|
Korxonaning boshqaruv strukturasi tavsifi
|
bet | 3/11 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 92,3 Kb. | | #133761 |
Bog'liq Skorton tekstil mchj (2)2. Korxonaning boshqaruv strukturasi tavsifi.
Korxonalarni boshqarish samaradorligi, ular faoliyatini samarali tashkil etilishi kup jixatdan boshqaruv tuzilmalari qay darajada o‘zgaruvchan tashqi va ichki muhitga moslasha olishiga bogliqdir. CHunki aynan boshqaruv strukturasi boshqaruv funksiyalarini, vakolat va ma’suliyatni taqsimlanishini, rasmiy va norasmiy, vertikal va gorizontal boglanishlarni belgilaydi.
« Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonadagi boshqaruv strukturasini tahlil qilib o‘rganganimizda, u yerdagi mavjud struktura funksional boshqaruv strukturasi toifasiga kirib, har bir bo‘lim yoki tuzilma ma’lum bir funksiyani amalga oshiradi (1-rasm).
Korxona rahbari korxona faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, uning mablag’lari va mulkidan foydalanish uchun mas’uldir. Rais korxona nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Korxona raxbari korxona faoliyatiga oid buyruqlarni chiqaradi, ishchi xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi va x.k.
Bosh buxgalter mas’uliyati cheklangan mas’uliyati cheklangan jamiyat moddiy va pul boyliklarini hisobini olib boradi, ishchi va xizmatchilarga ish xaqi hisoblaydi va tarqatadi, mahsulot tannarxiga kiradigan harajatlarni hisobga oladi va mahsulot tannarxining kalkulyatsiyasini tuzadi, hisobot va balanslar tuzadi va ularni tahlil qiladi, sex va bo‘linmalarning barcha turdagi resurslardan to‘g’ri foydalanayotganligini nazorat qiladi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlari sharoitida turli mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarning xo‘jalik va moliya faoliyatini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, mustaqil mamlakatimiznig hisob tizimini to‘g’ri yo‘lga qo‘yish, shuningdek iqtisodiy jarayonlardagi o‘zgarishlarning mikro va makro jihatdan tahlili- rivojlanishning muhim vositalaridan biri hisoblandi.
Direktor
Bosh muxandis (I/ch buyicha direktor. urinbosari)
Buxgalter
Ta’minot bulimi
Sotish bulimi
I/ch sexlari
Xom ashyo va tayyor maxsulot ombori
|
| |