XORAZM VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI
METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kurslarini tashkil etish
to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-
tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini
joriy qilish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni
tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarorlari va Xalq ta’lim
vazirining 2022-yil 30-dekabrdagi “Xalq ta’lim tizimi xodimlari malakasini oshirish
kurslarining 2023-yil uchun umumiy rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 390-son
buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda xalq ta’limi tizimi
rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka
oshirish) kurslarini tashkil etish maqsadida buyuraman:
1. Xalq ta’lim vazirining 2022-yil 30-dekabrdagi “Xalq ta’lim tizimi
xodimlari malakasini oshirish kurslarining 2023-yil uchun umumiy rejasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 390-son buyrug‘i va Pedagogika markazining 2023-yilgi
malaka oshirish rejasiga binoan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi buyurtmasi asosida
joriy yil 23-yanvardan 28- yanvargacha 36 soatlik tayanch reja va o‘quv dasturi
asosida o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari tashkil etilsin.
2. Buyurtmaga mos holda jalb etilgan tinglovchilar ro‘yxati ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
3. O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limiga:
tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari tinglovchilarining hujjatlarini
belgilangan tartibda qabul qilish va rasmiylashtirish;
malaka oshirish kurslarining dars jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;
guruh jurnallarini o‘z vaqtida yetkazib berish va belgilangan tartibda yuritilishini
nazorat qilish;
professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari
mazmuni bilan tanishish va tinglovchilarning darslarga qatnashish davomatini
olib borish vazifalari yuklansin.
4. Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayonini monitoring qilish
va sifatini baholash bo‘limiga:
professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan mashg‘ulotlar jarayonida
zamonaviy va innovatsion metodlardan keng foydalanilishini qat’iy nazorat
qilish;
tinglovchilarning o‘quv dasturlarni o‘zlashtirish darajasi monitoringini olib
borish vazifalari yuklansin.
5. Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish, AKT va texnik ta’minot bo‘limlariga:
tinglovchilarning “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan ro‘yxatdan
o‘tish va kursni muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatni yuklab olish
ko‘nikmalarini shakllantirish;
tinglovchilarning o‘quv jarayoni sifati va samaradorligi bo‘yicha onlayn
so‘rovnomalarda ishtirok etishini ta’minlash;
tasdiqlangan o‘quv reja va dastur asosida tayyorlangan taqdimotlar,
videodarslar, o‘quv- uslubiy majmualar, ma’ruza matnlarining elektron
shakllarini markazning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi
sahifalariga joylashtirish va yangilab borish;
tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarida AKT xonalaridan foydalanishlari uchun
barcha shart- sharoitlarni yaratish vazifalari yuklansin.
6. Barcha kafedra mudirlari va professor o‘qituvchilarga:
professor-o‘qituvchilarning darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda
tasdiqlangan o‘quv me’yoriy hujjatlar (ishchi o‘quv dastur, o‘quv uslubiy
majmua, tarqatma materiallar) bilan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish;
darslarni tinglovchilarning kasbiy rivojlanish bo‘yicha kompetentlik darajasini
oshirish va kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar asosida mazmunli, sifatli va kreativ tashkil qilish;
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirish vazifalari yuklansin.
7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish o‘quv va metodik ishlar bo‘yicha direktor
o‘rinbosari zimmasiga yuklansin.
Asos: Xalq ta’lim vazirining 2022-yil 30-dekabrdagi “Xalq ta’lim tizimi xodimlari
malakasini oshirish kurslarining 2023-yil uchun umumiy rejasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 390-son buyrug‘i hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining
xalq ta’limi xodimlarini malaka oshirishga yuborish to‘g‘risidagi buyruqlari.
2024-yil 3-may kuni Urganch tumani maktabgacha va maktab ta’limi
bo‘limida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish,
tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida
tumandagi umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor
o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.O‘quv-seminarda URDU
Pedagogika fa’kulteti “ Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi
falsafa fanlari doktori, dotsent B.I.Matchanova, Xorazm viloyati pedagoglarni yangi
metodikalarga o‘rgatish Milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining
metodisti N.A.Axmedova, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Kengashi Urganch
tuman bo‘linmasi rahbari R.S.Vapayeva, tuman maktablarining tajribali ma’naviy-
ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari turli mavzularda ma’ruzalar o‘qib,
trening mashg‘ulotlari o‘tkazdilar.
O‘quv-seminar bahs-munozara shaklida tashkil etilib, ishtirokchilar sohaga
oid yangi bilimlarga ega bo‘ldilar.
Joriy yil 3-may kuni Xorazm VPYMO'M markazida Muhammad Yusuf
tavalludining 70 yilligi munosabati bilan "Muhammad Yusuf- mangulik farzandi"
mavzusida ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA bo’lib o’tdi.
Unda Sabirova Nasiba Ergashovna- markaz kafedrasi mudiri.Filologiya
fanlari doktori, professor."Muhammad Yusuf mangulik farzandi".Ahmadjon
Meliboyev-Yozuvchilar
uyushmasi
a'zosi."Xalq
mehrini
qozongan
shoir".Ibodullayeva Gavhar Inoyatovna-Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati
bo'limi rahbari."Qalblarda qo'shiq bo'lib yashagan shoir".Shoira Shams-Yozuvchilar
uyushmasi a'zosi, uyushma viloyat bo'limi mutaxassisi."Muhammad Yusuf ijodining
maftunkorligi". Masharipova Zumrad Quchqarboyevna- markaz Ona-tili va
adabiyot fani o'qituvchisi.UrDu Mustaqil tadqiqotchisi."Qisqa, ammo yorqin hayot
sohibi"
Ijodkor, ziyolilar, viloyatimizning tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan
Ona-tili va adabiyot fani o'qituvchilari Muhammad Yusuf ijodi xususida bir-birini
takrorlamaydigan ma'ruzalari bilan ishtirok qildilar.
3-may kuni Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish
milliy markazida Davlat va jamoat arbobi, taniqli publitsist va adib bugungi
peshqadam shoir-yozuvchilarning ustozi Ahmadjon Meliboyev bilan ijodiy
uchrashuv o'tkazildi.
Mehnat faoliyatini yoshlar gazetasida muxbirlikdan boshlab Prezident
maslahatchisi, shuningdek boshqa qator mas'ul lavozimlarda faoliyat ko'rsatgan.
Ahmadjon Meliboyevning "Bir zaminda yashaymiz", "Umidli dunyo",
"Yolg'iz yashab bo'lmaydi", "Hushtakni kim chaladi", "Umr uchar yulduz" va
boshqa ko’plab o'quv qo'llanmalari nashr etilgan. Ahmadjon Meliboyev badiiy
publitsistika bilan birga satira va yumor sohasida ham barakali ijod qildi.
Ahmadjon Meliboyev O'zbekiston Milliy universiteti dotsenti, O'zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi badiiy publitsistika kengashi raisi, "Jahon adabiyoti"
jurnalining bosh muharriri vazifasida faoliyat yuritadi."Shuhrat" medali,
"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist" unvonlari bilan
taqdirlangan.
26-aprel kuni Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish
milliy markazida “O‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishning ilmiy-
pedagogik asoslari”mavzusida Mahorat darsi tashkil qilindi.
Bunda markazning Fizika kursi tinglovchilari guruhida Zarifa Valed qizi
Demirova-Ozarbayjon malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori, f-
m.f.n.,dotsent, Ingliz tili guruhi tinglovchilari guruhida Hindistonlik Dr.Kalyana
Chakravarthi Thirunagari-International Teacher Trainer hamda Ona-tili va adabiyot
kursi tinglovchilarida Navoiy davlat pedagogika instituti "Maktabgacha va
boshlang'ich ta'lim" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Manzura
Ernazarova Saparboyevna va Matematika kursi tinglovchilari guruhida
Ozarbayjonblik metodist olima Sitora Mammedova Mahorat darslarini o’tishdi
|