Bu tenglamalarga mos keladigan tuzilish sxemasi 5.1-rasmda
keltirilgan. Baza qiymatlari assinxron dvigatelning
rejimiga qarab
tanlanadi.
hrs
5.1-rasm. Assinxron dvigatelning tuzilish sxemasi.
Usi va Us2 ikki fazali mashinaning stator kuchlanishi: Isi va Is: stator
toklari rc, Lc va rp, Lp - mos ravishda stator va rotor chulg‘amlarining
parametrlari; Lm - magnitlovchi kontur induktivligi;
- stator oqimining
ilashishi; co0 - magnit maydonining aylanish tezligi; Pp — dvigatel
qutblar soni.
Savol va topshiriqlar
1. Dvigatelning inersiya momenti nimalarga bog‘liq?
2. Elektr yuritmaning inersiya momenti qanday aniqlanadi?
3. Elektr yuritmaning harakat tenglamasini yozing.
4. Е1еЦйг yuritmaning dinamik momenti qanday aniqlanadi?
5. Elektromexanik vaqt doimiyligi nima va u qanday aniq
lanadi?
6. Elektr mashina yakorining induktivligi qanday aniqlanadi?
7. Elektrmagnit vaqt doimiyligi nima va u qanday aniqlana-
di?
8. Yakor zanjiridagi EYKlar muvozanati
tenglamasi qanday
tashkil etuvchilardan iborat?
9. Assinxron dvigatelning elektromexanik vaqt doimiyligi
ifodasini yozib bering.
10. Assinxron dvigatelning tuzilish sxemasini tasvirlab be
ring.
VI bob. ELEK TRO M EX A N IK TIZIM LA R
DINAM IKASI
6.1. ELEK TRO M EX A N IK TIZIM LA RD A G I
0 ‘TK IN C H I JARAYONLAR
Zamonaviy ishlab chiqarishda elektromexanik
qurilmalar vo-
sitasida ishchi mashinalari samarali boshqariladi. Bunda mexa-
nizmning ish organida kerakli tezlik va tezlanishlami ta’min-
lashni, kuchlami cheklashni hamda mo‘tadillashni talab qiladigan
rejim elektr yuritma bloklariga dasturlash qurilmasi orqali yoki
operator vositasida beriladigan buyruqlar hisobiga ta’minlanadi.
Bir rejimdan boshqasiga o‘tish boshqarish ta’sirini o‘zgartirish
hisobiga amalga oshiriladi.
Shuni qayd etish kerakki, zamonaviy elektr yuritma ko‘pincha
o‘tkinchi rejimda ishlaydi.
Bunda jarayonlarning xarakteri, da
vomiyligi, tezlanishlar, momentlarning yuqori qiymatlari va bosh-
qa omillar texnologik jarayonga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p
hollarda ish mashinalari unumdorligini oshirish uchun ishga
tushirishda eng kam o‘tkinchi jarayon vaqti va eng kam tormoz
lash vaqti talab qilinadi. Bu vaqt ichida texnolqgik jarayon to‘x-
tagan yoki sekin o‘tayotgan bo‘ladi. Lekin jarayonlarni tezlash-
tirish tebranishlarning kattalashuviga, joiz
tok va momentlarning
cho‘qqilari paydo bo'lishiga olib keladi.
Elektr yuritma dinamikasini tahlil etayotganda, hatto oddiy
holatlarda ham mexanik inersiyani hisobga olish kerak. Agarda
barcha massalar dvigatel o ‘qiga keltirilsa, ya’ni bitta massali tizim
ko‘rilsa, u holda bu tizim birinchi darajali
differensial tenglama
bilan, ya’ni harakat tenglamasi deb ataladigan tenglama bilan
ifodalanadi.
Hozirda barcha ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish
munosabati bilan, ko‘pincha dinamikani tahlil etayotganda elektr-
magnit hodisalami, ya’ni zvenolaming elektrmagnit inersiyasini
hisobga olish zarur. Masalan, mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas
tok
dvigatelli yuritmada, agar boshqarish yakor zanjiri orqali
amaiga oshirilayotgan bo‘isa, faqat yakor vaqt doimiysini hisobga
olish kerak. Murakkab tizimlarda esa bir nechta vaqt doimiylarini
hisobga olish zarur.
Chiziqli xususiyatga ega bo'lgan tizimlami tadqiq etish,
odatda, chuqur ishlab chiqilgan chiziqli differensial tenglamalar
nazariyasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bu holda barcha yechimlar
tahlil qilishga qulay bo‘lgan analitik shaklda olinib, bunda har bir
parametr va vaqt doimiysining dinamikaga ta’sirini ko‘rish
mumkin. Bu esa parametrlami bir necha bor o‘zgartirish bilan
amalga oshiriladi.
6.2. EL EK TR YURITMALARNING MEXANIK
0 ‘TK IN CH I JARAYONLARI
Avval eng oddiy tizim variantini ko‘rib
chiqamiz, bu tizim
uchun