“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
122 
Bu oʻz navbatida, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining elektr energiyasiga 
boʻlgan ehtiyojini ta'minlashning yanada yaxshilanishiga imkon yaratishi bilan 
birga, mintaqada energetik barqarorlikni hamda Oʻzbekistonning Iqlim oʻzgarishlari 
boʻyicha Parij bitimi doirasida olgan majburiyatlari ijrosini ta'minlashga xizmat 
qiladi. 
Taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz 
ta'minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy 
etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foiz oshirish borasida 6 ta aniq 
vazifa belgilab qoʻyilgan. 
Ayni paytga qadar esa sanoat sohasida energiya samaradorligini oshirish uchun 
umumiy qiymati 700 million dollardan ortiq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy 
investitsiya jalb qilish hisobiga Toshkent, Buxoro va Xorazm viloyatlarida quvvati 
1154 MVt.ga teng 5 ta elektr stantsiyasi ishga tushirilgan. Shu oʻrinda 
Prezidentimizning 2022 yil 9 sentyabrdagi aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan 
qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, energiya resurslaridan samarali 
foydalanishni ragʻbatlantirishga qaratilgan “energiya tejovchi texnologiyalarni joriy 
qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish 
boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan belgilab berilgan 
qator imtiyozlarni alohida qayd etish lozim. 
Davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hisobiga 2022-2023 yillarda 
hududlardagi 34 mingdan ortiq ob'ektda, jumladan, 619 “Yangi Oʻzbekiston” 
massivi va 28 mingdan ziyod xonadonda muqobil energiya manbalarini joriy qilish, 
vazirlik va idoralar kesimida 6 mingdan ortiq ob'ektda energiya sarfi hajmida 
muqobil energiya manbalari ulushini 30 foizga etkazish ishlari amalga oshirilmoqda. 
Suv resurslari taqchilligining oldini olish borasida ham tizimli chora-tadbirlar 
koʻrilmoqda. Jumladan, birgina joriy yilda 478 ming gektarda suv tejovchi 
texnologiyalar joriy etish hisobiga 534 million kub metr suvni iqtisod qilish 
belgilangan. Bu oʻz navbatida, mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish bilan 
bir qatorda etishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tannarxi pasayishiga 
xizmat qiladi. 
Oʻtgan yil noyabr oyidan boshlab keng koʻlamda amalga oshirilayotgan 
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2021 yil kuz mavsumida 85 million, 
joriy yilning bahor mavsumida 126,4 million, kuz mavsumida 75 million tupdan 
ortiq daraxt va buta koʻchati ekildi. 
Keyingi besh yilda 1 milliard daraxt va buta koʻchati ekilishi ham shaharlar, 
mahallalarimizga fayz bagʻishlovchi yangi yashil hududlar barpo etilishi, yurtimiz 
iqlimini moʻ'tadil saqlash, pirovardida tabiatimizni asrash, aholimiz salomatligini 
yaxshilash, xalqimizning farovonligini ta'minlashga xizmat qilishi, shubhasiz. 
2022 yilning 9 oyi mobaynida 208 ming gektar maydonda saksovul va boshqa 
choʻl oʻsimliklaridan “yashil qoplamalar” barpo etilgan, choʻl oʻsimliklarining 
956,2 tonna urugʻi jamgʻarilgan. 171 gektar maydonda saksovul va boshqa choʻl 
oʻsimliklari niholxonalari tashkil etilgan. 640 gektar maydonda iqlim sharoitiga mos 
daraxt va buta turlaridan niholxona va koʻchatxonalar, 2,2 ming gektar maydonda 



Download 8,74 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish