Korxona faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari




Download 92,3 Kb.
bet9/11
Sana10.01.2024
Hajmi92,3 Kb.
#133761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Skorton tekstil mchj (2)

4. Korxona faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari

Zamonaviy bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish maqsadi bitta bo‘lmogi kerak bozorda muvaffaqiyatli bo‘lish. Bu esa doimiy ravishda bozorni o‘rganish, potentsial xaridorlar doirasini aniqlab, ular talablariga mos mahsulotlar yaratib, ishlab chiqarish va sotish xajmini ko‘paytirish zarur.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash orqali uning raqobabardoshligini oshirish vazifasi barcha korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarish jarayonlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash asosida xarajatlarni kamaytirish, boshqarishning ilgor usullarini qo‘llashni taqozo etadi. Raqobatchilik muhitida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyati barqarorligini ta’minlashi ularning o‘z strategiyalarini ishlab chiqarish yondoshuvidan marketing yondoshuviga o‘tkazishlarini talab etadi.
Marketing yondoshuvi korxonalarga o‘z rivojlanish strategiyalarini bozorga yo‘naltirishida katta ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, ushbu korxonada keng innovatsion xatti – xarakatlar olib borish muhimdir, chunki zamonaviy korxonalar kelajagi faqat doimiy yangilanish asosida qurilishi zarurligi davr talabidir.
Hozirgi kunda to‘lovga qodir bo‘lgan iste’molchilarni topish va tovarni sotishni maksimal darajada tezlashtirish muammolarini hal etish uchun sotish tashkilotlaridan ulgurji savdo qiluvchi dillerlarni aniqlash korxonalarning asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda. Bu muammolarni hal etish yo‘llari quyidagilar hisoblanadi:
A) mahsulotlarni sotish vazifasini o‘ziga oluvchi xususiy dillerlar bilan aloqani o‘rnatish;
B) bu maqsadlarni amalga oshirish uchun ta’minot – sotish sho‘ba korxonalarini yaratish.
Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy tahlilining dolzarbligi birinchi navbatda korxonaning zamonaviy sharoitda omon qolishini ta'minlash zarurati bilan bog'liq. Boshqaruv xodimlari o‘z kompaniyasi va mavjud potentsial raqobatchilarining moliyaviy holatini real baholay olishlari kerak. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bozor munosabatlari ishtirokchilarining keng doirasi e’tiborini tortadi, uning faoliyati natijalaridan manfaatdor. Zamonaviy sharoitda korxonaning omon qolishini ta’minlash uchun boshqaruv xodimlari, birinchi navbatda, iqtisodiy tahlil asoslarini o‘zlashtirishi, o‘z korxonasining ham, potentsial raqobatchilarining ham moliyaviy holatini real baholay olishlari kerak.
Amaliyot vaqtida “ Xo‘jabod baxt ostonasi” MCHJ ning mijozlarni rag’batlantirish tadbirlarini amalga oshrilishi bo‘yicha takliflarim.
Sotishni rag‘batlantirish marketing kommunikatsiyasi elementi sifatida maqsadli aduditoriya javob reaksiyasi uchun turli tadbirlarni taklif etish hamda korxona marketing strategiyasi doirasida uning kommunikatsiya siyosatini amalga oshirishning vositasidir. Sotishni rag‘batlantirish reklama kabi qisqa vaqt oralig‘ida bozorni egallaydi. Sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar tovarning iste’mol xususiyatlari bilan shaxsiy tajribasi orqali tanish bo‘lgan haridorga qaratilgan. Sotishni rag‘batlantirishning vazifalari - mazkur tovarning keyingi harid qilinishiga, katta partiyalarni sotib olishga, firma va haridor o‘rtasida muntazam tijorat aloqalarini rag‘batlantirishga qaratilgan. Agar reklamaning chaqirig‘i “Bizning mahsulotni harid qiling” bo‘lsa, sotishni rag‘batlantirishning chaqirig‘i “Uni hoziroq sotib oling”dir. Demak, sotishni rag‘batlantirish qisqa muddat ichida korxona va uning mahsuloti haqidagi axborotni yetkazish hisoblanadi.
Sotishni rag‘batlantirish maqsadini belgilash va qurolini (instrumentini) tanlash o‘ziga xos jarayondir. Sotishni rag‘batlantirish qurollari quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘ladi:
• korxonaning sotish bilan shug‘ullanuvchi personaliga;
• tijorat vositachilariga;
• iste’molchilarga.
Personalni rag‘batlantirish korxonaning sotish hajmini oshishi, rivojlanishi sohasida personalni motivatsiyalash, personalning iste’molchilar bilan xush muomila bo‘lishi, xizmat ko‘rsatish sifatini oshishini ko‘zlab amalga oshiriladigan tadbir hisoblanadi. Personalni rag‘batlantirish moddiy va nomoddiy ko‘rinishdagi rag‘batlarni taklif etish orqali amalga oshirish mumkin. Moddiy ko‘rinishdagi rag‘batlar (mehnatga haq to‘lash tizimida: ustama, mukofot, bir oylik qo‘shimcha va boshqa ijtimoiy paketlar: personalga tibbiy xizmat ko‘rsatish, xizmatchilarni sug‘urtalash, qo‘shimcha ta’til, personalning o‘qish to‘lovi va boshqa tasodifiy fors-major holatlarda moddiy yordam berish, korporativ stildagi kiyimlarga dotatsiya berish, dam olish va turistik yo‘llanma berish, sovg‘alar, personal uchun maxsus kunlar tashkil etish, xizmatchilar restoran xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lganda: basseyn, sauna, tennis korti, golf o‘yin maydonidan foydalanish va boshqa) va nomoddiy ko‘rinishdagi rag‘batlar (xizmatchilar karerasini rejalashtirish, ishni taqismlashda qiziqish, dunyo qarashi va boshqalar, faxriy yorliq berish, minnatdorchilik bildirish, lavozimini oshirish, personalga bevosita va bilvosita e’tibor - professonalligini o‘sishi, masterlik darajasi bo‘yicha tanlov, bayramlar bilan tabriklash va shaxsiy tadbirlarida estalik sovg‘alar berish va boshqalar).


XULOSA
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash vazifasi qo‘yilgan bugungi sharoitlarda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan xolda, O‘zbekiston iqtisodiyotini xam chuqur qayta tashkil etish, yangilash zarurligi ko‘zga tashlanmoqda. Buning uchun iqtisodiy tizimning barcha bug’inlari va darajalarida ishlab chiqarishni tashkil etishda innovatsion yondoshuv zarurligini jahon tajribasi namoyon etmoqda. Hozirgi zamon boshqaruvi innovatsiyalarga tayangan boshqaruv tizimi bo‘lib, innovatsion jarayonlarni tashkil etish va boshqarish holati korxona va tashkilotlarning butun faoliyat natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, degan yondoshuvdan kelib chiqadi. Mutaxassislarning fikricha, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga sarflangan xarajat 5-7 yilda taxminan 10 barobar foyda bo‘lib qaytadi. Shu sababli, korxonalar o‘z faoliyatlarining barqarorligini ta’minlashlari uchun barcha yo‘nalishlardagi innovatsiyalarni joriy etishlari zarur.
Amaliyot davomida « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasi faoliyatini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga keldik:
- Innovatsiyalar – bu tadbirkorlikning xamma sohalarida doimiy yangilanish jarayoni bo‘lib, o‘z ichiga nafaqat texnik va texnologik tomonlarini, balki korxona faoliyatini yaxshilashga karatilgan barcha o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
- Innovatsion jarayon o‘z ichiga g’oyaning paydo bulishidan tortib, uni amalga oshirishgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Korxonada yangiliklarni yaratish va joriy qilish uchun tegishli innovatsion muhit, alohida bolinmalar, bu jarayonni boshqarish uchun mukammal mexanizm bolishi zarur.
Amaliyot obyekti bo‘lgan « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasi viloyatimzda kichik biznes sohasida tashkil etilgan korxonalardan bo‘lib, 2014 yilda tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida korxona mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasida katta ijobiy yutuqlarga erishdi. Xususan, 2022 yilda 515009 ming sumlik mahsulot mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 va 2020 yillarga nisbatan bu ko‘rsatkich mutanosib xolda 128,2 % va 125,8% ni tashkil etgan. Ishlab chiqarish xajmining bunday sur’atlarda ortishi korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi bilan birga yuz berganligi sababli, yakuniy moliyaviy natijasi – sof foyda mikdori sezilarli darajada ortmagan. Bu narsa rentabellik darajasi yildan – yilga pasayganida ko‘ringan. Korxona mahsulotlari asosan ichki bozorga chiqarilib, xududiy iqtisodiyotning rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirgi kunda mas’uliyati cheklangan jamiyatda 95 kishi mehnat qilib, barqaror daromad manbaiga ega bo‘lmoqda.
Korxonada ma’lum darajada innovatsiyalar joriy qilinmoqda, lekin ularni yetarli deb bulmaydi. Xususan, sex uskunalarini modernizatsiyalash, yangi yig’ish usullari va texnologiyalarini qo‘llash, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, boshqaruvda ilg’or usullar qo‘llash zarurligi yechimini kutayotgan vazifalar jumlasidandir.
Korxonaning boshqaruv strukturasida marketing bo‘limi yo‘q bo‘lib, uning vazifasini sotish bo‘limii qisman bajarmoqda. Bu narsa bozorni asosli ravishda o‘rganib, yangiliklarni joriy qilishga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga, innovatsion faoliyatni rag’batlantirish – motivatsiya funksiyasi ham yetarli darajada amalga oshirilmayapti.
Ko‘rinib turibdiki, korxonada innovatsion faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud va bu yo‘nalishda quyidagilarni taklif etish mumkin:
1. Korxonada marketing bo‘limini tashkil etish. Buning uchun sotish bo‘limidan mutaxassislarni yangi bo‘limga o‘tkazish va marketing sohasini chuqur biladigan yetuk mutaxassisni ishga taklif etish. Marketing tadqiqotlarini olib borish asosida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘yish.
2. Texnik va texnologik innovatsiyalar bilan birga boshqarish texnologiyasini takomillashtirish, boshqarishning texnik vositalaridan foydalanish, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish natijasida ortiqcha boshqaruv apparati xodimlarini qisqartirish.
3. Boshqarishning motivatsiya va nazorat funksiyalarini kuchaytirish. Bunda ishlovchilar faoliyatini adolatli baholash, rag’batlantirish va jazolash choralarini o‘z vaqtida qo‘llash, ish xaqi va mukofotlarni o‘z vaqtida va mehnat natijalariga bog’liq xolda to‘lash mehnat unumdorligini oshirishga sabab bo‘ladi.
4. Kadrlar malakasini oshirish. Bunda mas’uliyati cheklangan jamiyatda xam funksional, ham chiziqli bo‘lim rahbar va xodimlarini attestatsiya qilish va hozirgi zamon tablariga mos qilib o‘qitish.
5. Eng asosiysi, korxonada innovatsion faoliyatni rag’batlantirish va qo‘llab – quvvatlash muhitini yaratish hamda bu faoliyatga rahbarlardan tortib, oddiy ishchigacha barcha xodimlarni jalb etish.
Korxonada innovatsion muhitni shakllantirish, albatta, yangilik kirituvchi va uni qo‘llab-quvvatlovchi xodimlarni rag’batlantirishning samarali tizimini shakllantirish bilan birga olib borilsa, kutilgan natijalarni berishi mumkin. Bunda innovator kadrlarni topish, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish, rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, yangiliklarni ishlab chiqish va joriy qilish uchun zarur mablag’ bilan ta’minlash innovatsion faollikni oshirishga turtki berib, korxona faoliyati samaradorligini oshirgan bo‘lardi.
Ushbu takliflarni « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasida joriy qilish korxona faoliyatining ishlab chiqarish va boshqarish samaradorligini oshiradi va katta iqtisodiy va ijtimoiy samara keltiradi. Shu bilan birga, mahsulot sifati va assortimenti oshishi natijasida xaridorlar soni va korxonaning bozordagi ulushi ortadi. Bularning barchasi « Xo‘jabod Baxt ostonasi » mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasining moliyaviy – iqtisodiy holatini yaxshilashga asos yaratadi va ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.

Download 92,3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 92,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxona faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari

Download 92,3 Kb.