« Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasining asosiy texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili




Download 92,3 Kb.
bet5/11
Sana10.01.2024
Hajmi92,3 Kb.
#133761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Skorton tekstil mchj (2)

3. « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasining asosiy texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili
Xususiy tadbirkorlik O‘zbekiston hukumatining iqtisodiy sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlardan eng ustuvori, davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masalalardan biri bo‘lib, bu xususda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek: “kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishini xar tomonlama qo‘llab – quvvatlash, shu asosda aholini bandligini va farovonligini oshirish muammolarini hal etishdan iborat”2. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligini baholash uchun tadqiqot ob’ekti hisoblangan « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rganib chiqish zarur.
Korxonalar ishlab chiqarish – tijorat va moliya faoliyatining tahlil etish asosida Prezidentimiz SH.M. Mirziyoev boshchiligida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, iqtisodiyotimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning alohida olingan korxonalar misolidagi holatiga ta’sirini o‘rganish va shu asosda tarmoq, hudud va mamlakat iqtisodining ravnaqini belgilash mumkin bo‘ladi.
Alohida olingan korxonalar ishlab chiqarish – tijorat va moliyaviy faoliyatini tahlil etish asosida:

  • ularning faoliyatiga to‘g’ri baho berish;

  • ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatida jalb qilingan mulk hamda mablag’larning samarali foydalnishining holatini aniqlash;

  • korxona faoliyatining natijasi va uning moliyaviy holatiga baho berish;

  • korxonaning bozordagi o‘rni va uning iqtisodiy reytingini baholash;

  • iqtisodiy harakatning maqsadli shartiga erishishda (foydani maksimallashtirish va harajatlarni minimallashtirish) ichki imkoniyatlarni aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish choralarni belgilash imkoni tug’iladi.

«Tahlil» - grekcha «analisis» so‘zining ma’nosiga to‘g’ri kelib, xodisa va jarayonlarni qism va qismchalarga bo‘lib o‘rganishini anglatadi. Bunday qism va qismchalarga ajratishda, albatta, umumiylik, birlik va bog’liqlik saqlanadi. Ya’ni, avval bo‘lak va qismlarga ajratilgan xodisalar yaxlit bir shaklda sintezlashadi. Xodisa va jarayonlarni dialektik o‘zgarishda, albatta, analiz – sintez usulidan, ularning o‘zaro birligi va bog’liqligiga amal qilinadi.
mas’uliyati cheklangan jamiyatning faoliyatini maqsadli, tezkor, joriy va istiqbolini o‘rganish asosida uning holatiga keng qamrovli baho berish iqtisodiy tahlilning asosiy mazmunini tashkil etadi. Ushbu jarayonda tahlilning quyidagi tamoyillaridan foydalanildi: ishonchlilik, taqqoslanuvchanlik, araflik, davriylik, pulni baholash, hisobga olish, mazmunning shakldan ustunligi, aniq baholash, o‘zluksizlik va boshqalar.
Ilmiy tadqiqotlarimiz ob’ekti bo‘lgan « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasi ishlab chiqarish – tijorat va moliya faoliyatida uch yil – 2020, 2021 va 2022 yillarda yuz bergan iqtisodiy va ijtimoiy xodisa va jarayonlarning o‘zgarishi, o‘zgarishlar sabablari tahlil davomida o‘rganilib borildi. Bunda korxonada mahsulot ishlab chiqarish xajmi, ishlovchilar soni, asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati va ulardan foydalanish kqsatkichlari, mehnat unumdorligi, o‘rtacha ish haqi, foyda va rentabellik kabi umumxo‘jalik faoliyatiga baho beruvchi ko‘rsatkichlar o‘rganildi. (1 jadval).

1 - jadval



Download 92,3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 92,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



« Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasining asosiy texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili

Download 92,3 Kb.