|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 172/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
175
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Айнакулов M. А. Menejment qarorlarining boshqaruv asosi sifatida
shakllanishining tavsiyaviy bosqichlari // Results of National Scientific Research
International Journal. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 255-264.
2. Burxanovich M. A. Raqamli iqtisodiyot-mahsulot sifati-nazorat-kasbiy
kompetentlilik // International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research. – 2022. – С. 162-164.
3. Гаппаров Б. Н. Экологические проекты как психологический метод
экологического управления // Технологии социальной работы в различных
сферах жизнедеятельности. – 2020. – С. 103-106.
YASHIL QURILISH, CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA JAMOAT
TRANSPORTINI RIVOJLANTIRISH ORQALI YASHIL SHAHARLARNI
YARATISH STRATEGIYALARI
F.Oʻrazaliyev, Jizzax politexnika instituti assistenti
Sh.Nusratullayeva, Jizzax politexnika instituti talabasi
Global iqlim oʻzgarishi va urbanizatsiya oʻsib borayotgan davrda barqaror
shaharsozlik va yashil infratuzilmani rivojlantirish masalalari tobora dolzarb boʻlib
bormoqda. Shuning uchun ham yashil infratuzilmaning asosiy elementlari sifatida
yashil qurilish, chiqindilarni samarali boshqarish va jamoat transportini
rivojlantirishga e’tibor qaratgan holda yashil shaharlarni yaratish strategiyalarini
koʻrib chiqish tadqiqot maqsadi qilib olindi.
Oʻz mohiyatiga koʻra, yashil qurilish - bu qurilishning atrof-muhitga ta’sirini
kamaytirish va odamlar uchun sogʻlom turmush sharoitlarini ta’minlashga
qaratilgan yondashuvdir (1-jadval)
186
. Binobarin bunga energiya tejaydigan
materiallar, qayta tiklanadigan energiya manbalari, suvni tejovchi tizimlar va boshqa
ekologik toza texnologiyalardan foydalanish orqali erishiladi.
|
| |