- chizma. « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasining boshqaruv strukturasi




Download 92,3 Kb.
bet4/11
Sana10.01.2024
Hajmi92,3 Kb.
#133761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Skorton tekstil mchj (2)

1- chizma. « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasining boshqaruv strukturasi
mas’uliyati cheklangan jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosida ijroiya organi (direktor) tomonidan amalga oshiriladi. mas’uliyati cheklangan jamiyat boshqaruviga paychilar tomonidan saylanadigan mas’uliyati cheklangan jamiyat boshqaruvi raisi, rais o‘rinbosarlari, bosh hisobchi, bo‘lim boshliqlari va xizmat ko‘rsatish tarmog’i boshliqlari, bosh mexanik va boshqalar kiritilishi mumkin.
Boshqaruv a’zoligiga nomzodlarni boshqaruv raisi tavsiyasiga binoan kengashi qarori bilan tasdiqlanadi (saylanadi, tayinlanadi, yollanadi va hokazo) va ishga yollash shartnomasi boshqaruv raisi tomonidan imzolanadi. Boshqaruv a’zolari vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish kengash yoki boshqaruv raisi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Bir paytning o‘zida ham yakkaboshchilik asosidagi, ham kollegial ijroiya organlari bo‘lishi mumkin. Paychilar yig’ilishining qaroriga binoan mas’uliyati cheklangan jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma bo‘yicha tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
mas’uliyati cheklangan jamiyat ijroiya organining vakolatlariga mas’uliyati cheklangan jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, mas’uliyati cheklangan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (Boshliq) mas’uliyati cheklangan jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda etadi, mas’uliyati cheklangan jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, mas’uliyati cheklangan jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
« Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasining boshqaruv strukturasi belgilangan talablarga mos ravishda ishlab chiqilgan, lekin bu juda sodda ko‘rinishdagi struktura bo‘lib, kelgusida u korxona faoliyatining samarali bo‘lishida zarur vazifalarni bajarishi uchun uni zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish lozim. Xususan, ko‘rinib turganidek, korxonada marketing bilan shug’ullanuvchi struktura birligi yo‘q bo‘lib, zamonaviy sharoitlarda korxonalar faoliyatining samaradorligini ta’minlashda eng muhim hisoblangan bozorni o‘rganish asosida mahsulot ishlab chiqarish va sotish masalalariga yetarli e’tibor berilmayotganini ko‘rish mumkin.


Download 92,3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 92,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- chizma. « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasining boshqaruv strukturasi

Download 92,3 Kb.