|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 117/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
120
Amaliy va nazariy yutuqlar tez rivojlanayotgan iqtisodiyotda barqaror va ayniqsa
yashil modelga oʻtishni amalga oshirayotgan ilmiy tadqiqotlarning oʻsishiga erisha
olmadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish kun
tartibini qabul qilganidan soʻng butun dunyo akademiklari orasida yashil
iqtisodiyotga qiziqish kuchaygan va bu boradagi adabiyotlar koʻpayib bormoqda.
Ushbu maqola 2016 yildan 2022 yilgacha yashil iqtisodiyot mavzusiga oid tegishli
adabiyotlarni umumlashtirish uchun bibliometrik tahlil va tematik tahlil
metodologiyasini qabul qiladi desak mubolagʻa boʻlmaydi.Endilikda bizning
mavzuimizga toʻxtaladigan boʻlsak, Xususan, sohaga oid qator normativ-huquqiy
hujjatlar qabul qilindi. “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
toʻgʻrisida”gi, “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlar, 2030 yilgacha
boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish
kontseptsiyasi, 2019-2030 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil”
iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi shular jumlasidandir.
Prezidentimizning 2022 yil 2 dekabrdagi “2030 yilgacha Oʻzbekiston
Respublikasining “yashil”
iqtisodiyotga
oʻtishiga qaratilgan
islohotlar
samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazkur
jarayonlarning mantiqiy davomi sifatida Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot
strategiyasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida ijrosini ta'minlash, “yashil”
iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida “yashil” va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni
ta'minlash borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida
resurslarni tejash yoʻlidagi muhim tarixiy hujjat, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Qaror bilan tasdiqlangan 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil”
iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni ta'minlash dasturida bir qator muhim
strategik maqsadlarga erishish koʻzda tutilgan. Xususan, Parij kelishuvi
majburiyatlariga sodiq qolgan holda issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot
birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35 foizga
qisqartirish mas'uliyati yuklatilmoqda.
Ushbu maqsadlar uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishlab chiqarish
quvvatini 15 GVt.ga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab
chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan koʻprogʻiga etkazish vazifalari
belgilanmoqda.
Sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish, yalpi
ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan,
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foiz
kamaytirish maqsadlari belgilanmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotning barcha
tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish
maqsadida 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sugʻorish texnologiyasini
joriy etish yiliga 200 million koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1
milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa
kengaytirish, oʻrmon fondi zaxiralari koʻrsatkichini 90 million kub metrdan
ortiqroqqa etkazish mamlakatda ekologik barqarorlikni ta'minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
|
| |