“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
121 
Hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 
foizdan oshirish esa aholi punktlarining sanitariya va ekologik holatini yaxshilashda 
zarur tadbir hisoblanadi. Shuningdek, qaror bilan sanoat tarmoqlarida “yashil” 
iqtisodiyotga oʻtish va energiya tejamkorligini ta'minlash boʻyicha kontseptsiya, 
2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” 
oʻsishni ta'minlash boʻyicha harakatlar rejasi, 2022–2026 yillarda iqtisodiyot 
tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari ham 
tasdiqlangan. 
Shu bilan birga, hujjat bilan “yashil” iqtisodiyotni joriy etish va uni 
rivojlantirish boʻyicha vakolatli davlat organlari belgilanib, mutasaddi vazirlik va 
idoralarning bu boradagi vazifalari aniq belgilab berildi.
Shu oʻrinda yuqorida ta'kidlangan muhim maqsadlar yoʻlida qator ijobiy ishlar 
amalga oshirilayotganini qayd etib oʻtish lozim. Jumladan, birgina 2022 yilning 9 
oyi mobaynida xavflilik darajasi yuqori va oʻrta boʻlgan metallurgiya, yogʻ-moy, 
energetika va qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi 28 yirik korxonada 
samaradorligi 95 foizdan kam boʻlmagan 150 ta chang-gaz tozalash uskunasi 
modernizatsiya qilinishi hisobiga atmosferaga 2,2 ming tonna chiqindi gazlari 
tashlanishining oldi olindi. 
Shunday chora-tadbirlar natijasida soʻnggi besh yilda atmosferaga 
tashlanayotgan tashlanmalar miqdori 11 foiz kamaydi. Atmosfera havosi 
ifloslanishining oldini olishda ekologik toza transport vositalari sonini oshirish
yoqilgʻi sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu 
borada ham mamlakatimizda qator ishlar qilinmoqda. 
Masalan, elektromobillar soni ortishi yoki Toshkent shahrida elektrobuslarning 
harakati yoʻlga qoʻyilgani bunga yaqqol misol boʻladi. Qayta tiklanuvchi energiya 
manbalari ishlab chiqarish quvvatini oshirish borasida ham sezilarli natijalarga 
erishilmoqda. Jumladan, 2021 yilda Karmana tumanida ishga tushirilgan (loyiha 
qiymati 110 million AQSh dollari, quvvati 100 megavatt) quyosh fotoelektr 
stantsiyasi energetika tizimidagi birinchi ulkan qadam boʻldi. 
Yiliga 252 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi mazkur 
fotoelektr stantsiya 30 mingdan ziyod xonadonni quvvat bilan ta'minlash imkonini 
berishi bilan birga, 80 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga zamin yaratadi. 
Atmosferaga 160 ming tonna issiqxona gazi chiqishining oldi olinadi. 
Joriy yilda Nurobod tumanida ham xuddi shunday stantsiya ishga tushirildi. 
Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyati 
Tomdi tumanida quvvati 500 MVt. boʻlgan shamol elektr stantsiyasi qurilyapti. 
Umumiy qiymati 600 million dollarni tashkil etuvchi mazkur loyiha 2024 yil 
yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. U yiliga 1 milliard 800 million 
kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. 
Buning natijasida yiliga 540 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi 
hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gaz chiqishining oldi olinadi. 2026 yilga 
borib Oʻzbekistonda quyosh va shamol elektr stantsiyalarining umumiy quvvatini 
8000 MVt.ga etkazish, 2030 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab 
chiqarish quvvatini 15 GVt.ga oshirish koʻzda tutilmoqda. 



Download 8,74 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish