Xorazm viloyati statistika boshqarmasi
Amaliyotning ikkinchi haftasida xorazm viloyati
statistika boshqarmasiga
bordik va u yerda xorazm viloyati haqida turli xil maʼlumotlarini to'pladik. Bunda
asosan
xorazm viloyat aholisi, korxonalari va viloyat sanoati haqida o'zimizga
kerakli maʼlumotlarni oldik.
Statistika boshqarmasida quyidagi ma’limotlarni to’pladik
Sanoat
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2024- yil yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari
tomonidan 5 265, 5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib,
sanoat ishlab chiqarish indeksi 104,1 foizni tashkil etdi.
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, tog‘-kon sanoati
va ochiq konlarni ishlashning 84,5 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash)
sanoatida ishlab chiqarish hajmining 106,4 % ga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash
va havoni konditsiyalashning 56,8 % ga va suv bilan ta’minlash,
kanalizatsiya
tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning 105,1 % ga o‘sishi kuzatildi.
2024- yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan
sanoat korxonalari
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 5 064,6 mlrd. so‘mni
yoki jami
ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 96,18 % ni tashkil etdi.
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmog‘ning ulushi
0,12 % ni (2023- yil yanvar-mart oylarida – 0,06 %), o‘rta-yuqori texnologiyali –
43,2 % (2023- yil yanvarmart oylarida – 37,2 %), o‘rta-quyi texnologiyali – 4,2 %
(2023- yil yanvar-mart oylarida – 4,2 %) va quyi texnologiyali – 48,6 % (2023- yil
yanvar-mart oylarida – 53,9 %)ni tashkil etdi.
Jami viloyat sanoatida yuqori texnologiyali tarmoqda 6,4 mlrd. so‘mlik
(2023- yil yanvar-mart oylarida 2,5 mlrd. so‘m), o‘rta-yuqori texnologiyali tarmoqda
2 276,7 mlrd. so‘mlik (2023- yil yanvar-mart oylarida 1 805,3 mlrd. so‘m), o‘rta-
quyi texnologiyali tarmoqda 220,7 mlrd. so‘mlik (2023-
yil yanvar-mart oylarida
203,7 mlrd. so‘m), quyi texnologiyali tarmoqda 2 560,8 mlrd. so‘mlik (2023- yil
yanvar-mart oylarida 2 614,5 mlrd. so‘m) mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlaridan 2024- yilning yanvar-mart oylarida to‘qimachilik
mahsulotlari ishlab chiqarish 208,3 mlrd. so‘mga, avtotransport vositalari, treylerlar
va yarim pritseplar ishlab chiqarish 449,4 mlrd. so‘mga, boshqa
nometall mineral
mahsulotlar ishlab chiqarish 23,0 mlrd. so‘mga, mebel ishlab chiqarish 37,4 mlrd.
so‘mga, boshqa toifalarga kiritilmagan mashina va uskunalar ishlab chiqarish 35,1
mlrd. so‘mga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.