Xoshimov, S. Saidaxmedov elektr yuritma




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/111
Sana17.05.2024
Hajmi4,74 Mb.
#240006
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S

D = (20:
l)-(25 : 1) ga teng.
2. 
Rostlash ravonligi. Ma’lum rostlash diapazoni oralig‘idagi 
ustuvor tezliklar soni bilan tavsiflanadi. Ravonlik koeffitsiyenti 
Krav
ikkita bir-biriga qo‘shni tezliklar nisbati bilan aniqlanadi:
<з л >
l-\
Bu yerda ю; va со;.ь mos ravishda 
i-
va /-1- rostlash pog‘o- 
nasidagi tezliklar. Mazkur tezlikdan mumkin bo‘lgan darajadagi 
yaqin tezlikka sakrash qancha kam bo‘lsa, ravonlik shuncha yuqo­
ri bo‘ladi. Bir rostlash pog‘onasidan ikkinchisiga ravonlik bilan 
o ‘tish ishlov berilayotgan mahsulot sifatini belgilaydi. Amalda 
ikkita tezlikka ega bo‘lgan assinxron dvigatellar eng kam rostlash 
ravonligiga ega. 
0
‘zgarmas tok dvigateli tezligi yakorga qo‘yi- 
layotgan kuchlanishni yoki qo‘zg‘atish chulg‘amidagi mag-nit 
oqimini o‘zgartirib rostlanadi.
3- Y uritm ani rostlashdagi tejam korlik uni yaratish va foy- 
dalanishga ketgan sarf-xarajatlar bilan tavsiflanadi.
Tejamkorlikni baholashda rostlash jarayonidagi energiya 
isrofming kamligi katta ahamiyatga ega. Tezlikni rostlashda hosil 
bo‘ladigan quvvat isrofi Д
P
yuritma FIK aniqlaydi:
Д
P, 
+AP
bu yerda: 
P
2
 -
dvigatel o ‘qidagi quvvat.
Rostlashning turli usullari uchun tezlikni rostlashdagi ener­
giya isrofi turlicha bo‘ladi. Agar rostlash kuchli (yakor, stator, ro­
tor) zanjirda amalga oshirilsa nisbatan katta, qo‘zg‘atish chul-


g‘ami zanjiri orqali amalga oshirilganda esa anchagina kichik 
qiymatga ega bo‘ladi. Chunki o ‘zgarmas tok qo‘zg‘atish chul- 
g‘ami zanjirining quvvati yakor zanjiri quvvatining 1-5% ni tash­
kil qiladi.
4. Berilgan tezlikda mo‘tadil ishlashi yuklama mdmentini 
berilgan og‘ishida aylanish tezligining o ‘zgarishi bilan tavsif- 
lanadi va u mexanik tavsifning qattiqligiga bogiiq tavsif qancha 
qattiq bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi. Agarda tezlik rostlanayot- 
ganda tavsif qattiqligi o‘zgarsa, u holda tezlikning berilgan qiy­
mati atrofida tebranishi ham o‘zgaradi.
5. Tezlik rostlanayotgandagi yo‘nalish, ya’ni tezlikning 
asosiy tezlikka nisbatan ortishi yoki kamayishi rostlash turiga 
bog‘liq. Asosiy tezlik kuchlanish va magnit oqimining nominal 
qiymatlariga mos keladi. Bu tezlik, dvigatel zanjirlarida hech qan­
day tashqi qarshilik bo‘lmaganda olinadi, ya’ni w ning asosiy 
nuqtasi tabiiy mexanik tavsifda bo‘ladi. 
0
‘zgarmas tok dvigateli 
tezligi yakor zanjiridagi qarshilikni o‘zgartirish orqali rostlanadi. 
Dvigatel rejimida bir xil yuklamada dvigatel tezligi qarshilikni 
oshirganda kamayadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, qarshilikni o ‘zgar- 
tirib (kiritib) rostlash asosiy tezlikka nisbatan faqat pastga qarab 
amalga oshiriladi. Bunga teskari ravishda magnit oqimini kamay- 
tirib rostlash esa normal yuklamalarda tezlikning ortishiga olib 
keladi, ya’ni bu holda rostlash asosiy tezlikdan yuqori tezlikka 
tomon amalga oshiriladi.
6
. Dvigateldagi joiz yuklam a tezlikni rostlash turiga bog‘liq. 
Tezlikka nisbatan yuklama momentining o ‘zgarishi turli sanoat 
mexanizmlari uchun turlichadir. Masalan, ko‘p mexanizmlar 
0
‘z- 
garmas momentda tezlikni rostlashni talab etadi. Bunday mexa- 
nizmlarga ko‘tarma kranlar, prokat stanlari kiradi. Masalan, tokar- 
lik dastgohida tezlikni rostlash quvvat o‘zgarmagan holda amalga 
oshirilishi kerak. Ba’zi mexanizmlarda mahsulotga ishlov berish 
jarayonida chiziqli tezlikni (yoki kesish tezligini) o‘zgarmas holda 
saqlab turish talab etiladi. Bu sharoitda kesish tezligining kuchga 
ko'paytmasi o ‘zgarmas quvvatni beradi.
Prinsipial jihatdan mos ravishda dvigatel quvvatini tanlash 
bilan (katta quvvatdagi dvigatel tanlab) tezlik rostlanayotganda 
quvvat yoki yuklama momentini har qanday o‘zgarishini ta’min-


lash mumkin. Lekin bu holda dvigatel tezligini rostlash tejamsiz 
boMishi mumkin. Chunki dvigateldan turli tezliklarda bir xilda 
foydalanib bo‘lmaydi va ishlayotganda bir xil tezlikda dvigatel 
to‘la yuklanmagan bo‘lib qoladi.
Dvigatelning to‘la yuklanmasligi dvigatelni ishlatish (foyda- 
lanish) ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi. Chunki 
dvigatelning FIK kamayadi, o‘zgaruvchan tokda esa bundan tash- 
qari quvvat koeffitsiyenti ham kamayadi. Shuning uchun iloji 
boricha dvigatel barcha tezliklarda to‘la yuklangan rostlash usu- 
lini tanlash kerak.
Dvigateldagi joiz yuklama uning qizish darajasi bilan chek- 
lanadi. Qizish darajasi o‘z navbatida dvigateldagi energiya sarfiga 
bog‘liq bo‘lib, bu sarf asosan dvigateldan oqayotgan tok bilan 
aniqlanadi.
Agar barcha tavsiflarda ishlayotganda tokning qiymati dviga­
telning nominal toki qiymatiga teng bo‘lsa, bu holat dvigatelni 
barcha tezliklarda to‘la yuklanganligini ko'rsatadi.
Rostlash tavsifida ishlayotganda, joiz yuklama, tokning nomi­
nal qiymati bilan aniqlanadi va turli rostlash usullari uchun tur- 
licha bo‘ladi.
3.2. BOSHQARILUVCHI TO‘G‘RILAGICH- 
DVIGATEL TIZIMLARI
Zamonaviy elektr yuritmalarida boshqariluvchi to‘g‘rilagich- 
dvigatel (.
BT-D
) tizimi keng qo‘llaniladi. Ular katta kuchlanish 
1000 V gacha toki bir necha ming ampergacha bo‘lgan ko‘p fazali 
boshqariluvchi tiristor va tranzistorli to‘g‘rilagichlami o‘z ichiga 
oladi. 
BT-D
tizimining foydali ish koeffitsiyenti 
G-D
tizimnikidan 
ancha ortiq. Yuritmaning elektromagnit inersiyasi 
G-D
tizimiga 
o‘xshab generator qo‘zg‘atish chulg‘ami ikkita mashinaning yakor 
zanjiri inersiyasi bilan emas, faqat asosan dvigatel yakori iner­
siyasi bilan aniqlanadi.
Statik o ‘zgartgich (ВТ) qo‘lanilganda 
BT-D
tizimining ishon- 
chliligi 
G -D
tizimiga qaraganda ikki marta ortadi. Shu bilan birga 
yuritmaning massa - hajm o ‘lchamlari ham kamayadi. Keltirilgan


afzalliklar 
BT-D
tizimining hozirgi kunda keng ko‘lamda qo‘lla- 
nilishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Ventil o‘zgartgichlarining boshqarish tizim larini yaratish 
prinsiplari va tasnifi. Bir fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar- 
ning ishlash prinsipini 3.1-rasmdan tushuntirish mumkin. Sinx- 
ronlashtiruvchi qurilma SQ arrasimon kuchlanish generatori AKG 
ni boshqaradi. Bu generator faza bo‘yicha tarmoq kuchlanishi 
U,
bilan sinxronlashtirilgan davomiyligi 180° elektr gradusiga teng 
bo‘lgan ustun kuchlanishi 
Ullsl
ni shakllantiradi.

Download 4,74 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish