Xorazm agro maslahat markazi
Viloyatdagi qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni
408 749
gektarni
tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni –
262 143
gektar.
Hammasi bo‘lib Xorazm viloyatida
12 ta paxtachilik
(maydoni –
82 757
gektar
, hosildorligi –
33,2
gektar, ishlab chiqarish quvvati –
275 102
tonna) va
3
ta
meva-sabzavotchilik (maydoni –
1 580
gektar) agroklasterlari faoliyat yuritadi.
1
ta
agrologistika markazi mavjud.
Viloyatda
3 917
ta fermer xo‘jaliklari bor. Ulardan
1 516
tasi paxtachilik-
g‘allachilik,
728
tasi bog‘dorchilik,
49
tasiuzumchilik,
80
tasi sabzavotchilik-
polizchilik,
19
tasisabzavotchilik-g‘allachilik,
44
tasi tutchilik,
81
tasi
parrandachilik,
540
tasibaliqchilik,
22
tasiarichilik,
243
tasi boshqa yo‘nalishlarga
oid.
Viloyatda
212
gektar yer
148 ta
fermer xo‘jaligi tomonidan issiqxonalarga
taqsimlangan.
Ayni vaqtda
8 084 gektar yer
bog‘lar uchun ajratilgan bo‘lib,
ularning
3 221
gektarida intensiv bog‘lar barpo etilgan.
Asosiy yer maydonlari –
202 776
gektar. Ulardan: yoshlarga vaqtinchalik
ajratilgan yerlar –
15 000
gektar; texnik ekinlar (paxta) –
82 757
gektar; g‘alla
(bug‘doy) –
33 200
gektar; ozuqabop makkajo‘xori –
2 680
gektar; sholi –
6
090
gektar; dukkaklilar –
4 552
gektar (mosh); moyli ekinlar –
1 830
gektar (soya
–
1 000
, kungaboqar –
333
gektar, kunjut –
497
ga); sabzavotlar –
6 538
gektar,
ulardan: pomidor –
121
gektar, bodring –
48
gektar (
issiqxonalarda)
; pomidor –
1
656
gektar, bodring –
701
gektar, sabzi –
1 911
gektar, piyoz –
955
gektar, karam
–
318
gektar, ko‘katlar –
223
gektar (ulardan: ukrop –
95
gektar, petrushka
–
64
gektar, ko‘kpiyoz –
64
gektar, rediska –
96
gektar), bulg‘or qalampiri
–
191
gektar,
qalampir
–
64
gektar,
baqlajon
–
127
gektar,
lavlagi
–
127
gektar
(bahorda asosiy ekin maydonlarida)
; poliz ekinlari –
9 493
gektar
(tarvuz –
2 010
gektar, qovun –
6 783
gektar, qovoq –
700
ga); kartoshka –
2
237
gektar; ozuqabop ekinlar –
46 915
gektar; boshqa ekinlar–
861
gektar; past ball
bonitetli ko‘p yillik daraxtlar –
5 623
gektar (mevali daraxtlar–
2 500
gektar
(danaklilar –
926
gektar, mevalilar –
1 575
gektar)); uzumzorlar –
1 545
gektar,
tutzorlar –
1 578
gektar.
Takroriy ekin uchun yer maydoni –
34 000
gektar. Ulardan: sabzavotlar –
1 112
gektar; sabzi –
574
; pomidor –
92
gektar, sholg‘om –
93
gektar; turp
–
151
gektar; karam –
152
gektar; baqlajon –
531
gektar; lavlagi –
50
gektar; poliz
ekinlari (tarvuz) –
347
gektar; moyli ekinlar –
1 223
gektar ( ulardan: kunjut
–
632
gektar, kungaboqar –
591
gektar); dukkaklilar –
2 814
gektar (mosh); sholi
–
23 910
gektar; ozuqabop ekinlar –
4 594
gektar.
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qator oralariga ekiladigan yer maydoni –
9
447
gektar (mevali bog‘lar –
8 042
gektar, uzumzorlar –
1 405
gektar). Ekinlar.
Avgust-sentyabr: piyoz –
738
gektar; sarimsoq –
217
gektar. Bahorda: pomidor –
1
286
gektar; bodring –
1 078
gektar, sabzi –
1 037
gektar, piyoz –
108
gektar, karam
–
158
gektar; ko‘katlar –
83
gektar; bulg‘or qalampiri –
124
gektar; qalampir
–
62
gektar, baqlajon –
124
gektar; lavlagi –
83
gektar; poliz ekinlari –
720
gektar.
2020-yilda
99 ming
tonna
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan.
2024-yilning yanvar-mart oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi
mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 3 705,3 mlrd. soʻmni yoki 2023-yilning
shu davriga nisbatan 103,6 foizni, shu jumladan, dehqonchilik, chorvachilik va bu
sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 3 578,7 mlrd. soʻmni (103,2 foiz), ovchilik
va yovvoyi hayvonlarni tutish va bu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 0,1
mlrd. soʻmni (104,4 foiz), oʻrmonchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari 45,5 mlrd.
soʻmni (102,2 foiz), baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari 81,0 mlrd. soʻmni
(122,1 foiz) tashkilqildi.
Xususan, yuqori oʻsish surʻati Bog‘ot (107,4 foiz), Xonqa (107,4 foiz) va
Yangibozor (107,2 foiz) tumanlarida kuzatildi. Aksincha, eng past oʻzgarish Xiva
shaharida (100,3 foiz), Qo‘shko‘pir (101,0 foiz) va Yangiariq (101,0 foiz)
tumanlarida kuzatildi.
Viloyatning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot
(xizmat)larining umumiy hajmida hududlar boʻyicha yetakchilik qilayotgan
tumanlarning ulushi Qoʻshkoʻpir tumanida - 11,4 foiz, Urganch tumanida - 11,1 foiz,
Xonqa tumanida - 10,1 foiz, Xiva tumanida - 10,0 foiz, Gurlan tumanida - 9,9 foiz,
Bogʻot tumanida - 9,0 foiz, Shovot tumanida - 9,0 foizni tashkil etdi. Xiva shahri -
0,5 foiz, Tuproqqal’a tumani - 2,4 foiz va Urganch shahri - 3,8 foiz koʻrsatkich bilan
keying oʻrinlarni egallashdi, eng kam ulush Xiva shahrida (0,5 foiz) qayd etildi.
Qishloq xoʻjaligi sohasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida 3 527,9 mlrd.
soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi. Qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari hajmining oʻsishi 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,2 foizni, shu
jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 111,5 foizni va chorvachilik mahsulotlari 102,8
foizni tashkil qildi.
Viloyat qishloq xoʻjaligi mahsulotlarida eng katta ulushni dehqon va tomorqa
xoʻjaliklari egallagan boʻlib, 2024-yil yanvar-mart oylarida jami qishloq xoʻjaligi
mahsulotlarining 88,0 foizini (2023-yil yanvar-mart oylarida – 87,9 foiz) tashkil
qildi. Fermer xoʻjaliklari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 5,9 foizi
ishlab chiqarilgan (2023-yil yanvar-mart oylarida 5,3 foiz), shuningdek, qishloq
xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan jami qishloq xoʻjaligi
mahsulotlarining 6,1 foizi (2023-yil yanvar-mart oylarida – 6,8 foiz) ishlab
chiqarilgan.
2024-yilning yanvar-mart oylarida 3 527,9 mlrd. soʻmga teng boʻlgan qishloq
xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi va ushbu hajmning 170,9 mlrd. soʻmga teng
qismi yoki 4,8 foizi dehqonchilik, 3 357,0 mlrd. soʻmga teng qismi yoki 95,2 foizi
chorvachilik sohasiga toʻgʻri keladi. 2024-yilning yanvar-mart oylarida ishlab
chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari umumiy hajmining hududlar
kesimida taqsimlanishi tahlil qilinganda, dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishda
Bog‘ot tumani (13,7 foiz), Yangiariq tumani (10,2 foiz) va Tuproqqal’a tumanida
(7,1 foiz) yuqori koʻrsatkich qayd etildi. Urganch shahrida dehqonchilik
mahsulotlari yetishtirilmagan, Xiva shahrida bu ko‘rsatkich 1,9 foiz bo‘lib,
dehqonchilik mahsulotlari salmogʻining kamayganligi qayd etildi.
Shuningdek, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori
koʻrsatkichlari Urganch shahrida (100,0 foiz), Xiva shahrida (98,1 foizi), Xiva
tumanida (97,9 foiz) qayd etildi.
Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti ulushining xoʻjalik toifalari boʻyicha
taqsimlanishi tuman va shaharlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori
koʻrsatkichlar barcha tuman va shaharlarda dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining
hissasiga toʻgʻri kelishi kuzatildi. 2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga
koʻra, fermer xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti tarkibidagi ulushi
boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Yangibozor tumanida (14,4 foizi), dehqon va
tomorqa xoʻjaliklarining eng yuqori ulushi Urganch shahrida (99,9 foizi) va Xiva
shahrida (96,7 foizi), qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning
eng yuqori ulushi Qoʻshkoʻpir tumanida (23,9 foizi) qayd etildi.
Fermer xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti tarkibidagi ulushi
boʻyicha eng kam koʻrsatkich esa Yangiariq tumanida (3,7 foizi), dehqon va tomorqa
xoʻjaliklarining eng kam ulushi
Qoʻshkoʻpir tumanida (70,9 foizi) hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga
oshiruvchi
tashkilotlarning eng kam ulushi Urganch shahrida (0,1 foizi) va Hazorasp
tumanida (0,8 foizi) qayd etildi.
Dehqonchilik. 2024-yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan
dehqonchilik mahsulotlari umumiy hajmi 170,9 mlrd. soʻmni yoki jami
yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining 4,8 foizini tashkil qildi. 2023-
yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʻati 111,5 foizni, jumladan, fermer
xoʻjaliklarida 69,0 mlrd.soʻmni (103,8 foiz), dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida 22,8
mlrd.soʻmni (104,0 foiz), qishloq xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi
tashkilotlarda 79,1 mlrd soʻmni (121,4 foiz) tashkil qildi.
Chorvachilik. 2024-yilning yanvar-mart oylarida chorvachilikda ishlab
chiqarilgan mahsulotlar umumiy hajmi 3357,0 mlrd soʻmni yoki 2023-yilning shu
davriga nisbatan 102,8 foizni, jumladan, fermer xoʻjaliklarida 138,6 mlrd soʻmni
(122,2 foiz), dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida 3083,5 mlrd soʻmni (103,0 foiz),
qishloq xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 134,9 mlrd soʻmni (85,4
foiz) tashkil qildi.
2024-yilning 1–aprel holatiga oʻtgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli
qoramollar 100,9 foizni (jami 967,3 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan, sigirlar
100,7 foizni (367,3 ming bosh), qoʻy va echkilar 102,4 foizni (501,5 ming bosh),
otlar 100,5 foizni (5,8 ming bosh), parrandalar 105,2 foizni (6890,6 ming bosh)
tashkil qildi.
Barcha hududlarda chorvachilik mahsulotlari (goʻsht, sut, tuxum) ishlab
chiqarishning oʻsishi asosan dehqon va fermer xoʻjaliklari hisobiga boʻlib, goʻsht
ishlab chiqarish umumiy hajmida ularning ulushi 90,9 foizni, sut ishlab chiqarishda
99,2 foizni, tuxum ishlab chiqarishda 80,3 foizni tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-mart oylarida fermer xoʻjaliklari tomonidan ishlab
chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 207,6 mlrd. soʻmni yoki 2023-
yilning tegishli davriga nisbatan 115,1 foizni tashkil qildi. Qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari umumiy hajmida fermer xoʻjaliklarining ulushi 5,9 foizni tashkil etdi.
2024-yilning 1-aprel holatiga fermer xoʻjaliklarida 74,5 ming bosh yirik
shoxli qoramol, shu jumladan, 31,3 ming bosh sigir, 83,0 ming bosh qoʻy va echki,
796 bosh ot, 1085,7 ming bosh parranda mavjud boʻlib, 2023-yilning shu davriga
nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 103,8 foizni, shu jumladan, sigirlar 106,8
foizni, qoʻy va echkilar 108,9 foizni, otlar 105,2 foizni, parrandalar 113,1 foizni
tashkil qildi.
|