyorlanadi. Bu mahsulotlari tarkibidagi to‘qima turlari va ishlab chiqarish mashinalari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Bundan tashqari mahsulotlar o‘zining bejirimligi, sifatliligi bilan ajralib turadi.
Trikotaj sonoatini jadal suratlar bilan rivojlanib borishi aholini yangi turdagi va fasondagi mahsulotlariga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Ana shu talablarni amalga oshirish tadbirkorlik yo‘lini ishga tushirish va ulardan yangi ish o‘rinlaridan yaratish imkonini beradi.
Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganlaridek “Ichki bozorimizni raqobat- bardosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish bugungi kunda biz uchun dolzarb masalalardan biri bo‘lmish aholimizni, avvalombor yoshlarimizni ish bilan ta’minlash va shu ma’noda ularni munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda ayni shu sohalarni tez va jadal suratlar bilan rivojlantirish eng asosiy omillardan biri ekanligini xech unitmasligimiz darkor”1.
Xozirgi kunda O‘zbekiston xududidaga qo‘shma korxonalarda o‘rnatilgan zamonaviy texnologiyadagi trikotaj to‘quv mashinalarining texnologik imkoniyatlari katta. Ammo hanuzgacha ularning texnologik imkoniyatlari oxirigacha o‘rganilmagan va to‘liq o‘zlashtirilmagan. Ya’ni bu mashinalarning texnologik imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmaydi.
O‘zbekiston korxonalarida o‘rnatilgan zamonaviy trikotaj to‘quv mashinalarining texnologik imkoniyatlarini o‘rganish va kengaytirish yuqorida keltirilgan mashinalarda maxalliy xom ashyolardan yangi tuqima turlarini ishlab chiqarish, keyginchalik esa xaridorgirlik hususiyatlari yuqori trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish bugungi kunning dolzarb muommolardan biri hisoblanadi.
Amaliyotimiz ob’ekti bo‘lgan « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g’risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g’risida”gi qonunlariga muvofiq Xo‘jabod tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspektsiyasida 2014 yil 6 mart kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan .
Korxona yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil balansi, bankda hisob raqami, o‘z nomi yozilgan muhri, shtampi, tovar belgisi va boshqa rekvizitlarga ega. mas’uliyati cheklangan jamiyat o‘zi tomonidan tasdiqlangan maxsus Nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi filiallar tashkil etishi, vakolatxonalar ochishi mumkin. mas’uliyati cheklangan jamiyat yuridik shaxs maqomiga ega shu’ba va tobe korxonalarga ega bo‘lishi mumkin. mas’uliyati cheklangan jamiyat va ushbu korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar amaldagi qonun hujjatlari va ustavga ko‘ra tartibga solinadi. “ mas’uliyati cheklangan jamiyat ” faoliyatining maqsadi:

        • O‘zining ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati natijasidan foyda olish, uning asosida mas’uliyati cheklangan jamiyatni rivojlantirish, ta’sischi va mehnat jamoasining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini qanoatlantirish;

        • maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish;

        • amaldagi qonun xujjatlarining talablari asosida chakana savdo hamda eksport-import operatsiyalari, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

        • bajariladigan ish va xizmatlar yuqori foydaliligiga erishish bo‘yicha qoidalarga rioya qilish;

        • ishlab chiqarish faoliyatida tabiiy boyliklarini ehtiyotlash choralariga jiddiy amal qilish;

        • sohaviy tarmoqlarni aniq va me’yoriy ishlashni ta’minlash;

        • ishlab chiqarishga tezkor rahbarlik qilish darajasini ko‘tarish;

        • tasdiqlangan reja va topshiriqlarga asoslanib ularni bajarishni ta’minlovchi tezkor reja va jadvallar to‘zish, muhokama qilish va tasdiqlash;

        • ishlab chiqarish jarayonida asbob-uskunalardan va mexanizmlardan to‘g’ri foydalanish, yangi texnika va mehnatni ilg’or usullarini hamda ixtirolar, yangiliklarni joriy etish, ishlab chiqarish ilg’orlari tajribalarini keng yoyish uchun tadbirlar ko‘rish, shu bilan birga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish ishlarini amalga oshirish, ishlab chiqarish rejalarini bajarish maqsadida moddiy texnika ta’minotini tashkillashtirish;

        • yuklangan vazifalarni bajarish uchun kerakli shartnomalar tuzish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha topshiriqlarni moliyaviy shartnoma va intizomni jiddiy saqlagan holda bajarishni ta’minlash;

        • qurilish ishlari bo‘yicha umumiy ishlab chiqarishga oid barcha kerakli asbob-uskunalar, apparatlar va boshqa xizmatlar sifatini oshirish, mehnat unumdorligini va moddiy-texnika ta’minotidan foydalanish samarasini oshirish;

        • moddiy-texnikaviy tayanchi rivojlantirish maqsadida mamlakat ichida va tashqarisida ilg’or texnologiya bo‘yicha asbob-uskunalar xarid qilish;

        • belgilangan tartibda xo‘jaliklardan va hokimiyatlardan er maydonlarini foydalanish uchun ijaraga olish va sotib olish;

        • mas’uliyati cheklangan jamiyat tabiat muhofazasi tabiiy boyliklardan ustalik bilan foydalanish ekologiya jihatdan toza mahsulotlarni ishlab chiqarish va etkazish, yong’inga qarshi xavfsizlik hamda ishlovchilarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha amaldagi qonunchilikka tqla rioya qilish;

        • qonunchilikda man etilmagan barcha turdagi faoliyat bilan buyurtmalar asosida shug’ullanish;

        • faoliyat uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar talab qilingan hollarda mazkur ruxsatnoma olingandan so‘ng ishga kirishiladi

mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav fondi korxona ta’sischisi mol-mulki va mablag’lari nominal qiymatidan tarkib topadi. mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan chiqarilgan barcha qimmatbaho kiyim va aksessuarlar nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim. mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondi uning kreditorlari manfaatlarini kafolatlovchi mas’uliyati cheklangan jamiyat mulkining eng kam (minimal) miqdorini belgilaydi.
mas’uliyati cheklangan jamiyat mulki qimmatbaho kiyim va aksessuarlar uchun to‘langan badallar (Ustav fondi), mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, olingan daromadlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan yo‘l qo‘yilgan asoslar bo‘yicha olingan boshqa mulklardan tashkil topadi. Ustav fondining miqdori 253 852 300 000 so‘m so‘mni tashkil etgan. mas’uliyati cheklangan jamiyat ta’sischisi qarori bilan ustav fondi ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Qimmatbaho kalava iplar uchun to‘langan pul mablag’lari mas’uliyati cheklangan jamiyat hisob raqamiga o‘tkaziladi. mas’uliyati cheklangan jamiyat Ustav fondiga kirim qilinayotgan xorijiy valyutadagi pul badallari shu badalni to‘lash paytidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘mga aylantiriladi, valyuta mablag’lari mas’uliyati cheklangan jamiyatning valyuta hisob raqamiga tushadi. Qimmatbaho kalava iplarlar uchun to‘lanadigan mulkiy badallar, agar shu yo‘sinda sotib olinayotgan qimmatbaho kiyim va boshqa aksessuarlarning nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining 200 baravaridan ko‘pni tashkil qilsa, mas’uliyati cheklangan jamiyatning qimmatbaho kiyim va boshqa aksessuarlari va boshqa qimmatli kalava iplarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosi mustaqil narxlovchi (auditor) chiqarishi kerak. Qimmatbaho kiyim va boshqa aksessuarlar kalava iplarlar evaziga to‘lanadigan qimmatli kiyim, boshqa aksessuarlar va kalava iplar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mas’uliyati cheklangan jamiyat maxsus hisob raqamida hisobga olib boriladi va saqlanadi. Qimmatbaho kiyim va boshqa aksessuarlar, kalava iplarlar meros bo‘yicha, yuridik shaxslar huquqini qabul qilish bo‘yicha yoki boshqa asoslarga ko‘ra qabul qilinishi mumkin.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 21-apreldagi 170-sonli qaroriga asosan jamiyatda modernizatsiya ishlari olib borilib, asosiy ishlab chiqarish jarayonlari texnik yangilandi.
O‘tkazilgan modernizatsiya ishlari natijasida korxonada ishlab chiqarish unumdorligi 20%ga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati 10-15%ga ortdi. Birinchi navbatda ishchilarni og’ir mehnati engillashdi. Ishchilarni ish sharoitlari yaxshilandi. Modernizatsiya ishlari 2020-yil 2 martida boshlangan bo‘lib, korxona boshqaruvining sayi- harakati bilan Mustaqilligimizning 28-yillik bayramiga tugatilib va bu bayramga korxonaning munosib tuxfasi bo‘ldi.


Download 92,3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 92,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



« Xo‘jabod Baxt ostonasi » ma’suliyati cheklangan jamiyatining tashkiliy- iqtisodiy tavsifi

Download 92,3 Kb.