“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
123 
yongʻoq mevali, shundan 1,5 ming gektar pista, 610 gektar bodom va 130 gektar 
yongʻoq plantatsiyalari tashkil etilgan. 57 gektar maydonda esa 22,8 ming tup 
bodom koʻchati ekilib, Chorvoq suv omborining togʻ va togʻ oldi hududlarida ihota 
(himoya) oʻrmonlar, 110 ob'ektning 1,3 ming gektar erida 3,1 million tup tut koʻchati 
ekilib, ihota daraxtzorlar barpo etilgan. 
Shu oʻrinda mintaqamizda iqlim oʻzgarishlariga sabab boʻluvchi Orol dengizi 
fojiasi oqibatlarini yumshatish, Orolning qurigan tubini oʻrmonlashtirish, Orolboʻyi 
hududi aholisi farovonligini oshirish boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirilayotganiga 
ham toʻxtalish zarur. 
Soʻnggi 4 yil davomida Orolning qurigan tubida qariyb 1,7 million gektardan 
ortiq maydonga saksovul, cherkes, shoʻrga va qurgʻoqchilikka chidamli boshqa 
oʻsimliklar urugʻlari sepildi va koʻchatlari ekildi. Ushbu hududlarda choʻl 
oʻsimliklaridan “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlari barpo etilishi, oʻz 
navbatida, Orol dengizining suvi qurigan tubidan koʻtarilayotgan qum, tuz va chang 
zarrachalarining salbiy ta'sirini kamaytirish, global iqlim oʻzgarishlari va Orol 
dengizi qurishining qishloq xoʻjaligi rivojlanishi hamda aholining hayoti va 
faoliyatiga salbiy ta'sirini yanada yumshatish imkonini beradi. 
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirishda yurtimiz 
hududining 93 foizi sanitar tozalash xizmatlari bilan ta'minlanib, qamrov 2016 
yildagiga nisbatan 18 barobar ortgan. 2022 yil 1 oktyabriga qadar chiqindilar bilan 
ishlash yoʻnalishida 79 tuman va shahar xususiy sheriklarga biriktirilib, uning ulushi 
52 foizga etkazilgan. 22 ta chiqindi poligoni rekultivatsiya qilingan, 8 ta poligon 
yopilgan, chiqindilarni qayta ishlash 29,6 foizga etkazilgan. 
Birgina misol. “Chust dpk kompozit” MChJ tomonidan birlamchi va 
ikkilamchi poliolefin mahalliy xomashyosi va yogʻoch chiqindilari asosida import 
oʻrnini bosuvchi dekorativ yogʻoch-polimer kompozitlari ishlab chiqarish 
texnologiyasini tijoratlashtirish loyihasi amalga oshirilishi natijasida yiliga 120 
ming tonnagacha ikkilamchi poliefir va 150 ming tonnagacha yogʻoch chiqindisi 
qayta ishlanyapti. 200 ming kub metr arzonlashtirilgan yogʻoch-polimer kompozit 
qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda 
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak davlatimiz rahbarining 2021 yilda Janubiy 
Koreyada boʻlib oʻtgan “Yashil oʻsish va global maqsadlar uchun hamkorlik — 
2030” ikkinchi xalqaro sammitida soʻzlagan nutqidagi quyidagi iqtibosni keltirish 
mumkin: “Bugungi kunda ona tabiatning oʻzi bizga yoʻllayotgan ogohlik 
qoʻngʻirogʻiga beparvo boʻlmasligimiz kerak. Afsuski, iqlim oʻzgarishlari tobora 
kuchayib bormoqda. Bugun “yashil taraqqiyot” borasidagi maqsadlarga erishish 
uchun mamlakatlarning harakatlari yanada faol va samarali boʻlishi kerakligiga hech 
kim shubha qilmayapti. Boshqa choramiz ham yoʻq...”. 

Download 8,74 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish