Xorazm viloyati ekologiya boshqarmasidan olinmgan ma’lumotlar
Kurilish chiqindi poligoni bo‘yicha:
Xorazm viloyat hokimining 2022 yil 31 yanvardagi 8-12-0-F/22-sonli
farmoyishiga asosan “Qo‘shko‘pir tumani Yangilik maxallasi xududida qurili
chiqindi poligonini kurish va jixozlash uchun 2 mlrd. sum dan ziyod mablaglarini
“Toza xudud" davlat unitar korxonasiga viloyat maxalliy byudjetning 2022 yil 1
yanvar xolatiga erkin xodagi xisobidan ajratilgan. Xozirda kurilish poligonini
loyiha-smeta xujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza o‘tkazildi. Hozirda moliya
boshqarmasi tomonidan moliyalashtirish ishlari olib borilmoqda.
Urganch tumani “G‘oybu" maxallasidagi chiqindi poligoni to‘g‘risida.
Xorazm viloyati Xokimi-fukaro muxofaza boshligining 2022 yil 9 fevraldagi
5-570 FM-sonli buyrugiga asosan Urganch tumani “G‘oybu” kishlogi xududida
joylashgan “Urganch Avto Eko Trans” MChJga qarashli bulgan markaziy chiqindi
poligonini rekultivatsiya kilish uchun bir oylik xashar utkazilib, ushbu xasharga
viloyatdagi korxona va tashkilotlarning maxsus texnika vositalari, “Toza xudud”
DUK va klasterga karashli texnikalar yordamida rekultivatsiya qilindi. Chiqindi
poligoni 1980 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, 15 gektar maydonda joylashgan,
shundan 10 gektar maydoni chikindilarni joylashtirish va kumish uchun
mo‘ljallangan, 5 gektar maydoniga klasterga ishlab chikarish ob’ektlari uchun
ajratib berilgan. Poligon kuvvati 900000 tonna chikindilarni kabul kilishga
mo‘ljallanganligi, lekin poligonda 1 mln 76 ming tonna, balandligi 20-30 metrni
tashkil qilgan. Poligonni rekultivatsiya kilish jarayonida maxsus texnikalar
tomonidan 2522 katnovlar amalga oshirilib, 29580 m3 tuproq bilan ko‘milgan,
shuningdek 15240 litr dizel yokilgisi va 10526 m3 siqilgan gaz sarf kilingan.
CHIQINDILARNI NAZORAT QILISH BO‘YICHA AMALGA
OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA.
Viloyatda sanitar tozalash xizmatlari viloyat "Toza hudud" DUK "Urganch
Avto Eko Trans" MChJ, "Xorazm gazpayvandchi "MChJ hamda "Eko klaster"
MChJ tomonidan ko‘rsatib kelinmoqda.
Bugungi kunda 526 ta maxalladan barchasi to‘lik ya’ni 100 foizi sanitar
tozalash xizmatlari bilan qamrab olindi.
Viloyat "Toza hudud" DUK tomonidan 7 ta tumanda joylashgan 268 ta
mahallaning barchasi to‘lik ya’ni 100 fonon sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab
olindi. Korxona tomonidan 786 ming nafar aholiga, 110 ta texnika yordamida
xizmatlar ko‘rsatilmokda.
“Urganch Avto Eko Trans" MChJ tomonidan Urganch shahridagi 36 ta
mahallada yashovchi 18823 ming nafar aholiga va Urganch tumanidagi 61 ta
mahallada yashovchi 132659 ming nafar aholiga 26 ta maxsus chikindi tashish
texnikasi yordamida xizmatlar ko‘rsatilmokda.
“Xorazm Gaz Payvandchilari" MChJ tomonidan Urganch shahrida joylashgan
2 ta mahallala yashovchi 80319 ming nafar aholiga va Qo‘shko‘pir tumanidagi 50
ta maxallada yashovchi 128318 ming nafar aholiga 15 ta maxsus texnika yordamida
sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatilmokda.
“Eko klaster" MChJ tomonidan Xiva shahridagi 21 ta mahallaga 6 ta texnika
yordamida, Xiva tumanidagi 50 ta mahallaga 20 ta maxsus texnika yordamida,
Shovot tumanidagi 55 ta mahallada yashovchi 121,0 ming nafar aholiga 18 ta
maxsus texnika yordamida xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Bugungi kunda axoliga sifatli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida shaharlar va
tumanlarda yashovchi aholi xatlovdan o‘tkazilib, billing tizimiga kiritilib
borilmokda.
2022 yil yanvar-iyul oylari davomida viloyatda 19 ta chiqindilarni qayta
ishlovchi tashkilotlar tomonidan 60 ming 600 ta qattiq maishiy chiqindilar
tarkibidagi ikkilamchi mahsulotlar qayta ishlanib, qayta ishlash darajasi 15 foizni
tashkil kilmokda.
Joriy yil davomida “Ekolaster" MChJ va “Xorazm gaz payvandchilari" MChJ
tomonidan 29 mlrd 500 mln 700 ming sum investitsiya mablag‘lari evaziga DXSh
loyihalari doirasida chiqindi saralash uskunalari o‘rnatilib, joriy yilda kattiq maishiy
chiqindilarni qayta ishlash darajasi 40 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.
BIOXILMA-XILLIK VA MUXOFAZA ETILADIGAN TABIIY
HUDUDLAR TO‘G‘RISIDA.
Ekilgan daraxtlar bo‘yicha ma’lumot:
Viloyat hududiga "Yashil makon" umummilliy loyixasi doirasida 2022 yilning
baxor mavsumida 8 mln. 810 ming dona ko‘chatlar ekilishi belgilanib, bugungi
kunga qadar jami 8 mln. 380 ming dona ko‘chat va qalamchalar ekilib, reja 100
foizga bajarildi.
“Yashil bor" xamda “Yashil jamoat parklar”i bo‘yicha ma’lumot
Shahar va tuman hududlarida 2022-2024 yillar davomida jami 120,8 gektar
maydonda "Yashil bog‘lar" va jami 140,80 gektar maydonda “Yashil jamoat
parklari”ni barpo etish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda jami 70,5 ga "Yashil bog‘lar” hamda 100,70 ga yashil jamoat
parklari” hududlariga jami 250 ming 750 dona daraxt ko‘chatlari ekilishi
ta’minlandi.
"Yashilmako.eco” elektron platformasi bo‘yicha:
Davlat Ekologiya qo‘mitasi tomonidan shakllantirilgan "Yashilmakon.eco"
elektron platformasiga tuman (shahar) shtablari tomonidan viloyat hududiga ekilgan
jami 9 mln. 87 ming dona ekilgan ko‘chatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan
bo‘lib, ekologiya xodimlari tomonidan joyida chiqib, olib borilgan xatlov natijasida
8 mln 50 ming dona ko‘chatlar to‘lik ekilganligi aniqlandi hamda maxsus mobil
ilova orkali fotosuratlari, geolokatsiyalari joylanib tasdiklandi.
Daraxtlarni kesish, kuchirish, shakl berish xamda rad etish yuzasidan berilgan
xulosalar bo‘yicha:
Kelgan arizalar soni 48 ta;
Rad etilgan daraxtlar soni 582 dona (shundan 130 donasi qimmatbaho navli
daraxtlar), 25 ta xulosa;
Ko‘chirishga berilgan daraxtlar soni 42586 dona, 5 ta xulosa;
Shakl berishga ruxsat etilgan daraxtlar soni 50400 dona, 8 ta xulosa;
Kesishga tavsiya etilgan daraxtlar soni 40 dona, 10 ta xulosa.
Xayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish buyicha ruxsatnomalar
bo‘yicha:
Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanganlik uchun belgilangan kvotaga
asosan viloyatda 13 ta ruxsatnomalar (har bir tuman kesimida) rasmiylashtirilib, 40
mln. 80 ming so‘m hisoblangan.
Muxofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha ma’lumot
Xorazm viloyatida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni
110 ming 317,1 ga tashkil qiladi. Shundan 8844 ga Qizilqum davlat ko‘riqxonasi;
79755 ga Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi; 21677,5 ga Xorazm milliy tabiat bogi;
129,6 ga viloyat ovchi,baliqchilar sport birlashmasi hududlari xamda 5 ming ga
Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi) Viloyat xududida jami 120 turdagi o‘simlik turlari
mavjud bo‘lib, shundan 21 turtini O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Hayvonot dunyosi 312 turi mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Qizil
kitobiga 21 turdagi qushlar, 6 turdagi baliqlar, 5 turdagi hayvonlar (kapalaksimon va
o‘rgimchaksimonlardan tashqari) kiritilgan.
Ko‘llar to‘g‘risida ma’lumot
Tabiiy ko‘llar soni 49 ta, umumiy maydoni 5 ming 243ga:
Sun’iy ko‘llar soni 910 ta, umumiy suv havzasi maydoni 8 ming 259 ga.
YER VA SUV RESURSLARINI MUXOFAZA QILISh VA UNDAN
OQILONA FOYDALANISH BO‘YICHA.
Viloyatda jami 25 ta suv ob’ektlari shu jumladan Amudaryo, Tuyamo‘yin suv
ombori xamda kanal va kollektorlarning suvini muxofaza kilish zonalari belgilangan
bo‘lib, umumiy yer maydoni 27937,3 ga ni tashkil kiladi.
Boshkarma tomonidan, Viloyat favkulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan
xamkorlikda favkqulodda vaziyatlar vazirligiga daryo o‘zanidagi uchastkalarda
loyika parametrlari bo‘yicha ish olib borish, loyixa quvvatiga erishish xamda
shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha ishchi gurux tomonidan o‘rganilgan
dalolatnoma takdim etilgan bo‘lib, bugungi kungacha shartnoma muddatini
uzaytirilmagan. Xozirgi kunda daryo o‘zanlaridan tadbirkorlar tomonidan o‘zan
tozalash ishlari vaktincha to‘xtatilgan.
Shuningdek o‘rganish davomida ushbu tadbirkorlik sub’ektlariga shartnoma
muddati tugaganligini inobatga olgan xolda o‘zan tozalash bilan bog‘lik xar qanday
faoliyatini noqonuniyligi tushuntirilib ogoxlantirish xatlari berildi.
Boshqarma tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 20 dekabr 71-son qaroriga asosan "YERELEKTRON" AAT orkali yor
uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdosiga chikarilishi bo‘yicha 2021 yil 1
avgust xolatiga 4783 ta yer uchastka materiallarining barchasiga tegishli xulosalar
berildi.
"Xorazm suv ta’minoti” MChJga karashli 3 ta (Urganch, Xiva na Pitnak
shaxarlarida) oqova suv tozalash inshootlari mavjud bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 apreldagi 221-son qarori asosida
kayta kurish va rekonstruksiya kilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyixani amalga oshirish yuzasidan Yevropa tiklanish va tarakkiyot
banki bilan 2019 yil 20-noyabr kuni 50526-sonli “Karz bitimi" imzolangan
loyihaning umumiy qiymati 13,5 mln dollarni tashkil etib, quyidagi manbalar
xisobidan moliyalashtiriladi:
Yevropta tiklanish va tarakkiyot banki mablag‘lari hisobidan 90,0 mln dollar
(78,6%) xamda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 24,5 mln dollar (21,4%)ni
tashkil kiladi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida, Urganch, Xiva va Pitnak
shaxarlari xamda Gurlan tumani markazida yashovchi 400 ming nafardan ortik
aholiga oqova suv xizmatini ko‘rsatish yaxshilanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 2021 yil 18-aprel kuni xalkaro konsultantni tanlash uchun
o‘tkazilgan tenderda "Egis Iternational" (Fransiya) konsalting kompaniyasi g‘olib
deb topilgan. Shundan so‘ng, 2021 yil 8-sentyabr kuni "Egis International"
(Fransiya) kompaniyasi bilan loyihalash va tender xujjatlarini ishlab chiqish uchun
shartnoma imzolandi.
Hozirda, "Egis International” kompaniyasi shartnomaga muvofiq tender
xujjatlarini tayyorlash, ma’lumotlar yig‘ish va loyihalash ishlarini olib bormoqda.
Shu bilan birga, loyiha doirasida konsalting kompaniyasi tomonidan qurilish
bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari yakunlanib, xarid komissiyasi hamda YeTTB bilan
kelishiladi va tenderga e’lon berish ishlari amalga oshirilmokda.
Endilikda Xorazmda 14 ta namunaviy «Ekologiya ko‘chasi» barpo etiladi.
Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
tomonidan tuman va shaharlarda 14 ta namunaviy «Ekologiya ko‘chasi» barpo etish
bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, tuman va shaharlardagi ko‘chalarga mevali daraxtlarning ma’lum
bir turdagi 5 mingdan ortiq ko‘chati ekiladi. Ularni parvarish va muhofaza qilish
bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi, nazoratga olinadi.
«Ekologiya ko‘chasi»ga ko‘chatlarni ekish bilan bog‘liq xarajatlar boshqarma
mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Xorazm viloyati bo‘yicha namunaviy «Ekologiya ko‘chasi» va ularga
ekiladigan ko‘chat turlari:
1. Urganch shahri, «Islomobod» mahallasi, Tadbirkorlar ko‘chasi - 600 tup
olma;
2. Xiva shahri, «Gilamchi» mahallasi, Aylanma yo‘l ko‘chasi - 200 tup olma;
3. Bog‘ot tumani, «Tozabozor» mahallasi, Oltinqum ko‘chasi - 540 tup tok;
4. Gurlan tumani, «Vatanparvar» mahallasi, Ogahiy ko‘chasi - 400 tup o‘rik;
5. Urganch tumani, «Anjirchi» mahallasi, Farg‘ona ko‘chasi - 300 tup anjir;
6. Qo‘shko‘pir tumani, «Ko‘hna zey» mahallasi, Ma’rifat gulshani ko‘chasi -
120 tup olma;
7. Tuproqqal’a tumani, «Navbahor» mahallasi, Hazorasp ko‘chasi - 200 tup
o‘rik;
8. Hazorasp tumani, «Yangiobod» mahallasi, Sheroziy ko‘chasi - 300 tup
olma;
9. Xonqa tumani, «Katta Jirmiz» mahallasi, Bunyodkor ko‘chasi - 250 tup
olcha;
10. Xiva tumani, «Bo‘ston» mahallasi, Mustaqillik tongi ko‘chasi - 300 tup
o‘rik;
11. Xiva tumani, «G‘ovuk» mahallasi, Jasur ko‘chasi - 400 tup anor;
12. Shovot tumani, «Beshmergan» mahallasi, Beshmergan ko‘chasi - 1000 tup
olcha;
13. Yangiariq tumani, «Yangiyer» mahallasi, Yog‘du ko‘chasi - 650 tup olcha;
14. Yangibozor tumani, «Shoirlar» mahallasi, Amudaryo ko‘chasi - 300 tup
olcha.
|