“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
219 
vositalardan foydalanish uchun shart-sharoit yaratib, koʻchmas mulk bilan bogʻliq 
boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Inqiroz hodisalarini bartaraf etish hamda jahon va milliy moliyaviy tizimlar 
barqarorligini ta’minlash sharoitida jahon bozorlarining yashirin iqtisodiyotini 
rivojlantirish muammosining keskinlashuvi uni nafaqat mamlakat balki, Butun 
jahon iqtisodiy muammolari qatoridagi muammo sifatida koʻrib chiqish 
dolzarbligini belgilab berdi.
Yashirin 
bandlik 
va 
moliyaviy 
oqimlarning 
yashirinishi 
iqtisodiy 
munosabatlarni yashirin qilishning asosiy muammolari sifatida belgilangan. 
Shuning uchun ham yashirin iqtisodiyotni global miqyosda oʻrganish, uning turli 
mamlakatlarda namoyon boʻlishning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash, yashirin 
iqtisodiyot va jahon iqtisodiy tizimining rivojlanishiga qarshi kurashish boʻyicha 
davlat siyosatining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. 
Aynan globallashuv sharoitida E.Vayner yashirin iqtisodiyotning mohiyatini bir 
mamlakat chegarasidan tashqariga chiqadigan global hodisa deb hisoblaydi.
Xususan, E.Vayner ta’kidlaganidek, “...aniqroq ta’riflarda soya bozori – bu 
katta hajmdagi aksiyalar, obligatsiyalar orqali haqiqatda jahon iqtisodiyotini 
boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan mustaqil, juda badavlat davlatlar va investorlar 
guruhidir”. Ushbu fikrga suyanadigan boʻlsak, ular tartibga solinmagan investitsiya 
tuzilmalarida (xedj-fondlar, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondlari, suveren 
investitsiya va barqarorlashtirish fondlari), shuningdek yirik davlat xolding 
kompaniyalarida saqlanayotgan koʻchmas mulk, valyuta va boshqa moliyaviy 
aktivlarda oʻz aksini topadi.
Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanadigan boʻlsak, Saudiya Arabistoni, 
Quvayt, Abu-Dabi, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi nufuzli davlatlar nazorati 
ostida ba’zi xedj-fondlar va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondlari mavjud degan 
xulosaga kelish orqali haqiqiy pulga likvidlikka boʻlgan ehtiyojini ta’minlash orqali 
12 trillion AQSh dollardan ortiq yashirin bozorining asosini tashkil etishi aniqlangan 
[2].
Umuman olganda, oʻtgan modellarga kiritilgan mavjud omillarga va eng 
muhimi, yashirin iqtisodiyotning kelajakdagi evolyusiyasiga ta’sir koʻrsatishi 
mumkin boʻlgan yangi omillarga asoslangan holda amalga oshirilgan Jahon banki 
prognoziga koʻra, yashirin iqtisodiyot hajmi 2025 yilga borib global miqyosda 
qisqarishi kutilmoqda, ya’ni 2011 yildagi global YaIMning 23% dan 2025 yilda 
taxminan 21% gacha pasayish darajasiga erishilishi keltirilgan [3].
Yashirin iqtisodiyot boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni 
koʻrsatadiki, yashirin iqtisodiy faoliyatning tarkibiy qismlaridan biri noqonuniy 
faoliyat, xususan, iqtisodiy jinoyatlar boʻlib, ularning tabiati globallashuv jarayonlar 
tufayli sifat jihatidan oʻzgargan [4]. VEF ma’lumotlariga koʻra, ayrim noqonuniy 
tovarlar va xizmatlarning bozor sigʻimi quyidagilar darajasida baholanadi: soxta dori 
vositalari bozori yiliga 20 foizga [5], yangi nashr etilgan MJBiz Factbook - ning 
yangi tahliliga koʻra, qora dori savdosi natijasida AQShning jami iqtisodiy ta’siri 
2023 yilda 100 milliard dollardan oshishi kutilmoqda, bu oʻtgan yilga nisbatan 12 
foizdan koʻproq [6], fohishalik - 190 milliard dollar. AQSh, soxta elektronika - 100 



Download 8,74 Mb.
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish