Xorazm viloyati Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat Axborot Kutubxona Markazi




Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana15.05.2024
Hajmi3,35 Mb.
#234520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
amaliyot xisoboti

Xorazm viloyati aholisi haqida 
2024- yil 1- aprel holatiga, dastlabki ma’lumotlar Xorazm viloyatining 
doimiy aholisi soni 2024- yilning 1-aprel holatiga 2002,8 ming kishini tashkil etib, 
yil boshiga nisbatan 7,3 ming kishiga yoki 0,4 %ga ko‘paydi. Jumladan, shahar 
aholisi soni 661,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 33,0 %), qishloq aholisi 
soni 1 340,9 ming kishi (67,0 %)ni tashkil etdi. 


2024- yil 1-aprel holatiga ko‘ra, viloyat doimiy aholisi sonining 31,1 % i 
mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,6 % i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 
10,3 % i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 
Manba : Xorazm viloyati statistika boshqarmasi 
Viloyatda 2024- yil 1- aprel holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 331 kishi 
to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 6 kishiga 
ortgan (2023- yilda 1 kv.km.ga 325 kishi).
Shahar va tumanlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng 
yuqori ko‘rsatkichi Urganch shahrida 5309 kishi, Xiva shahrida 2905 kishi, Urganch 
tumanida 481 kishi, Hazorasp tumanida 460 kishi, Xonqa tumanida 460 kishini 
tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Tuproqqal’a tumanida 37 kishi, 
Yangibozor tumanida 271 kishi, Yangiariq tumanida 307 kishi, Qo‘shko‘pir 
tumanida 339 kishini tashkil etgan. 
Xorazm viloyati shahar va tumanlari kesimida 2024- yil 1- aprel holatiga eng 
ko‘p aholining o‘sish surati Tuproqqal‘a tumanida 2,6 foizga, Urganch shahrida 2,1 
foizga , Bog‘ot, Urganch tumani va Xiva tumanida 2,0 foizga kuzatilgan. 


2024-yil yanvar-mart oylarida 9 628 ta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, 
mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 19,4 promilleni tashkil 
etdi hamda bu ko‘rsatkich 2023- yilga nisbatan 0,6 promillega kamayganligi 
kuzatildi (2023-yilning yanvar-mart oylarida 20,0 promilleni tashkil etgan). 
2024-yilning yanvar-mart oylarida 2 057 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, har 
1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 4,1 promilleni tashkil etgan hamda 2023-yil 
yanvar- mart oylariga nisbatan 0,3 promillega kamaygani kuzatildi (2023- yilda 4,4 
promilleni tashkil etgan). 
2024- yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 50,1 %i – 
qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 10,1 %i – o‘simtalardan, 5,3 %i – nafas olish 
a’zolari kasalliklaridan, 4,5 %i – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 
4,9 %i – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 0,8 %i – yuqumli va parazitar 
kasalliklardan, 24,3 %i boshqa kasalliklardan vafot etganlar. 


2024- yilning yanvar-mart oylarida 5 038 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, har 
1000 aholiga nikoh koeffitsiyenti 10,1 promilleni tashkil etgan hamda 2023- yilga 
nisbatan 0,7 promillega kamaygani kuzatildi (2023-yilning yanvar-mart oylarida 
10,8 promille bo‘lgan). 
2024-yil yanvar-mart oylarida 508 ta nikohdan ajralishlar qayd etilgan 
bo‘lib, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil 
etgan hamda 2023-yilga nisbatan 0,3 promillega kamayganligi kuzatildi (2023-yil 
yanvar-mart oylarida 1,4 promille bo‘lgan). 
2024- yil yanvar-mart oylarida viloyat bo'yicha doimiy yashash maqsadida 
ko'chib kelganlar jami soni 2 707 kishini tashkil etdi. 
Doimiy yashash maqsadida ko'chib ketganlar soni jami 3 028 kishini, 
migratsiya saldosi mipus 321 kishini tashkil etdi. (2023- yil yanvar-mart oylarida 
minus 445 kishini tashkil etgan). 


2024-yilning yanvar-mart oylarida 2 707 ta ko‘chib kelganlar qayd etilgan 
bo‘lib, har 1000 aholiga ko‘chib kelish koeffitsiyenti 5,4 promilleni tashkil etgan 
hamda 2023- yilga nisbatan 1,1 promillega ko‘payganligi kuzatildi (2023-yilning 
yanvar-mart oylarida 4,3 promille bo‘lgan). 
2024- yilning yanvar-mart oylarida 3 028 ta ko‘chib ketganlar qayd etilgan 
bo‘lib, har 1 000 aholiga ko‘chib ketish koeffitsiyenti 6,1 promilleni tashkil etgan 
hamda 2023- yilga nisbatan 0,9 promillega ko‘payganligi kuzatildi (2023- yilning 
yanvar-mart oylarida 5,2 promille bo‘lgan). 
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini viloyat hududlari 
bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Urganch 
shahrida 5 426,4 ming so‘mni (viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 135,4 
%), Tuproqqal’a tumanida 5 121,5 ming so‘mni (127,8 %) tashkil etgan bo‘lsa, 
Yangibozor tumanida 2 915,4 ming so‘mni (72,7 %), Hazorasp tumanida 2 927,1 
ming so‘mni (73,0 %), Gurlan tumanida 2 930,1 ming so‘mni (73,1 %) tashkil etib, 
boshqa tumanlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda. 
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish haqi ko‘rsatkichlarini umumlashtirish 
natijasida, 2024- yil yanvar-mart oylarida Xorazm viloyatida o‘rtacha oylik nominal 
hisoblangan ish haqi 4 008,6 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, 
rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt 
uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek, uning tarkibida jismoniy shaxslar 
daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) 
tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 17,1% ga o‘sishi kuzatildi. 
2024- yil yanvar-mart oylarida 2023- yilning mos davriga nisbatan iqtisodiy 
faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining yuqori 
o‘sish sur’ati qurilishda - 35,1 %, tashish va saqlash faoliyatida – 34,7 %, axborot 
va aloqada– 25,7 %, moliyaviy va sug‘urta faoliyatida – 24,9 %, ta’lim– 17,9 %, 
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 17,4 %, yashash va ovqatlanish bo‘yicha 
xizmatlarida – 14,9 %, savdoda – 11,9 %, sanoatda– 10,5 % darajada kuzatildi. 



Download 3,35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorazm viloyati Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat Axborot Kutubxona Markazi

Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish